Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
Download 169.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Psixologiyaliq konfliktologiya uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
Nazorat savollari
1. Shaxslararo konfliktlar haqida aytib bering. 2. Pedagogik jarayondagi konflikt turlari haqida. 3. Oilada sodir bo`ladigan konfliktlar haqida 4. Konflikt tuzilishi qanday bo`ladi? 5. Tashkiliy va ishlab chiqarish konfliktlari haqida aytib bering. 6. Mehnat innovatsion konfliktlar haqida tushuntiring. 7. Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari haqida aytib bering. Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI, 1999. - Razd. I, III. 2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 14 5-ma`ruza 5-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar Reja: 1. Guruhiy konfliktlar 2. Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari 3. Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari Tayanch tushunchalar: Guruhiy konfliktlar, guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari, guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida, «shaxs-guruh» konflikti, «guruh-guruh» konflikti. 5.1.Guruhiy konfliktlar Guruhiy konfliktlar o`z oldiga bir alohida ko`rinishga ega, bunda ikki tomondan bittasi kichik ijtimoiy guruh bo`lib keladi. Bunday qarama-qarshiliklar qarama-qarshi yo`nalgan guruhli motivlarning to`xnashuvi asosida paydo bo`ladi. Bundan kelib chiqib, guruhli konfliktlarning asosiy ikki turini ajratishimiz mumkin: «shaxs- guruh» konflikti va «guruh-guruh» konflikti. Ajratilgan konfliktlarning har ikkalasi asosiy ko`rinishi jihatidan o`ziga xos ko`rinishga ega. «Shaxs-guruh» konflikti Shaxs va guruh o`rtasidagi konfliktlar guruhdagi o`zaro munosabatlar orqali paydo bo`ladi va o`ziga xosligi bilan ajralib turadi, buni biz konfliktni boshqarishda esdan chiqarmasligimiz kerak Guruh – bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar). Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysinadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipliguruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. V.M. Karimova guruhlarning asosiy turlarini keltirgan. Guruhlar avvalo shartli va real guruhlarga bo`linadi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to`plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida, endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksakpog`onasiga ko`tarila olgan jamoa turlariga bo`linadi. Download 169.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling