Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Nikoh yoshi xususiyatlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Nikoh yoshi xususiyatlari
Demografik nuqtai nazardan olinganda, oila qurish deganda m a’lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to ‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qan- chalik katta bo‘lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo‘lsa), u biz ko‘rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo ’yicha ko’proq yetuk bo‘ladi. 20—24 yoshdagi guruh, 20 yosh- dan kichik bo‘Igan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy- iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar o’rta yoki oliy o‘quv yurt- larini tamomlagan, u yoki bu kasb hunarni egallagan bo‘ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo‘yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo’ladilar. Hozirgi zam on demografiyasida keng foydalaniladigan ushbu ko‘rsatib o’tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlaming ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy. psixologik tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. 4 — O ila psixologiyasi 9 7 Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kuiula yoshlar- ning kattalashuvi, voyaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko'ra bir de- mografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu davrda aksariyat yoshlar oila qurib boMgan va hatto farzandli bo'lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagilar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajri- balariga ko‘ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qarori- ga ko‘ra alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayol lar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin. Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an ’- analarga bog‘liq ravishda erkak va ayollaming turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) — 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo‘lgan davr orasiga to ‘g‘ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi. Shuni ham ta’kidlab o ‘tish joizki, yoshlarning voyaga yetish masalasi, ularning nikohga yetukligi ko‘rsatkichlari ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noturg‘undir. Odamning axloqiy va m a’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta ’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o ‘zga- rishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig‘ish g‘oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda. Shunga ko‘ra, 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o ‘ziga bevosita bogTiq bo‘lmagan ko‘plab ob’ektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy yetilish 14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko‘p hollarda 28—30 yoshlarda yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda boTmaslik darajasida iqtisodiy mustaqillikka 98 erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshadi. K o‘pincha katta avlod vakillari, yoshlarni yetuk emaslikda, hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday yetUmaslikning ob’ektiv sabablari va shart-sharoitlari e ’tibordan chetda qoladi. Yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to ‘liq kirishib ketishlari uchun ularga keng ko‘lamdagi raqobatbardosh bilimlami, kasb-hunar ko'nikmalarini berish zarur bo‘ladi. Yoshlar egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi har o‘n yilda ik ki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, m a’naviy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik tajribani kelgusi avlodga uzatish jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to i a iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o‘qishini taqazo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik qilib, u 18—20 yilgacha uzayishi mumkin (o‘rta maktab + kollej (litsey) + oliy o ‘quv yurti + aspirantura). Ijtimoiy, iqtisodiy, m a’naviy, ilmiy-texnik taraq- qiyot jarayonlarining kechishi yoshlarda ijtimoiy-iqti- sodiy va kasb-hunar, texnik yetukligining kechikib ketishiga olib kelmoqda. Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy yetilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama- qarshiliklaming yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Quyida shunday qarama-qarshiliklaming biri haqida to ‘xtalib o ‘tamiz. Buning uchun bundan 70—100 уШаг oidingi davrdagi vaziyatlarni bugungi kunlarmiz bilan solishtirib ko‘ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz aholisi- ning 80—85%ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli shuncha qismi dehqonchilik, chorvachi- lik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan mashg'ul bo‘lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunar- mand yigit 16—17 yoshida jinsiy balog‘atga yetgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab bo‘lmagan dehqonchi lik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini egallab ulgurgan va bu sohada mustaqil faoliyat olib bo- rishga tayyor bo‘lgan. Agar u 18—22 yoshida uylansa, oila qursa, unda uning jinsiy balog‘atga yetishi, mehnatga tayyorligi va oilaviy hayotni boshlash omillari o ‘rtasida unchalik katta farq bo‘lmagan. 99 Bugungi kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog‘atga yetish, ular ning bundan 70—100 yil oldingi tengdoshlariga qara ganda 2 yil erta ro‘y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22—25 yoshga va undan keyinga surilib ketyapti. Yoshlaming jinsiy balog‘atga yetishishi va ularning to l a iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o‘rtasida kamida 5 yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qol- moqda. Bu holat, oldingi avlodlarda kuzatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bogliq ravishda ro‘y berishi mumkin bolgan noxushliklaming yuzaga ke lishiga sabab bolishi mumkin. Keltirib olilgan ushbu nikoholdi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bolgan omillardan yana biri — oilaning yuzaga ke lishiga asos bolgan nikoh qurish motivlari va ularning o ‘ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar ana shu xususda boradi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling