Psixologiyaliq konfliktologiya uzb


Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar


Download 169.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana21.09.2023
Hajmi169.41 Kb.
#1683588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Psixologiyaliq konfliktologiya uzb

Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI, 
1999. - Razd. I, III. 
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 
 


17 
6-ma`ruza 
6-Mavzu: Konfliktning oldini olish 
Reja: 
1 .Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat 
2. Shaxsiy konfliktlar muommasi 
3.Hozirgi zamon menejmenti 
 
Tayanch tushunchalar: 
Konfliktning oldini olish usullari, profilaktik faoliyat, shaxsiy konfliktlar muommasi, hozirgi 
zamon menejmentida konfliktlar muammosi. 
6.1.Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat 
Konfliktning oldini olishda boshqaruvchining faoliyati muhim rol o`ynaydi, u har doim 
paydo bo`lgan konfliktlarning echimini izlashga tushadi. Albatta bularning ko`pchiligi o`z 
vaqtida kelishmovchiliklarning oldini olishga qodir. Aynan boshqarish madaniyati ham anna 
shunda, ya`ni konfliktlarni oldindan ko`ra bilish, ularni paydo bo`lmasdan oldin yo`q qilish. 
Konfliktlarga munosabat. 
Konfliktlarga boshqaruvchining munosabati birdek bo`lishi mumkin bo`lmasligi kerak. 
Konfliktsiz echimini topib bo`lmaydigan masalarga duch kelganda boshqaruvchi qochib 
qolmasligi kerak. 
Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini 
ma`lum ma`noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, 
uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o`ziga ham bog`liqdir. 
Odamning o`z – o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita 
o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. 
Ya`ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq – atvorlari 
e`tibor berishdan tashqari, o`zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda 
tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning o`zi, o`z xulq – atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan 
hosil bo`lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka 
yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. 
“Men” – obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va 
tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda
tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb 
ta`rif berish mumkin. Demak, har bir inson o`zini, o`zligini qanchalik aniq va to`g`ri bilsa, 
tasavvur qilolsa,uning jamiyat normalariga zidharakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam 
buladi, ya`ni u tarbiyalangan bo`ladi. 


18 

Download 169.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling