X I b o b
OITS (SP ID ) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan
kasalliklarning ijtimoiy psixologik muammolari
va ularning yechimi
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar hozir o‘ta jid-
diy ijtimoiy va psixologik muammolardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Bunday kasalliklar o‘z ijtimoiy mohiyatiga
ko‘ra muayyan
bir mamlakatda keng tarqalgach, shu
mamlakat aholisi sog‘lig‘iga yetkazadigan zarari, ular
ning asoratlarini yo'qotishga ketadigan kuch va
mablag‘lar, jamiyatga yetadigan m a’naviy zararlar va
uning eng ashaddiy oqibatlaridan biri —
yangi avlodni
dunyoga keltiradigan jarayonlarga salbiy ta ’siri bilan
o ‘lchanadi.
Tanosil kasalliklarining ijtimoiy muammolar turku-
miga mansubligini va bu kasalliklarning tarqalish
sabablarini ко‘rib chiqish, ularga yechim
topishni oson-
lashtiradi. Bu borada bir qator fikrlami aytib o ‘tish
maqsadga muvofiqdir. Bunda bir-biri bilan bog‘Uq bir
qancha sa-bablami ko‘rsatish joizdir. Bunday sabablam-
ing ahamiyatga eng moliklaridan biri
demografik
o‘zgarishlar bo‘lib, bunda ahoU sonining ortishi,
jinsiy
moyillikning erta yuzaga kelishi, bolalarning, yoshlar-
ning ko‘payishi va ular o‘rtasida jinsiy ta ’lim-tarbiya-
ning sust qo‘yilganligidir.
Yana bir muhim sabab xulq
va axloqdagi o ‘zgarishlar hisoblanadi.
Bunga m e’yordagi jinsiy talab va shartlaming susa-
yishi, taqiqlarning kamayishi, er-xotin o ‘rtasidagi o ‘zaro
ishonchning buzilishi, jinsiy munosabatda
ayollar ustun-
liklarining oshishi kiradi. Jinsiy tarbiyaning to‘g‘ri va
oqilona yo‘lga qo‘yilmaganligi ham muhim sabablar-
dan biri hisoblanadi. Bunda ota-onalarning bolalarga
ta ’sirining susayishi, jinsiy aloqa to ‘g‘risidagi
tushun-
chalarning o ‘zgarishi, yoshlar o ‘rtasida alkogolizm,
narkomaniya, fohishabozlikning avj olishi, oilalaming
ajralishi
va yuqorida bayon etilganidek, onalaming bir
212