Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Nikohdan tashqari munosabatlarning kelib
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Nikohdan tashqari munosabatlarning kelib
chiqish sabablari Keyingi yillarda nikohdan tashqari jinsiy munosabat larning birmuncha ko‘payganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun uni keltirib chiqaradigan asosiy sabab va omillar ustida qisqacha to ‘xtalib o ‘tishga harakat qilamiz. Chunki har bir ko‘ngilsiz oqibatni bartaraf etish, uning oldini olish aw alo uni keltirib chiqaradigan sababni bilishga bog'liqdir. Sabablar esa quyidagilardan iborat. 208 1. Turmush o ‘rtog‘i bilan jinsiy hayotdan qoniqmaslik: ■ ehtiyojlarning mos kelmasligi; ■ bilim, ko‘nikma va malakalar orasida katta ta fovut mavjudligi; ■ turmush o ‘rtog‘ining kasalligi, erkakdagi jinsiy ojizlik, ayollarda uchraydigan frigidlik — jinsiy sovuqlik va hokazolar. 2. Turmush o ‘rtog‘iga nisbatan muhabbat hislari (sim- patiya yoki umuman, qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan bo‘ladigan ijobiy hislar) ning yo‘qligi; ■ majburan turmush qurish (turmushga chiqish yoki uylanish); ■ moddiy qiziqish, boylikka uchib oila qurish; ■ sovchilar orqali shoshilinch oila qurish. 3. Turmush o ‘rtog‘idan to‘yinish. Bu hoi turmush qurgandan so‘ng 2—3 yil o ‘tgach ortadi. Ko‘pincha bu turmush o‘rtog‘ming jinsiy hayotga ijodiy yon- doshmasligi asosida yanada kuchayishi mumkin. 4. 0 ‘zga ayol yoki o‘zga erkakni sevib qolish natijasida. 5. Moddiy, iqtisodiy, ish yuzasidan tobeligi asosida sodir bo‘ladigan xiyonat (masalan, kotibalar o ‘z boshliqlari bilan, yosh artistlar aktyorlar rejissyor- postanovkachi, badiiy rahbar bilan, aspirantlar ilmiy rahbarlari bilan). 6. Ilgarigi do'stlari bilan bo‘ladigan xiyonat. 7. Spirtli ichimliklar ta’sirida ro‘y beradigan xiyonat. 8. Begona bilan aloqa qanday boMishiga qiziqish nati jasida ro‘y beradigan xiyonat. 9. Bir-biriga achinish natijasida ro'y beradigan xiyonat. Bunday hollarda erkak kishi hayotidan, oilasidan, xotinidan nolib o‘zini bevafo xotinning va baxtsiz taqdirning qurboni qilib ko‘rsatadi va o'zga ayolda o ‘ziga nisbatan achinish hislarini paydo qiladi. Shunda ayol erkakka achinsa, rahm qilsa, erkak il- timos qilsa xiyonatga osongina qo'l uradi. 10.0 ‘zining kimligini o ‘zgalarga ko‘z-ko‘z qilish, ko’rsatib qo‘yish tufayli ro‘y beradigan xiyonat. Bunda shaxs do‘stlari orasida obro' — orttirishni maqsad qilib qo‘yadi va ko‘zlagan kishisini o ‘ziga jazman qilib oladi. Bunday kishi uchun jazmanning estetik tomonlari emas, balki ularning soni muhim hisoblanadi. Ba’zi shaxslar hatto maxsus bloknot 209 tutib, qancha jazman bilafv birga bo‘lganini ham hisobga olib borishadi. 11. Oiladagi psixologik kelishmovchilik oqibatida er yo ki xotin bir-biridan soviy boshlaydi. Shunda ulardan biri yoki ikkalasi ham xiyonat yo‘liga kiradi. 12. Erning xotiniga yoki ayolning eriga jahl qilishi, alamini olish maqsadida o ‘zga odam bilan birga bo'lishi. Bu mazmunan psixologik kelishmovchilik- larning bir ko‘rinishi bo‘lsa-da, keltirib chiqargan sabablari bo'yicha tubdan farq qiladi 13. 0 ‘ziga xos axloqiy qarashlar asosida yuzaga ke- ladigan xiyonat. Oilada o ‘zini nihoyatda erkin tutish va xohlagan vaqtda xohlagan odami bilan jinsiy aloqada bo ‘lish va bu ishga tabiiy hoi sifatida qarash. Bu qarashlar ko'pincha yoshlik- dan, yaqin kishilari ta ’sirida shakllanadi va oila qurgandan keyin ham uning xulq-atvoriga o'zining ta ’sirini ko'rsataveradi. Bu ko‘proq erkaklarda uchraydi. Shahar sharoitida esa ayollar o'rtasida yetarlicha kuzatiladi. Buning ikki xil: yashirin va oshkor ko‘rinishlari mavjud. 14. Er yoki xotindan birining uzoq muddat oiladan chetda yashashi, ularning birga bo'lmasliklari, har- biy xizmatda, uzoq joylarda komandirovkada bo'lishi, qamoqda bo'lishi va boshqalar. 15. Yoshlikdagi muhabbat hislari asosida. 16. Farzand ko'rish maqsadida ( agar er yoki xotindan biri shunday xususiyatdan mahrum bo'lsa). 17. Bo'sh vaqtini «yaxshi kayflyat» bilan o'tkazish istagi asosida. 18. M a’lum sirning ochilishdan qo'rqib, sirni ochishi mumkin bo'lgan shaxs bilan majburan birga bo'lish va boshqalar. Xiyonatni oson yuzaga keltiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: 1. Demografik omil. M a’lum joylarda jinslar orasidagi muvozanatning keskin farq qilishi, ya’ni «kuyovlar shahri» yoki «kelinlar shahari»ning mavjudligi. 2. Katta shaharlardagi anonim hayot kechirish (ayniqsa, boshqa shahar va qishloqlardan kelgan- lar uchun). 3. Alkogol va narkotik moddalar iste’mol qilish. 210 4. Jinsiy hayot masalalari va jins psixofiziologiyasi bo‘yicha savodsizlik yoki bilimlarning quyi saviyada ekanligi. 5. Keskin ifodalangan jinsiy disgarmoniya. 6. Uzoq vaqt ayriliqda yashash. Umuman olganda, xiyonat, vafosizlik qilish shaxsning m a’naviy pastligi, tarbiyasizligi, axloqiy buzuqligi natijasidir. 211 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling