Psixologiyada dars o'tish metodlari reja


Download 20.96 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1595601
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

O'qitish shakli — bu o'qituvchi va o'quvchilaming bilim olish davomidagi uyushtirilgan o'zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi o'qitish shakllari ko'rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda — dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). Metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko'rsatkichi bilim olish usuli ko'rsatilganligi va o'quvchining o'zi ishtirok etishga bogiiqligidir.
Pedagogik adabiyotlarda «o'qitish metodi» tushunchasini o'mini aniqlash borasida hech bir fikr aytilmagan. Masalan, Yu.K.Babanskiy shunday deb hisoblaydi: «O'qitish metodi deb ta'lim masalalarini hal etishga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilaming tartibga solingan va o'zaro bog'langan faoliyati usuliga aytiladi». T.AIlina o'qitish metodi deganda «o'quvchilaming idrok etish faoliyatini tashkil etish usuli», deb tushunadi.
Didaktika tarixida o'qitish metodlarini turlicha guruhlarga ajratish yuzaga kelgan — so'z bilan, amaliy, ko'rgazmali - bu usullar eng ko'p tarqalgan hisoblanadi.
Har qanday usullar va metodik uslublar pedagogika amaliyotida uslublar bilan amalga oshiriladi. Metodik uslublar — o'qitish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilaming alohida harakatlarini ifoda etuvchi u yoki bu usulning elementidir. Metodik uslublarning turli-tumanligi ulami tizimlashtirishni talab etadi. Ular mantiqiy, tashkiliy va texnik xususiyatlarga ega boiishi mumkin. Birinchi navbatda turli usullarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan uslublarga ajratish mumkin.
Barcha uslublarda ham bir xil mantiqiy uslublardan foydalaniladi: belgilarini ajratish, hodisalarni (obyektlami) o'xshashligi va farqi bo'yicha taqqoslash, xulosalar, umumlashtirish va boshqalar. Bu holat o'quvchilar fikrlashi va ularning ishdagi mustaqilliklarini rivojlantirishda hamma usullar imkoniyatlarini muhim darajada belgilaydi. Tashkiliy uslublar o'quvchilaming e'tiborini, idrok etish va faoliyatlarga yo'naltiriladi. Texnik uslublarga turli uskunalar, yordamchi vositalar, metodikalardan foydalanish kiradi.
Mashg'ulotlarda har bir usul ko'plab xususiyat va turlarga ega bo'lgan metodik uslublar bilan ochib beriladi. Idrok etish qiziqishlarini uyg'otish va rivojlantirish, mehnat madaniyatini tarbiyalash uslublarini ko'rsatish mumkin, lekin ular uchta asosiy guruh metodik uslublar bilan amalga oshiriladilar. Metodik uslublarning ko'pligi va ayniqsa, ularning birga boiishi o'qituvchilaming ijodiy tashabbuskorligini va pedagogik mahoratlarini ko'rsatadi. Ijodiy ishlovchi pedagog yangi uslublar kashf etadi hammaga ma'lum uslublarni o'zgartiradi, yanada yaxshiroq ta'Iim va tarbiyaviy samaraga erishadi.

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling