Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Ayolning orgazm bosqichlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Ayolning orgazm bosqichlari
205 bo‘lishi mumkin, yoki oyning turli vaqtlarida, kunning turli soatlarida organizmi charchagan yoki tetikligiga qarab, asab sistemasining holatiga va aloqada bo‘layot- gan muhitning xususiyatlariga binoan bir kishi bir vaqt- da intensiv orgazmni his etsa, o ‘zga vaqtda oirtacha yo ki kuchsiz ham bo‘lishi mumkin. Ayol kishining orgazmni his etishida «toz pulslari» orasidagi intervallar ham turlicha bo‘ladi. Birinchidan uchinchigacha b o ‘lgan qisqarishlar orasida interval 0,8 sekundni tashkil etsa, 5dan 15gacha bo‘ladigan qisqarishlar orasidagi interval (har bir qisqarish orasida) 8 sekundga cho‘ziladi. Yuqoridagi intervallar, orgazmning 1- va 2-bos- qichlarini hisobga olmaganda ham, erkaklarning orgazmiga nisbatan ayollarinng orgazmi bir necha baro- bar uzoq cho‘zilishi, nisbatan nihoyatda davomli boMishini ko‘rsatadi. Buni esa ko'pchilik erkaklar bil- maydilar. Yuqoridagi bosqichlar turli ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra turli ayollarda turlicha bo‘lishi va bir ayolning o‘zida ham birmuncha farq qilishi mumkin. Masalan, m a’lum vaqt ayriliq natijasida jinsiy aloqada bo‘lmagan ayol uchun yuqoridagi bosqichlar yaqqol ifodalangan shaklda o ‘tsa, aksincha, har kuni jinsiy aloqada bo‘lgan xotin uchun erining xohishi bilan bo‘layotgan navbatdagi jinsiy aloqada bu bosqichlar ni hoyatda tez o‘tishi va chuqur his etilmasligi, tashqari- dan sezilmasligi mumkin. Yoki nihoyatda tempera- mentli, jinsiy ekspressiv ayol o ‘z hissiyotini namoyon qilishini «odobdan emas» deb, o ‘zini tormozlab turishi, o‘zini erkin his etmasligi va natijada orgazm hislarini yetarlicha his etmasligi mumkin. Va aksincha, o ‘rta temperantli ayol orgazm hislari bilan birga kechadigan tabiiy hislarning eriga kuchli ta ’sir etishini va nihoyatda emotsional idrok kuchini oshirishini bilgan holda o ‘zini nihoyatda erkin tutishi natijasida eri va o‘ziga yoqimli hislarni taqdim etishi mumkin. Shuning uchun jinsiy hayotda ayol kishining eridan uyalmasligi, o‘zini ni hoyatda erkin tutishi, tuyg‘ularini bemalol ifodalashi o ‘zi uchun ham, turmush o ‘rtog‘i uchun ham faqat foy- dalidir. Ayniqsa, o ‘ziga birmuncha ishonmaydigan, o ‘zining jinsiy imkoniyatlarini o ‘zgalardan kam deb 206 hisoblaydigan b a’zi erkaklarga ayolning jin siy 1 aloqa chog‘idagi tuyg‘ularini ochiq va yetarli ravishda sezdi- rishi ijobiy ta’sir qilib, ularning o‘zini to ‘laqonli erkak kishi sifatida idrok qilishiga, o‘z shaxsini tasdiqlashiga, o’zini birmuncha mustaqil va erkin his etishiga yordam beradi, ya’ni erkakning chinakam erkak sifatida shakl- lanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Buni ayollar yaxshi bilish- lari kerak va oilaviy hayotda, albatta, hisobga olishlari lozim. Ayolni ayol sifatida shaklantiruvchi erkak kishi bo‘lsa, o‘z navbatida ba’zi erkaklami haqiqiy erkak qi- ladigan yoki haqiqiy erkakni o‘ziga ishonmaydigan, o ‘zidan gumonsiraydigan, har bir narsadan ikkilanadi- gan bo‘shang erkakka aylantirish ham ayollar qo'li- dadir. Orgazm tugagandan so‘ng ham ayol organizmi m a’lum vaqtgacha nihoyatda qo‘zg‘algan holatda bo‘la- di. Shuning uchun orgazmni his etib bo‘lgan ayolni erkalash, uning go‘zal va latofatli ekanini aytib ko‘ngli- ning ko‘tarish kerak. Bu ayolda tabiiy eyforiya holatini yanada cho‘zilishiga (ba’zan esa hech qanday takroriy friksion harakatlarsiz orgazm hislarni takrorlanishiga) sabab bo‘ladi. Buni erkak kishi yaxshi bilishi va ongli ravishda jinsiy hayotda qo‘llashi lozim. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling