Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Libido, ereksiya va friksiya bosqichlari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Libido, ereksiya va friksiya bosqichlari
Jinsiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bos- 
qichlar quyidagilardan iborat: libido — xohish-istak
hirsning yuzaga kelishi; ereksiya — qo‘zg‘alishning 
yuzaga kelishi; friksiya — jinsiy aloqa paytidagi harakat- 
lar, orgazm; refrakter bosqich. Bu bosqichlar jinsiy 
aloqaning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi uchun 
ularning ayol va erkaklarda o ‘ziga xos ifodalanishi, 
xususiyatlari ustida to ‘xtalib o ‘tamiz.
Libido qarama-qarshi jinsga bo‘lgan intilish, m a’lum 
shaxs bilan jinsiy yaqinlik qilish istagi erkaklarda ayol- 
larga nisbatan osonroq, tezroq yuzaga keladi.
Libidoning ayollarda birmuncha kech paydo bo‘lishi 
his-hayajonning sust 
yuzaga chiqishi erkaklarga nis­
batan birmuncha kuchsiz va davomliroq bo‘ladi, bunga 
ularning hissiyotiga psixologik komponentning fiziologik 
komponentga nisbatan ustunligi sabab bo‘ladi.
Ereksiya bosqichi — qo‘zg‘alishning yuzaga kelishidan 
boshlanib, jinsiy aloqaga tayyorlangunga qadar bo'igan 
vaqtni o ‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy organ- 
larida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi; qin namlanadi, 
klitor (jinsiy organlarning qon bilan ta ’minlanishining 
kuchayishi hisobiga), katta va kichik uyatli lablar katta- 
lashadi, sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy a’zo bezlarining 
ishi zo'rayadi, tana qiziydi, ba’zan ten shilliq qavati qizaradi va 
boshqa shunga o‘xshash holatlar paydo bo‘ladi.
Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon kelishi 
ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning qon bilan 
ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3—4 barobar katta- 
lashadi va nihoyatda taranglashadi. Olatning bunday 
kattalashishi, uning qon bilan ta ’minlanishiga, aniqrog'i 
qon tomirlarining qayerda joylashishiga bog'liq bo'la-
201


di. Barcha organlarda arteriya chuqurroq, vena yuzaroq 
joylashgan bo‘lsa, olatda buning aksi bo‘ladi. Arteriya 
yuzaroq joylashgan bo‘lib, venaning chuqurroq joy- 
lashishi natijasida g‘ovaksimon tanachalar qonga to£lib, 
venani qisib qo£yadi va shuning hisobiga qonning ve- 
nadan yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a ’zoni yana 
shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib, n i­
hoyatda taranglashishiga olib keladi. Ereksiya bosqichi- 
da libido juda ham kuchayadi.
Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan qisqa 
vaqtni tashkil etadi, chunki ular birmuncha tez va oson 
qo‘zg‘aladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki ishqala- 
nishining o‘zidayoq beixtiyor ereksiya holati yuzaga 
keladi. Ba’zan m a’lum birorta ayolni ko‘rgandayoq, 
jinsiy aloqa istagini o ‘ylash yoki biror tanish, yoqimli 
hidning sezilishi ham ereksiya paydo qilishi mumkin.
Ayollarning aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi, 
erkaklarga o£xshab, beixtiyor erkak kishini ko‘rgandayoq 
yuzaga kelavermaydi, chunki ularda psixologik kompo- 
nentning ustunligi ereksiyaga ham o ‘z ta ’sirini ko‘rsatadi.
Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi, erkakning shirin 
gapirishiga, silab-siypashiga, joyning bexavotir bo‘lishi- 
ga, erkakning bo£salar olib, erogen zonalarni silashiga, 
badanning va o £rinning tozaligi va 
xushbo£yligi kabi 
boshqa ko£pgina sabablarga bog£liq bo£ladi. Bu albatta
erkak kishiga ham taalluqlidir, lekin ayol uchun bu hal 
qiluvchi ahamiyatga ega.
Ereksiya bosqichida hirs qo£zg£alishi bilan erkaklar 
ayollardan farq qiladilar, ya’ni erkak kishi iloji boricha 
hirsini tezroq qondirishga harakat qiladi, ayol kishi esa 
bu vaqtni mumkin qadar cho£zadi, jinsiy aloqani bosh- 
lashga shoshilmaydi, chunki ayollar bu vaqt qanchalik 
cho£zilsa, shuncha ko£p lazzatlanadilar.
Buni yigitlar yaxshi bilishlari va jinsiy aloqada hisob- 
ga olishlari kerak. Ayolda ereksiya bosqichi to ‘liq 
o £tmaguncha, qo£zg£alish intihosiga yetmaguncha erkak 
kishi jinsiy aloqani boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya 
to £la bo'lmasa, qin hali namlanmagan bo‘lsa, bu har xil 
og£riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayolda ereksiya 
toliqligini va jinsiy aloqaga juda moyilligini ayol kishi- 
ning xatti-harakatidan bilib olsa bo£ladi.
Friksiya — kopulyatsiya (friksion harakatlar) bos-
202


qichi olatning qinga kirishi va friksion harakatlarning 
boshlanishidan to orgazm — nihoyatda lazzatlanish 
yuzaga kelgungacha bo‘lgan vaqtni o ‘z ichiga oladi. 
Friksion harakatlar odatda 1,5—2 minutdan 6 minut- 
gacha davom etadi va asosan 
orgazm bilan tugaydi. 
Agar erkak m e’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib 
yursa, orgazmni 1,5—2 minutdan oldin sezsa, bu jinsiy 
zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda qo‘zg‘alish va 
ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda friksion harakatlar 6— 
10 minut davom etishiga qaramay, orgazm yuzaga kel- 
masa, buni jinsiy sovuqlik, frigidlik deb hisoblash kerak. 
Bunda ayolning bo‘yida bo‘lib qolishdan qo‘rqayotgan- 
ligini, qayerda va qay sharoitda jinsiy aloqa qilinayot- 
ganligini va boshqa sabablami, albatta, hisobga olish 
zarur. Shuningdek, jinsiy hayotni endi boshlagan va hali 
orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan ayollar bun­
dan mustasno. Shuning uchun ham yuqorida aytib o ‘til- 
ganlar barcha ayollarga taalluqli emas.
Friksion harakatlarni ko‘pchilik faqat erkaklar 
funksiyasi sifatida tasaw ur etadilar, vaholanki, bunday 
harakatlar ayollar tom onidan ham bo ‘Isa orgazmga 
yetishish osonlashadi, ta’siri ortadi. Jinsiy aloqani emot­
sional idrok qilish erkakda ham, ayolda ham nihoyat­
da kuchayishiga olib keladi. Friksion harakatlar to ‘g‘ri, 
spiralsimon va aylanasimon bo‘lishi mumkin.
Umuman qinning torligi, friksion harakatlarning har 
xil bo‘lishi, tezligi va erogen zonalarni silab — siypash 
orgazmni tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol 
kishining mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol 
kishi jufti bilan bir vaqtda lazzat oladi va butun vujudi 
erib, butun vujudi bilan o'zini baxsh etadi. Hatto jin­
siy aloqa tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish 
hosil qilib, yengil tortadi.
Orgazm
Ilmiy dalillarga ko‘ra, oilaviy hayotning dastlabki 
uch oyida ayollaming 22, birinchi yilning oxiriga kelib 
42,5, yil davomida — 72, o ‘n yil yashaganda 89 foizi 
orgazmni his etadi. Ba’zi ayollar tug‘ma frigid, ya’ni 
tug‘ma jinsiy sovuq bo‘ladilar. Bunday ayollar orgazm­
ni his eta olmaydilar Frigidlik ko‘p hollarda jinsiy alo-
203


qaga va oilaviy hayotga, bola ko‘rishga mutlaqo ta ’sir 
qilmaydi. Biroq er-xotin o‘rtasidagi janjallarga sabab 
bo'lishi mumkin, chunki erkak tez-tez jinsiy aloqa qilib 
turishni istasa, orgazm nimaligini tushunmaydigan ayol 
jinsiy aloqaga birmuncha befarq qaraydi va ko‘pincha 
ko‘nmaydi. Bu o ‘z navbatida er-xotin o ‘rtasiga sovuq- 
lik solishi mumkin. Ba’zi ayollar o ‘zlarining frigidlik- 
larini tan olmasdan, erlarini qondirolmashkda ayblasha- 
di. Bunday noto'g'ri fikr ba’zi (maxsus adabiyotlardan 
ko'p o'qib, orgazm his etishni nihoyatda istagan) ayol- 
laming o'zga erkak bilan jinsiy aloqa qilib ko'rishga, 
eriga hiyonat qilishiga sabab bo'lishi, oilaning buzilib 
ketishiga olib kelishi mumkin.
Lekin ko‘pincha uzoq yillar sistemali jinsiy hayot 
kechirib yurishiga qaramay, bir necha yildan so‘ng ham 
ayol orgazmni his etmaydigan bo‘Isa, endi bu erkakning 
o ‘ta savodsizligi bo'ladi. Erkaklar iloji boricha tezroq 
hirslarini qondirishga ко‘p harakat qiladilar, ayolni jinsiy 
aloqaga yetarlicha tayyorlamasdan turib harakatga 
kirishadilar. Bunday erkaklar faqat o'zlarini o‘ylashadi, 
xolos. Bu albatta, yaxshi emas. Ayol esa endigina 
qo‘zg‘alganicha qolib ketaveradi. Bunday ahvol doimiy 
ravishda davom etaveradigan bo ‘lsa, ayolda nevrozlar 
kelib chiqishi yoki yuqorida aytganimizdek, eriga xiyonat 
qilishi mumkin. Shu sababli, ko'pgina seksopatologlar 
iborasi bilan aytganda, frigid ayollar sonini sun’iy ravish­
da oshiradiganlar jinsiy savodsiz, o ‘ta xudbin erkaklardir.
Ba’zi erkaklar ayol rozi bo'lgandan keyin, u ham rohat 
qiladida, deb o'ylaydilar. Ayol organizmining o'ziga xosli- 
gi ularni mutlaqo qiziqtirmaydi, bu haqda o'ylab ham 
ko'rishmaydi. Shu bois ayol erining og‘ushida bo'lganida 
eng lazzatli his-tuyg‘ulardan mahrum bo'ladi.
Erkaklarning deyarli hammasida orgazm bo'ladi, 
ular uchun ayollar kabi m a’lum vaqt muddat va max­
sus tayyorgarlik shart bo'lmaydi. Orgazm jinsiga (ayol­
lar va erkaklar organizmi), joyiga ko'ra (klitor, qin), 
turiga ko'ra (bir marta, ko'p marta, qisqa muddath, 
uzoq muddatli, to'lqinsimon), jadalligiga ko'ra (kuchli, 
o'rtacha, kuchsiz), bosqichlariga ko'ra (I bosqich, II 
bosqich, III bosqich), ekspressivligiga ko'ra (kuchsiz, 
o'rtacha, kuchli) bo'lishi mumkin.
Quyida orgazmni batafsil ko'rib chiqamiz.
204


Jinsiga ko‘ra ayollar orgazmi va erkaklar orgazmi 
mavjud. Bunday bo‘linish va ularning alohida ko‘rib 
chiqilishi bejiz emas, chunki erkak va ayollarda orgazm 
birm uncha farq qilib, o ‘ziga xos xususiyatlar bilan 
kechadi. Ayollar orgazmi uch bosqichdan iboratdir:
1-bosqichda ayol qornining quyi qismida «vaznsiz- 
lik» tuyg‘ulari paydo bo‘lib, bu tuyg‘ular klitorga va 
jinsiy organning boshqa qismlariga tarqaladi.
2-bosqichda ayol jinsiy organlarida yoqimli va ha- 
yotbaxsh issiqlik his etadi va bu issiqlik butun badanga 
tarqaladi. Bu bosqichning oxirida o ‘ziga xos turtki his 
etiladi va bu turtkidan so‘ng jinsiy organlar hamda 
atrofdagi organlarda ixtiyorsiz ravishda muskullarning 
qisqarishi boshlanadi. Bu hislami tug'ruqni boshidan 
kechirgan ayollar tug‘ruqdan oldingi to ‘lg‘oqqa o‘x- 
shatadilar.
3-bosqichda yuzaga kelgan issiqlik qin, bachadon, 
dumba muskullarining kuchli va ritmik qisqarishi bilan 
almashinadi. Bunday ritmik qisqarish, meditsina tilida 
aytganda, toz pulsasiyasi deyiladi. Bu bosqichda ayol 
hayotida biror his-tuyg‘u bilan solishtirish qiyin bo‘lgan 
eng kuchli va lazzatli organik hislami sezadi. Orgazm 
o ‘z kulminatsion nuqtasiga yetadi.
Toz pulsatsiyasining soniga (bitta orgazmdagi) qarab 
ayollar orgazmining intensivlik darajasini, kuchini 
aniqlash mumkin.
Toz pulsatsiyasi 3—5 gacha yetsa, intensiv bo‘lma- 
gan, kuchsiz orgazm hisoblanadi. 5—8 gacha 
yetsa, 
o ‘rtacha intensivlikka ega bo‘lgan normal orgazmga ki­
radi, agar toz pulsatsiyasining soni 8—12 gacha yetsa, 
intensiv orgazm hisoblanadi, agar undan ortiq bo‘lsa, 
nihoyatda intensiv orgazm hisoblanadi.
Yuqoridagi raqamlarga asosan (agar xulosa epizodlik 
aloqalardan olingan bo‘lsa), konkret ayolning bir yoki 
ikki m arotaba jinsiy aloqada boTishi va shundagi 
ko‘rsatkichlariga asosan uning jinsiy imkoniyatlarini 
yoki bu ayolga xos orgazmni aniqlash ko‘pgina xato 
xulosalarga olib kelishi mumkin. Chunki bitta ayolning 
o ‘zi m a’lum kishi bilan m a’lum sharoitda intensiv 
orgazmni his etsa, o‘zga kishi bilan orgazmi kuchsiz

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling