Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


S o ‘r o g ‘in sa lo m d e k so ‘ra y d i alik


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

S o ‘r o g ‘in sa lo m d e k so ‘ra y d i alik.
Birinchi b o ‘sa d a n yo sh lik boshlanar,
U ngacha bo 'Igani b a n bolalik.
U y g ' u n .
0 ‘smirlik davri haqida tushuncha
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo'lmish 
yosh psixologiyasi bevosita inson psixologiyasining 
namoyon bo‘lishi va rivojlanishining turli yoshlarda qan­
day kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini 
o‘rganadi. Psixika namoyon bo‘lishining yosh xususiyat­
lari o ‘rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh 
psixologiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli 
farqlanadi. Bular: chaqaloqlik davri, ilk bolalik davri, 
maktabgacha ta ’lim davri, kichik maktab yoshi davri
o ‘smirlik davri, ilk yoshlik davri, yoshlik davri, yetuklik 
davri va keksalik davrlaridir. Bu davrlaming har biri o ‘zi- 
ga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo‘lib, ular bir-biridan 
odamning xronologik yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ragina 
emas, balki shu davrda inson ruhiyatida kechadigan 
hodisalar, ro‘y beradigan o‘zgarishlar, uning ruhiyatidagi 
umumiy qonuniyatlarga ko‘ra ham farqlanadi.
Biz ushbu mavzu orqali Sizlar haqingizda, Siz o ‘smir- 
larning yosh-psixologik xususiyatlaringiz haqida, ya’ni 
o‘smirlik davri psixologiyasi haqida to ‘xtalib o‘tamiz.
0 ‘smirlik davri insonning bolalikdan — yoshlikka 
o ‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o ‘zining 
nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farq- 
lanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalaming 
5—8-sinflarda o ‘qish paytlariga to ‘g‘ri keladi va 11—12 
yoshdan 14—15 yoshgacha 
bo‘lgan davr oralig‘ida 
kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq yoki 
kechroq kuzatilishi ham mumkin.
0 ‘smirlarning yosh-psixologik xususiyatlari
40


0 ‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyot- 
larda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi 
nomlar bilan 
ham ataladi. Bu davming «og‘irligi», 
«keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi?
0 ‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi 
ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan 
bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jis- 
moniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilaming maz- 
mun — mohiyati ham o ‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hay- 
otida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlari- 
da, uning ijtimoiy holatida jiddiy o ‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama- 
qarshi bo'lgan turh xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga 
kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «kat­
ta» ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nis­
batan bo‘lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarak- 
ter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy 
yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o ‘z-o‘zini anglashi
baholashi, qadriyatlari o'zgaradi. Uning uchun o ‘z 
«men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling