1. Qaysi qatorda yasama fe’llar berilgan? dukurla; bukla; ishqala; o'yla; qashila
Download 26.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqFe`l - 100
- Bu sahifa navigatsiya:
- -may, -masdan
- -m, -ng, -k, -ingiz
fe’l-100 51. Qaysi qatorda yasama fe’llar berilgan? 1) dukurla; 2) bukla; 3) ishqala; 4) o'yla; 5) qashila A) 1,4 B) 1,4,5 C) 1,2,4 D) 1,2 52. Navoiy asarlari lug'atidan keltirilgan bosh ura kirishmoq fe'lining izohi to'g'ri berilgan javobni belgilang. A) bosh olmoq, o'ldirmoq B) ko'tarilmoq, yuqorilashmoq C) ko'rina boshlamoq D) ulug‘ martaba hosil qilmoq 53. Sifatdan yasalgan fe’llar tovush tarkibi o'zgarishga uchragan so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) yashnat, so'roq B) o‘yna, ata C) sana, yasha D) qiyna, pasay 54. Qaysi gapda qo'llangan sifat yasovchi qo‘shimcha ham ot yasovchi, ham ravish yasovchi, ham fe’lning nisbat shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha bilan shakldosh bo'la oladi? A) Oqsoqol kirib yig‘in boshlanganini aytdi. B) Shahzoda qizni o‘z huzuriga yashirin yo'llar orqali olib kelishlarini buyurdi. C) Tinmay yog‘ayotgan kuzgi yomg‘ir menga bolalikning olis yillarini eslatadi. D) Iltimos, ochiqroq gapirsangiz, hech narsaga tushunmayapman. 55. Fonetik yozuv asosida yozilgan fe’l ishtirok etgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik. B) Kunlardan bir kuni Durroj: “Men tuzoqqa tushdim!” deb sherni aldadi. C) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko'paysa, nороk odamlar shunchalik kamayadi. D) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. 56. Fonetik yozuv asosida yozilgan yasama fe’l qaysi gapda berilgan? A) Salimjon qo'ylarini erinmay birma-bir sanadi. B) Goho miriqib gaplashib, o'y surib ham olish kerak-ku?! C) Dalada mashinalar ko'paymoqda. D) Qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi. 57. -la so‘z yasovchi qo'shimchasi qaysi so‘z turkumidan fe’l yasaganda, yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi? A) ot B) sifat C) undov so'z D) taqlid so‘z 58. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishiga ko‘ra farqlanuvchi fe’llar qatorini belgilang. A) so'zlamoq-to'ng'illamoq-ming'irlamoq B) kulmoq-tabassum qilmoq-iljaymoq C) so'zlamoq-nutq ijod etmoq-gapirmoq D) jilmaymoq-kulimsiramoq-kulmoq 59. qo‘lla, qo‘l-la, kelib-la ketibdi. Ushbu so'zlardagi -la qo'shimchasi haqidagi qaysi fikr to'g'ri? A) 1-so‘z yasovchi, 2-lug'aviy shaki yasovchi, 3-yuklama B) 1-so‘z yasovchi, 2-bilan ko'makchisi, 3-oq (-yoq) yuklamasining ma’nodoshi C) 1-lug‘aviy shaki yasovchi, 2,3-so‘z yasovchi D) 1-so‘z yasovchi, 2,3-lug‘aviy shaki yasovchi 60. Qaysi qatordagi “ko'r” fe’li ko'makchi fe’l vazifasida qo'llangan? A) Bilgan she’rlaringni aytib ko'r. B) Uning qanday inson ekanligini shuncha yillar mobaynida bilmay, ko‘r ekanman. C) Bugun uzoq safardan qaytayotgan do‘stlarimni ko‘rib qoldim. D) Qilingan ishlarni o‘z ko‘zing bilan ko‘r. 61. Qaysi gapda egalik qo'shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ifodalagan? A) Kechasi bilan yomg'ir tinmay quydi. B) Birdan Bo'taboyning jahli chiqib ketdi. C) To'ra ko'zidan tilla o'ynagini olib stol ustiga qo‘ydi. D) Bo'zchi bilganin to'qir. 62. Fonetik yozuv asosida yozilgan fe’l ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. B) Aqlliga aytdim, angladi -bildi, Aqlsizga aytdim, shaqillab -kuldi. C) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug'gan toparsan? D) Chin do‘st uldirkim, do'stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi. 63. Qaysi gap tarkibida bog'lovchiga ko‘chgan so'z qatnashgan? A) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. B) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. C) Qo‘l yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. D) Agar tuyog'iga ursang, shoxi zirqiraydi. 64. Ey inson, har bir so'zni о‘уlab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. Gapda nechta yasama fe’l bor? A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 65. Fe’lning zamon, shaxs-son qo'shimchalarisiz qismi.... A) o‘tgan zamonni ifodalaydi B) sof fe’lni ifodalaydi C) II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi D) hozirgi zamonni ifodalaydi 66. Ko'p ishlovchi kо'p yashaydi. Ushbu gapdagi fe’llarda fonetik hodisalarning qanday turi mavjud? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush ortishi C) tovush almashishi D) tovush tushishi 67. Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy- texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Ushbu gapda uyushgan to'ldiruvchi vazifasidagi fe’llar qaysi nisbatdaligini aniqlang. A) o'zlik nisbatda B) majhul nisbatda C) orttirma nisbatda D) birgalik nisbatda 68. O‘timli fe’llardan hosil qilingan o'timsiz fe’llar qaysi qatorda keltirilgan? A) yuvildi, haydaldi, ayttirdi B) keltirildi, chiqardi, ko'rindi C) so‘raldi, bajarildi, tashlatdi D) gapirildi, tezlatildi, tarandi 69. Berilgan gaplarning qaysi birida harakat nomi ishtirok etgan? A) Turnalar uzoqlashib ketmoqda. B) “Biz orqaga qaytmasligimiz kerak, faqat olg‘a intilamiz”, - dedi kapitan bosiqlik bilan. C) berilgan gaplarda harakat nomi ishtirok etmagan. D) Ular bog'da birga ishlashibdi. 70. Fe’llar haqida aytilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) O‘timli fe’llar tushum kclishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladi. B) Nisbat qo‘shimchalari fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qila oladi. C) Fe’lning sof shaklidan ravishdosh hosil qilinganda tovush o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. D) O‘zlik nisbati faqat o'timli fe’llardan hosil qilinadi. 71. Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping. A) Rustam shaxmat to‘garagiga yozildi. B) javoblaming barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo'llangan C) Yerlarga don sepildi. D) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi. 72. Ikkita nisbat qo'shimchasi olgan yasama fe’lni aniqlang? A) kechiktirdi B) gaplashishdi C) tiklatildi D) ilitildi 73. Qaysi qatordagi ravishlardan fe’l yasash mumkin? A) yaqin, kam, tez, sekin B) ko'p, oson, oz, go'zal C) past, tez, yaxshi, qiyinD) berilgan barcha so‘zlardan fe’l yasash mumkin 74. Qaysi qatordagi so'zlar tarkibida fe’lni kesimga xoslovchi shakllar mavjud? A) boray, yuvin, o'qima B) kutdi, yubortir, o'qish C) artin, ishlat, haydov D) o'qidi, ko'ray, yozmoqda 75. Qaysi qatordagi fe’lga nisbat qo'shimchasi noto‘g‘ri qo'shilgan? A) o'qitkiz B) yozdirtir C) to'ldirg'iz D) nisbat qo‘shimchalari barcha fe’llarga to'g'ri qo'shilgan 1 76. Ko'makchi fe’llardan qaysi biri harakatning to'la yakunlanganini bildiradi? A) olmoq B) bermoq C) yozmoq D) chiqmoq 77. Juft fe’l berilmagan qatorni toping. A) qochdi-ketdi B) bordi-keldi C) yozdi-oldi D) ochilib-sochilib 78. Ko'makchi fe’lli so'z qo‘shilmasini aniqlang. A) so'rab kirmoq B) javob bermoq C) yiqila yozmoq D) ko'rib kelmoq 79. Orttirma nisbat haqida berilgan hukmlarning qaysi biri to'gri? A) jarangli undosh bilan tugagan fe’l o'zaklariga doim -tir qo'shiladi B) undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe’llarga -dir qo'shiladi C) orttirma nisbat qo'shimchalari hisoblangan -dir, -tir kesimlik qo'shimchalari bilan shakldoshlik hosil qiladi D) bir fe’l o'zagiga orttirma nisbat qo'shimchalari birdan ortiq qo'shilganda orttirma ma’nosi kuchayadi 80. Qo'shma fe’l ishtirok etgan gapni toping. A) Bozordan u-bu narsa sotib olibdi. B) U uyalganidan qizarib ketdi. C) Bu kitobni allaqachon o‘qib chiqqanman. D) U keyinchalik do'sti bilan kelishib ketdi. 81. -may, -masdan qo'shimchalari fe’lning vazifa turlaridan qaysi biriga qo'shilib, uning bo'lishsizlik shaklini hosil qiladi? A) -may qo'shimchasi harakat nomiga, -masdan ravishdoshga qo'shilib B) sifatdoshga qo'shilib C) -may qo'shimchasi sifatdoshga, -masdan qo'shimchasi ravishdoshga qo'shilib D) ravishdoshga qo'shilib 82. Uydagilarga aytmasdan ketibdi. Ushbu gapdagi bo’lishsizlik shaklidagi so'z fe’lning vazifa turlaridan qaysi biriga mansub? A) sifatdosh B) ravishdosh C) harakat nomi D) ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasi 83. Qaysi gapda juft fe’llardan hosil qilingan ravish mavjud? A) Bu tashvishdan uzil-kesil qutildim. B) Har jihatdan kuydi-pishdi xodim kerak. C) Ishning kam-ko'stini tekshirib ko'r. D) Sizga bor-yo'g'imni aytdim-ku, oshna. 84. Qo'shma fe’lni toping. A) qo‘lga olmoq B) umid bog'lamoq C) yo'l tutmoq D) tajang bo‘lmoq 85. Nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalardan qaysi biri o'timsiz fe’llarni o'timli fe’lga aylantiradi? A) o‘zlik nisbat hosil qiluvchi B) o'zlik va majhul nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalar C) orttirma nisbat hosil qiluvchi D) birgalik nisbat hosil qiluvchi 86. Shart mayli shaklidagi mustaqil kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi. B) Tuyog'iga ursang, shoxi sinadi. C) Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam. D) Havo bulut bo'lsa ham, yomg'ir yog'madi. 87. Qaysi fe’l nisbati harakat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi? A) majhul nisbat B) birgalik nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat 88. Qaysi qatordagi atama fe’llarning munosabat shakllariga xos emas? A) shaxs-son shakllari B) nisbat shakllari C) zamon shakllari D) mayl shakllari 89. Fe’lning vazifa shakllaridan qay biri birikmali murakkab kesimni yuzaga keltiradi? A) harakat nomi B) sifatdosh C) sof fe’l D) ravishdosh 90. Nomustaqil kesim qanday shakldagi kesim hisoblanadi? A) shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l-kesim B) bog'lamali va bog'lamasiz ot-kesim C) shart mayli shaklidagi kesim D) istak gaplarning kesimi 91. Fe’llarning munosabat shakllariga nimalar kiradi? A) shaxs-son, sifatdosh, bo`lishli-bo`lishsizlik shakllari B) bo'lishsizlik, zamon, o'timli-o'timsizlik shakllari C) sifatdosh, ravishdosh, nisbat shakllari D) zamon, shaxs-son, mayl shakllari 92. Mazmunan har uchala zamonga tegishli fe'l qatnashgan gapni aniqlang. A) Bugun oilam bilan dam olishga ketyapman. B) Sherzod maktabda o'qiydi. C) U bu kitobni hali o‘qib chiqmagan. D) Biz o‘z yo'limizdan yurdik. 93. Shaxs-son ma’nosini ifodalovchi -m, -ng, -k, -ingiz qo'shimchalari fe’lning qaysi shakllaridan keyin qo'shiladi? A) kelasi zamon hamda buyruq-istak mayli shakllaridan keyin B) o'tgan zamonning -b (-ib), shart maylining -sa shakllaridan keyin. C) o'tgan zamoning -di, shart maylining -sa shakllaridan keyin D) hozirgi zamon hamda buyruq-istak mayli shakllaridan keyin 94. Sanoqli muvaffaqiyatlar kо‘p, ammo ular orasida eng muhimi, hamma xalqqa, hamma elga zarur bo‘lgan ne'mat - Tinchlik bayrog‘i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog'iga talpinamiz. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar yuzasidan bildirilgan noto'g'ri hukmni belgilang. A) sifatdan ot yasalgan B) sifatdan fe’l yasalgan C) otdan fe’l yasalgan D) otdan sifat yasalgan 95. Fe`lning o'zlik nisbat qo'shimchasi -in qaysi qo'shimchalar bilan omonimlik hosil qiladi? 1) ot yasovchi; 2) sifat yasovchi; 3) ravish yasovchi 4) fe’lning majhul nisbat shaklini yasovchi. A) 1,2 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 96. Avvalo, shuni ta'kidlab о'tish kerakki, biz и уoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan о‘z kuchimiz bilan, о‘zaro keng muhokama qilish yo'li bilan bartaraf qiladigan bo‘ldik. ( A. Qahhor) Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta 97. Qaysi javobda o'qib berib tur birikuvidagi ko'makchi fe’l berilgan? A) tur B) berib tur C) oqib berib tur D) o’qib 98. 1. Nigora yigitga ma'noli qarab gapirdi. Download 26.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling