Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratilishi


Download 43.5 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1081941
Bog'liq
psix.fan sifatida


Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratilishi
Reja:



  1. Assotsiativ psixologiya.

  2. Eksperimental psixologiya.

  3. Veber va Fexner.

  4. V. Vundt.

Assotsiativ psixologiya


Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniklashdan iborat edi. Yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va protsesslarga birikishida buysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va qochish qonuniga buysunadi deb hisoblagan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar ideya - tasavvurlarning yaxlit bo`lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta‘limotni ilgari surdilar, Assotsiatsiyalar xaqidagi bunday ta‘limot bir vaqtda ham idealistiq ham materialistik yo`nalishda paydo bo`di. Idealistik yo`nalishning vakili (va umuman assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning ta‘limotiga ko`ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o`zining «men» ekanligi (o`z-o`zini) anglash, o`zaro taishi bog`lanishlar assotsiatsiyalar bilan bog`langan «tasavvur birikmalari»dir, xolos.
Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757 y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assotsiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog`lanishlarga tenglashtirib quydilar, Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi.
Pristli barcha psixik protsesslar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar urtasidagi printsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyanning bir qismi deb qaradi.
Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta‘limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologyyaning ichida «assotsiativ psixologiyalar» deb atalgan alohida oqim paydo bo`di. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi:
XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.), Djon Styuart Mil (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Fransiyada T. Ribo (1829-1916 y.), Germaniyada Teodor Tsigen (1862-1950 y.) larni va qisman Yulius Ebbingao`zni (1850-1909 y.) ham kiritish mumkin.
Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik protsesslar (xotira, tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo`lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo`lgan tasavvurlardan hosil bo`ladilar deb da‘vo qildilar. Ayrim-ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalarning qonunlariga binoan, o`zaro mexanik bog`lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira protsesslari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo`yiladi, ya‘ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish zsa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalarning jonlanishidir. Assotsia-nistlarning fikricha, tafakkur ruhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas: tafakkur ham faqat tasavvurlarning assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvurning assotsiatsiyaga bog`lanishidir, Bunda ongning boshqa momentlari yo`q. Xulosa chiqarish ikki yoki bir qancha hukmlarning assotsiatsiyasi (bog`lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya bo`yicha yangi hukm hosil qilinadi, ya‘ni xulosa chiqariladi. Tushunchalar ham bir qancha so`zlarning o`zaro o`xshash tasavvurlar bilan bo`lgan assotsiatsiyasi (bog`lanishi)dir deb ta‘riflanadi.
Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq ham tasavvurdir. Masalan, Ebbingao`zning aytishicha, nutq - bu «ikki elementlning mustahkam assotsiatsiyalar bo`lib, kushilishidir: bir tomondan, so`z va gaplarning ularning ma‘nolari bilan, ikkinchi tomondan esa so`z va gaplarning narsalar bilan birikishidir. Gap va so`zlarning haqiqiy mohiyati nutq organlari faoliyati orqali hosil bo`ladigan, «ohang va shovqinlaridan va bu faoliyat natijasida harakat va holatni sezishdan, ya‘ni eshitish va kinestetik yoki nutq ta‘sirotlaridan iboratdir.
Kayd qilingan hap ikkala so`z elementlari ham o`zaro mustahkam assotsiatsiyalar bilai bog`langan, deb ta‘kidlaydi Ebbingao`z. Nutq protsesslarida, ya‘ni fikrning shakllanishida, fikrni o`zgalarga bayon qilishda va o`zgalariing fikrini o`zlashtirishda assotsiativ protsess-lar, alohida tasavvurlar, xususan so`zlarning asosiy elementlari bo`lgan harakat (kinestotik) tasavvurlar bilan tovush tasavvurlari urtasida bog`lanishlar hosil bo`ladi. Hytq maxsus funktsiya sifatida tafakkur bilan tashqi - assotsiativ bog`lanishlardan tashqari hech qanday munosabatda bulmaydi.
Bu psixologlarning ta‘limotiga ko`ra, diqqat ongimizda qolgan barcha tasavvurlarni siqib chiqargan, qandaydir bitta tasavvurlar gruppasining hukmron bo`lishi bilan izohlanadi, emotsiyalar xush va noxush hislarni anglash bilan birlashgan sezgi hamda tasavvurlar yig`indisidir va hokazo. Assotsianistlar inson shaxsining o`zini ham o`z tanasini sezishga va shunga mos keladigan tasavvurlarga («tasavvurlar birikmasi»ga) asoslangan ancha barqaror va doimiy psixik hodisalar komplekslari deb tushunadilar.
Assotsiativ psixologiya vakillarining xizmati shundan iboratki, ular ongning yuksak murakkab protsesslarini, ya‘ni tafakkur, nutq va irodalarni tajriba asosida (asosan o`z-o`zini ko`zatish yo`li bilan) urganishni diqqat markazida tutdilar.
Biroq keyinchalik assotsmativ psixologiya vakillari va boshqa psixologlarning bu ta‘limoti amalda o`zining yaroqsizligini ko`rsatdi. Psixik hayotning murakkab hodisalarini faqat assotsiativ protsesslarga tenglashtirib qo`yish mumkin emasligi ma‘lum bo`di.
Tafakkur protsessini har tomonlama analiz qilish shuni kursatdiki, tafakkurda mavjud bulgan ba‘zi momentlarni tafakkur-larning oddiy assotsiatsiya yo`li bilan oddiy bog`lanaverishlariga tenglashtirish mumkin emas va shu momentlar bilan tafakkur oddiy assotsiativ protsesslardan tubdan farq qiladi.
Biz assotsiativ protsessda, avvalo, tasavvurlar harakatini ko`ramiz, bunda ongimizda hosil bo`lgan har qanday tasavvur avvalgi tasavvurlar yoki idrok tufayli hosil bo`ladi. Lekin, bir xil turtki (idrok yoki tasavvur) orqali birin-ketin paydo bo`lgan tasavvurlar o`z yo`lida har xil yunalishlarga ega bo`lishlari mumkin.
Birinchidan, tafakkurda ham, albatga, tasavvurlar yoki boshqa psixik mahsullar (hukm tushuncha)ning harakati sodir bo`ladi. Lekin bu yerda bu harakat avvalgi idrok va tasavvurlar turtkisi sodir bulmasdan, balki dastavval quyilgan maqsad va vazifa bilan belgilanadi va boshqariladi. Tafakkur maqsadga muvofiq yunaltirilgan protsessdir. Tafakkur protsessi hamma vaqt birorta masalani hal qilishga yunaltirilgan bo`ladi.
Ikkinchidan, assotsiativ protsesslar esa passiv protsesslardir. Assotsiativ qonunga binoan tasavvurlar harakati go`yo o`z-o`zicha ruy beradi, bu harakat oldindan belgilanmasdan, ongli kuch sarflanmagan holda boraveradi. Agar tasavvurlarning assotsiativ oqimida aktivlik bo`lsa ham, u beixtiyor aktivlikdir.
Bu urindagi beixtiyor aktivlik shaxsning emotsional holati bilan mavjud tasavvurlar tufayli ro`y beradigan emotsional momentlar bilan belgilanadi.
Tafakkur esa, aksincha, oldindan ongli kuch (diqqat) sarflash yo`li bilan sodir bo`ladigan aktiv protsessdir. Tug`ri, tafakkur protsesslarida ham passiv momentlar bo`ladi, lekin ular bu urinda faqat qushimcha va yordamchi ahamiyatga ega bo`ladilar. Passiv momentlar tafakkur momentini belgilab bermaydilar, ular birlamchi emas, balki ikkilamchidir, kupincha aqliy taraqqiyotning yuksak bosqichlarida paydo bo`ladilar.
Uchinchidan, assotsiativ protsesslarda faqat esga tushirish, tajri-badan hosil bo`lgan, sezilgan va idrok kilingan narsalardan nusxa kuchirishgina bordir. Tasavvurlar assotsiatsiyasi faqat reproduktiv (takrorlovchi) protsessdir, Bu protsesslarda ongimizda yangi mazmun hosil qilinmaydi.
Tafakkur mahsuldor (produktov) protsessdir. Bunda ongimiz yangi mazmunga, yangi mahsulotga ega bo`ladi. Bu yangi mahsulot ob‘ektiv borliqning shunday momentlarini aks ettiradiki, bu momentlarni bevosita sezgi organlari orqali bilish mumkin emas, binobarin, tasavvurlarda ham takrorlash mumkin emas.
Eksperimental psixologiya
Ma‘lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa tabiat fanlarning gurillab usishi bilai harakterlanadi. Fanda paydo bo`lgan eksperimental metodning keng qullanilishi fanning bunday usishiga yordam berdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar urtasida psixik hodisalarni urganishda eksperimentni tadbiq kilish mumkin emasmikan degan masala maydonga chiqdi.
Bu masala bo`yicha filosof Kant o`z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo`lishi mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas.
Psixik hodisalarni ulchashning mumkinligi, binibarin, psixologiyada eksperimetning bo`lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841 y.) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq etish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o`zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha protsesslar - hissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o`zgarish protsessida bo`ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o`zgarish va almashish protsessida ma‘lum darajada doimiylik qonuniyat bor. Bu doimiylikning mikdor tomonini ulchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin.
Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo`lsa ham, lekin uning o`zi bu metoddan foydalanmagan.
Veber va Fexner
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo`yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amamga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta‘sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi - sezgilarning o`zaro munosabatlari sohasidagi konuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo`zg`atuvchi ta‘sirotlar o`rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab sezgi qo`zg`atgich logarifmasiga proportsionaldir degan psixo­fizik qonunni kashf etdi, Veber va Fexnerlar utkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanniig paydo bo`lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo`lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperi-mental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat ko`zatish, asosan, o`z-o`zini ko`zatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob‘ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
V. Vundt
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo`di. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o`z-o`zini ko`zatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va ulchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izoshli fanga aylantirishni maqsad qilib qo`ydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo`lib qolgan bir qancha metodlarni, ya‘ni qo`zg`atish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi.
Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimentax psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Oradan ko`p vaqt o`tmasdan (1881 y.) u Berlin universiteti ho`zurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri usha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo`zg`atqichga to`plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu xodisani aniqdash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilinguncha qadar) 1861 yilda alohida mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt mayagnigi). Bu mayatnik graduslarga bulingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma‘lum vaqtdan keyin shingirlaydi, Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani oyoqqa turg`izish uchun Vundt qushimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan ma‘lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Frantsiya, Angliya va -Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti xo`zurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimen­tal metodning alohida turi - tabiiy eksperimental ishlab chiqaril-gan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini urganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta‘lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmokda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta‘sir kursatdi.
Bu metod yordamida oddiy ko`zatish yoki o`z-o`zini ko`zatish yo`li bilan aniklash qiyin bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma‘lum otlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar urtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik protsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba‘zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo`li bilan murakkab psixik protsesslar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik protsesslarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdeq tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo`lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdeq eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli sohalarida - uquv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san‘atda juda kup foyda keltiradi.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling