23
8.3.Muzokara jarayonida vositachilik
Muzokaraotda faoliyat ko`rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funktsiyani
bajaradi:
1)
Ekspert sifatida, ya`ni,
bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif
qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy psixologik vaziyatni tahlil qilishadi,
xulosalar
natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq
to`g`ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining
oqibati - xulosa chiqarib, so`ng
tavsiyalar berishdir.
2)
Maslahatchi - ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas,
balki bir
necha marta ayni muammo bo`yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif
etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo`lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit
jamoaga yordam ko`rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi.
3.
O`rgatuvchi - odatda buyurtma asosida joylarda o`quvlar, kurslar tashkil qiladi.
Uning asosiy vositasi sotsial psixologik trening va uning turli ko`rinishlari bo`lib,
oqibati -
ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o`rgatishdir.
Yurtimizda ma`naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan
ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o`z xalqining madaniyati, Vatanining o`tmishi va
buguni, milliy qadriyatlarga to`g`ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo`ladi va bu - ziyoli,
bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir.
Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u,
bu bilimlarni
avval o`z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo`naltira olmasa, uning jamiyat
taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma`naviyati
qashshoq, iqtidori esa samarasiz,
xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: