"psixologiya"
Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Boshqaruv funksiyalari (vazifalari) Boshqarish funksiyasi haqida tushuncha.Warning obyektiv rivoj- lanish omillari.
Ijtimoiy - ruhiy boshqarish usullari ko’proq ijodiy faoliyat bilan
shug’ullanadigan korxona va jamoalarga taalluqli bo’lib rahiy moslik, rahiy sharoitning ish unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, boshqarishning bu gurahida ishtirok etuvchi kishilarga ishlayotgan sharoiti (dizayni, xatto ish kiyimining qaysi matodan tikilganligi va rangi) ish unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatar ekan. Bunday xodimlarning ish o’rinlari ilmiy tarzda tashkil qilinishi kerak bo’ladi. 4. Boshqaruv funksiyalari (vazifalari) Boshqarish funksiyasi haqida tushuncha.Warning obyektiv rivoj- lanish omillari. Boshqaravchi (rahbar) ikki holat oralig’ida ish olib borishi mumkin (5- rasm). 76 Boshqaruvchining malakasiga, bilimdonligiga, omilkorligiga, unda boshqarish san’atining mavjudligi gaqarab, boshqarish sifati 5-rasmda ko’rsatilgan ikki holat orasida bo’ladi.Reaktiv boshqarvdareaksiya (aksta’sir) tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Ishga kelganda reja ham, maqsad ham aniq (oldindan belgilangan) bo’lmay to’g’rilash (tuzatish) bilan shug’ullanamiz. O’t o’chiruvchilarga o’xshab hamma ishlar baqiriq -chaqiriq, telefon qilishlar bilan bajariladi. Buning asosiy sababi xom ashyo, uskuna, qurilmalarning vaqtida yetkazib berilmaganidadir. Reaktiv boshqaruv sof holda kam uchraydi. Ikkinchi holat-maqsadli (rejaviy) boshqaruv bo’lib, kam harajatlar bilan oldindan belgilangan maqsadga tezkorlik bilan yetishni ko’zda tutadi. Bunday boshqaruv ham sof holda kam uchraydigan holat. Maqsadli boshqaruvning asosiy elementlari boshqaravning umumiy va konkret funksiyalaridir. Har bir rahbarning boshqaravchi tariqasida ish faoliyati ikki holatda bo’lishi mumkin (6-rasm). Bu ikki holat boshqaruvchilik va ijrochilik holatlari bo’lib, boshliq boshqaruvchilik faoliyati bilan ko’proq shug’ullanishi kerak. Rahbar boshqaruvchi tariqasida (qo’ldaqog’ozvaruchkabilan) boshqarishni uyushtirish kerak. Lekin ko’pincha rahbar ijrochilik faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Nimaga? Degan qonuniy savol tug’iladi. Bunga javob quyidagicha: ko’pincha korxonalarda ishlaydigan mutaxassislarni omilkorlikda rajasi past bo’ladi. Bunday holatlar uchrab turadi. Korxonadagi salbiy holat va natija larga, birinchi navbatda, rahbar javob beradi, shuning uchun ham rahbar o’z qo’lini korxona pulsida ushlab turishi kerak. Hamma korxonalarda obro’ 77 ixtisoslik orqasidan keladi. Mutaxassisning omilkorlik darajasi qancha past bo’lsa, rahbarga shuncha og’ir bo’ladi va rahbar ijrochilik faoliyati bilan ko’proq shug’ullanadi. Masalan: korxona yangi mahsulot chiqara boshladi. Buyurtmachi chiqarilayotgan yangi mahsulot yuzasidan rahbar yoniga kelib, maslahatga kelganini aytadi. Bu yerda ikki vaziyat bo’lishi mumkin: 1) rahbarning o’zi maslahat beradi; 2) maslahatga korxona mutaxassisini chaqiradi. Birinchi vaziyatda rahbar ijrochilik, ikkinchi vaziyatda esa boshqaruvchilik faoliyatini bajaradi. Boshqaruv funksiyasi deganda, boshqaruv sohasidagi vazifalar tushuniladi. Boshqaruv funksiyalari deganda, boshqaruvchilik xizmatini ixtisoslashtirish jarayonida ajralib chiqqanboshqaruvchilik faoliyatining o’ziga xos turini tushinamiz. Hozirgi kunda, ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashishi natijasida boshqaruvning yangi funksiyalari paydo bo’layapti. Tasniflash asosida boshqarav funksiyalarini asosiy va konkretlarga ajratish mumkin. Asosiy boshqarav funksiyalari belgilangan obyektlardagi bo’ladigan hamma boshqarav jarayonlarini tavsiflaydilar, konkret boshqarav funksiyalari esa faqatgina shu obyektga xos bo’lgan jarayonlarni tavsiflaydilar. Boshqaruvning asosiy funksiyalari: 1. Rejalashtirish. 2. Rejani bajarishni uyushtirish. 3. Muvofiqlashtirish. 4. Rag’batlantirish. 5. Nazorat. Shu funksiyalarni amalga oshirish orqali biz boshqaruvni amalga oshiramiz. 1. Rejalashtirish funksiyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: a) bashoratlash; b) dasturlash; s) bajariladigan ishlar grafigi (jadvali)ni ishlab chiqish; d) budjetni tuzish (ishlab chiqish). Hozirgi kunda eng oqsoqlangan qismlardan bin bashoratlashdir. Bashoratlash qanchalik obyektiv, aniq va ommaviy bo’lsa, ishlab chiqarishning kelgusi shunchalik bir maromda bo’ladi. 2. Rejani bajarishni uyushtirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan hamma ishlarni tushunamiz. Bu ishlar ichiga kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ta’minot ishlari va hokazo tashkiliy ishlar kiradi. 3. Muvofiqlashtirish funksiyasi deganda, tashqi va ichki muvofiqlashtirishni tushunamiz, chunki ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi kuchlar tashqi va ichki boiadilar. Bu ta’sirlardan tashqari, ishlab chiqarishning maromligini ta’minlash uchun ham muvofiqlashtirish, albatta, kerakdir. 4. Rag’batlantirish funksiyasi deganda, ishlab chiqarishning asosiy richagini tushunamiz. Rag’batlantirishning turlari haqida, boshqarishning 78 qonuniyatlarini o’rganilayotganda to’xtalgan edik. 5. Nazorat-bu murakkab funksiyalardan bo’lib, ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydi. Lekin bu funksiya zarur, oz vaqtida va minimal sarf- xarajatlar bilan amalgam oshirishi kerak Amerikalik ishlab chiqarish tashkilotchilaridan Iyuis Allen nazoratning ikki tamoyilini ilgari surgan: 1) sabablarning minimumligi tamoyili; 2) nazoratni qo’yilish tamoyili. Bu tamoyillarning mazmuni nimadan iborat?Sabablarni tahlil qilish natijasida nazorat qilinadigan obyektlarnigina hisobga olishimiz kerak.Bularning soni esa, doimo minimum bo’ladi. Chunonchi: buzilgan dastgoxlarning, brak mahsulot chiqarayotgan kishilarning, mehnat intizomini buzayotgan hodimlarning soni minimumni tashkil etadi. Agar nazoratni hamma dastgohlarga, hamma xodimlarga qo’llaydigan bo’lsak, bu holda nazoratga ketadigan sarf-xarajatlar minimum bo’lmaydi.Shu-ning uchun ham bu tamoyilning amaliyotdagi o’rni kattadir. Ko’pchilik holatlarda tartib buzarlik haqidagi axborotni birov orqali olamiz, Bunday uslub noto’g’ridir, chunki tartib buzarlik to’g’risidagi axborot nazoratchiga buzilgan holda etib keladi.Shuning uchun, axborotni faqatgina tartib buzarning o’zidangina olishimiz kerak. Asosiy funksiyalarning rejalashtirish qismi dastlabki boshqaruvni, rejani bajarishni uyushtirish bilan birga muvoflqlashtirish va rag’batlantirish funksiyalari operativ boshqaruvni va nihoyat nazorat funksiyasi pirovard boshqaruvni tashkil qilishadi. Boshqaruvning funksiyalari bilan alohida elementlar (xodimlar) shug’ullangani uchun umumrahbarlik (bosh direktor) funksiyasini kiritishimiz kerak bo’ladi. Rejalashtirish, asosan, boshqarish shajarasining yuqori sathiga mansub bo’lib, lekin korxonada ham bu funksiya mavjuddir.Rejani bajarishni uyushtirish korxonalarning vazifalaridir. Muvoflqlashtirish funksiyasi ko’proq boshqarishning yuqori bos- qichlariga taalluqlidir. Rag’batlantirish funksiyasi ko’proq boshqarishning quyi bosqichlarida amalga oshiriladi. Nazorat boshqaruvning hamma bosqichlarida mayjud bo’lishi kerak. Yuqoridan esa, ko’proq moliyaviy faoliyat tekshiriladi va nazorat qilinadi. Boshqaruvning konkret funksiyalari—konkret obyektlarning xusu- siyatlarini aks ettiradi. Ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati bilan shug’ul-lanadigan korxonalar uchun ularni uch bosqichga bo’linadigan sakkizta funksiyalar bilan ifodalash mumkin: Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling