Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Libido, ereksiya va friksiya bosqichlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Libido, ereksiya va friksiya bosqichlari
Jinsiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bos- qichlar quyidagilardan iborat: libido — xohish-istak, hirsning yuzaga kelishi; ereksiya — qo‘zg‘alishning yuzaga kelishi; friksiya — jinsiy aloqa paytidagi harakat- lar, orgazm; refrakter bosqich. Bu bosqichlar jinsiy aloqaning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi uchun ularning ayol va erkaklarda o ‘ziga xos ifodalanishi, xususiyatlari ustida to ‘xtalib o ‘tamiz. Libido qarama-qarshi jinsga bo‘lgan intilish, m a’lum shaxs bilan jinsiy yaqinlik qilish istagi erkaklarda ayol- larga nisbatan osonroq, tezroq yuzaga keladi. Libidoning ayollarda birmuncha kech paydo bo‘lishi his-hayajonning sust yuzaga chiqishi erkaklarga nis batan birmuncha kuchsiz va davomliroq bo‘ladi, bunga ularning hissiyotiga psixologik komponentning fiziologik komponentga nisbatan ustunligi sabab bo‘ladi. Ereksiya bosqichi — qo‘zg‘alishning yuzaga kelishidan boshlanib, jinsiy aloqaga tayyorlangunga qadar bo'igan vaqtni o ‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy organ- larida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi; qin namlanadi, klitor (jinsiy organlarning qon bilan ta ’minlanishining kuchayishi hisobiga), katta va kichik uyatli lablar katta- lashadi, sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy a’zo bezlarining ishi zo'rayadi, tana qiziydi, ba’zan ten shilliq qavati qizaradi va boshqa shunga o‘xshash holatlar paydo bo‘ladi. Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon kelishi ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning qon bilan ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3—4 barobar katta- lashadi va nihoyatda taranglashadi. Olatning bunday kattalashishi, uning qon bilan ta ’minlanishiga, aniqrog'i qon tomirlarining qayerda joylashishiga bog'liq bo'la- 201 di. Barcha organlarda arteriya chuqurroq, vena yuzaroq joylashgan bo‘lsa, olatda buning aksi bo‘ladi. Arteriya yuzaroq joylashgan bo‘lib, venaning chuqurroq joy- lashishi natijasida g‘ovaksimon tanachalar qonga to£lib, venani qisib qo£yadi va shuning hisobiga qonning ve- nadan yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a ’zoni yana shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib, n i hoyatda taranglashishiga olib keladi. Ereksiya bosqichi- da libido juda ham kuchayadi. Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan qisqa vaqtni tashkil etadi, chunki ular birmuncha tez va oson qo‘zg‘aladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki ishqala- nishining o‘zidayoq beixtiyor ereksiya holati yuzaga keladi. Ba’zan m a’lum birorta ayolni ko‘rgandayoq, jinsiy aloqa istagini o ‘ylash yoki biror tanish, yoqimli hidning sezilishi ham ereksiya paydo qilishi mumkin. Ayollarning aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi, erkaklarga o£xshab, beixtiyor erkak kishini ko‘rgandayoq yuzaga kelavermaydi, chunki ularda psixologik kompo- nentning ustunligi ereksiyaga ham o ‘z ta ’sirini ko‘rsatadi. Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi, erkakning shirin gapirishiga, silab-siypashiga, joyning bexavotir bo‘lishi- ga, erkakning bo£salar olib, erogen zonalarni silashiga, badanning va o £rinning tozaligi va xushbo£yligi kabi boshqa ko£pgina sabablarga bog£liq bo£ladi. Bu albatta, erkak kishiga ham taalluqlidir, lekin ayol uchun bu hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ereksiya bosqichida hirs qo£zg£alishi bilan erkaklar ayollardan farq qiladilar, ya’ni erkak kishi iloji boricha hirsini tezroq qondirishga harakat qiladi, ayol kishi esa bu vaqtni mumkin qadar cho£zadi, jinsiy aloqani bosh- lashga shoshilmaydi, chunki ayollar bu vaqt qanchalik cho£zilsa, shuncha ko£p lazzatlanadilar. Buni yigitlar yaxshi bilishlari va jinsiy aloqada hisob- ga olishlari kerak. Ayolda ereksiya bosqichi to ‘liq o £tmaguncha, qo£zg£alish intihosiga yetmaguncha erkak kishi jinsiy aloqani boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya to £la bo'lmasa, qin hali namlanmagan bo‘lsa, bu har xil og£riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayolda ereksiya toliqligini va jinsiy aloqaga juda moyilligini ayol kishi- ning xatti-harakatidan bilib olsa bo£ladi. Friksiya — kopulyatsiya (friksion harakatlar) bos- 202 qichi olatning qinga kirishi va friksion harakatlarning boshlanishidan to orgazm — nihoyatda lazzatlanish yuzaga kelgungacha bo‘lgan vaqtni o ‘z ichiga oladi. Friksion harakatlar odatda 1,5—2 minutdan 6 minut- gacha davom etadi va asosan orgazm bilan tugaydi. Agar erkak m e’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib yursa, orgazmni 1,5—2 minutdan oldin sezsa, bu jinsiy zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda qo‘zg‘alish va ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda friksion harakatlar 6— 10 minut davom etishiga qaramay, orgazm yuzaga kel- masa, buni jinsiy sovuqlik, frigidlik deb hisoblash kerak. Bunda ayolning bo‘yida bo‘lib qolishdan qo‘rqayotgan- ligini, qayerda va qay sharoitda jinsiy aloqa qilinayot- ganligini va boshqa sabablami, albatta, hisobga olish zarur. Shuningdek, jinsiy hayotni endi boshlagan va hali orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan ayollar bun dan mustasno. Shuning uchun ham yuqorida aytib o ‘til- ganlar barcha ayollarga taalluqli emas. Friksion harakatlarni ko‘pchilik faqat erkaklar funksiyasi sifatida tasaw ur etadilar, vaholanki, bunday harakatlar ayollar tom onidan ham bo ‘Isa orgazmga yetishish osonlashadi, ta’siri ortadi. Jinsiy aloqani emot sional idrok qilish erkakda ham, ayolda ham nihoyat da kuchayishiga olib keladi. Friksion harakatlar to ‘g‘ri, spiralsimon va aylanasimon bo‘lishi mumkin. Umuman qinning torligi, friksion harakatlarning har xil bo‘lishi, tezligi va erogen zonalarni silab — siypash orgazmni tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol kishining mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol kishi jufti bilan bir vaqtda lazzat oladi va butun vujudi erib, butun vujudi bilan o'zini baxsh etadi. Hatto jin siy aloqa tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish hosil qilib, yengil tortadi. Orgazm Ilmiy dalillarga ko‘ra, oilaviy hayotning dastlabki uch oyida ayollaming 22, birinchi yilning oxiriga kelib 42,5, yil davomida — 72, o ‘n yil yashaganda 89 foizi orgazmni his etadi. Ba’zi ayollar tug‘ma frigid, ya’ni tug‘ma jinsiy sovuq bo‘ladilar. Bunday ayollar orgazm ni his eta olmaydilar Frigidlik ko‘p hollarda jinsiy alo- 203 qaga va oilaviy hayotga, bola ko‘rishga mutlaqo ta ’sir qilmaydi. Biroq er-xotin o‘rtasidagi janjallarga sabab bo'lishi mumkin, chunki erkak tez-tez jinsiy aloqa qilib turishni istasa, orgazm nimaligini tushunmaydigan ayol jinsiy aloqaga birmuncha befarq qaraydi va ko‘pincha ko‘nmaydi. Bu o ‘z navbatida er-xotin o ‘rtasiga sovuq- lik solishi mumkin. Ba’zi ayollar o ‘zlarining frigidlik- larini tan olmasdan, erlarini qondirolmashkda ayblasha- di. Bunday noto'g'ri fikr ba’zi (maxsus adabiyotlardan ko'p o'qib, orgazm his etishni nihoyatda istagan) ayol- laming o'zga erkak bilan jinsiy aloqa qilib ko'rishga, eriga hiyonat qilishiga sabab bo'lishi, oilaning buzilib ketishiga olib kelishi mumkin. Lekin ko‘pincha uzoq yillar sistemali jinsiy hayot kechirib yurishiga qaramay, bir necha yildan so‘ng ham ayol orgazmni his etmaydigan bo‘Isa, endi bu erkakning o ‘ta savodsizligi bo'ladi. Erkaklar iloji boricha tezroq hirslarini qondirishga ко‘p harakat qiladilar, ayolni jinsiy aloqaga yetarlicha tayyorlamasdan turib harakatga kirishadilar. Bunday erkaklar faqat o'zlarini o‘ylashadi, xolos. Bu albatta, yaxshi emas. Ayol esa endigina qo‘zg‘alganicha qolib ketaveradi. Bunday ahvol doimiy ravishda davom etaveradigan bo ‘lsa, ayolda nevrozlar kelib chiqishi yoki yuqorida aytganimizdek, eriga xiyonat qilishi mumkin. Shu sababli, ko'pgina seksopatologlar iborasi bilan aytganda, frigid ayollar sonini sun’iy ravish da oshiradiganlar jinsiy savodsiz, o ‘ta xudbin erkaklardir. Ba’zi erkaklar ayol rozi bo'lgandan keyin, u ham rohat qiladida, deb o'ylaydilar. Ayol organizmining o'ziga xosli- gi ularni mutlaqo qiziqtirmaydi, bu haqda o'ylab ham ko'rishmaydi. Shu bois ayol erining og‘ushida bo'lganida eng lazzatli his-tuyg‘ulardan mahrum bo'ladi. Erkaklarning deyarli hammasida orgazm bo'ladi, ular uchun ayollar kabi m a’lum vaqt muddat va max sus tayyorgarlik shart bo'lmaydi. Orgazm jinsiga (ayol lar va erkaklar organizmi), joyiga ko'ra (klitor, qin), turiga ko'ra (bir marta, ko'p marta, qisqa muddath, uzoq muddatli, to'lqinsimon), jadalligiga ko'ra (kuchli, o'rtacha, kuchsiz), bosqichlariga ko'ra (I bosqich, II bosqich, III bosqich), ekspressivligiga ko'ra (kuchsiz, o'rtacha, kuchli) bo'lishi mumkin. Quyida orgazmni batafsil ko'rib chiqamiz. 204 Jinsiga ko‘ra ayollar orgazmi va erkaklar orgazmi mavjud. Bunday bo‘linish va ularning alohida ko‘rib chiqilishi bejiz emas, chunki erkak va ayollarda orgazm birm uncha farq qilib, o ‘ziga xos xususiyatlar bilan kechadi. Ayollar orgazmi uch bosqichdan iboratdir: 1-bosqichda ayol qornining quyi qismida «vaznsiz- lik» tuyg‘ulari paydo bo‘lib, bu tuyg‘ular klitorga va jinsiy organning boshqa qismlariga tarqaladi. 2-bosqichda ayol jinsiy organlarida yoqimli va ha- yotbaxsh issiqlik his etadi va bu issiqlik butun badanga tarqaladi. Bu bosqichning oxirida o ‘ziga xos turtki his etiladi va bu turtkidan so‘ng jinsiy organlar hamda atrofdagi organlarda ixtiyorsiz ravishda muskullarning qisqarishi boshlanadi. Bu hislami tug'ruqni boshidan kechirgan ayollar tug‘ruqdan oldingi to ‘lg‘oqqa o‘x- shatadilar. 3-bosqichda yuzaga kelgan issiqlik qin, bachadon, dumba muskullarining kuchli va ritmik qisqarishi bilan almashinadi. Bunday ritmik qisqarish, meditsina tilida aytganda, toz pulsasiyasi deyiladi. Bu bosqichda ayol hayotida biror his-tuyg‘u bilan solishtirish qiyin bo‘lgan eng kuchli va lazzatli organik hislami sezadi. Orgazm o ‘z kulminatsion nuqtasiga yetadi. Toz pulsatsiyasining soniga (bitta orgazmdagi) qarab ayollar orgazmining intensivlik darajasini, kuchini aniqlash mumkin. Toz pulsatsiyasi 3—5 gacha yetsa, intensiv bo‘lma- gan, kuchsiz orgazm hisoblanadi. 5—8 gacha yetsa, o ‘rtacha intensivlikka ega bo‘lgan normal orgazmga ki radi, agar toz pulsatsiyasining soni 8—12 gacha yetsa, intensiv orgazm hisoblanadi, agar undan ortiq bo‘lsa, nihoyatda intensiv orgazm hisoblanadi. Yuqoridagi raqamlarga asosan (agar xulosa epizodlik aloqalardan olingan bo‘lsa), konkret ayolning bir yoki ikki m arotaba jinsiy aloqada boTishi va shundagi ko‘rsatkichlariga asosan uning jinsiy imkoniyatlarini yoki bu ayolga xos orgazmni aniqlash ko‘pgina xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Chunki bitta ayolning o ‘zi m a’lum kishi bilan m a’lum sharoitda intensiv orgazmni his etsa, o‘zga kishi bilan orgazmi kuchsiz Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling