Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichi Reja
Download 81.26 Kb.
|
Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy fanlar
Sotsiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o`z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo`llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo`lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta`minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O`zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o`zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta`minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o`zgarishlarni o`rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o`zaro hamkorligi va aloqasi an`anaviy va azaliy bo`lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O`z-o`zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo`lib kelgan va buni ilg`or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o`z ahamiyatiga ko`ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o`rinda turadi, deb ta`kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o`rganmoq darkor. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta`lim to`g`risida"gi qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi ham ikki fan hamkorligi va o`zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo`ydi. Milliy dasturda e`tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo`lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o`z uslub va qoidalari yetarli bo`lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta`lim olish davrlaridagi rivojlanish an`analaridan tortib, toki yangicha o`qitish texnologiyalarini bola tomonidan o`zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog`li ta`sir ko`rsatayotganligini o`rganish, shu asosda ishni tashkil etish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma`naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta`lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o`qitishning eng ilg`or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. Tabiiy fanlar - biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini ob`ektiv o`rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e`tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug`ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o`z o`rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o`z hissasini qo`shgan. Download 81.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling