Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet5/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

Kuzatish metodi. Ontogenez psixologiyasida bu metodning ob’yektiv (tashqi) va sub’yektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’yekt tanlanadi; 3) sina-luvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon va boshqalar) taxt qilinadi.
18
Kuzatish orqali turli yeshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixologikkechinmalar, yuksakhissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emosional kechinmasi-ning o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyat-lari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuv-chidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki introver-tivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’yektga yo‘nalti-rilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siritaberilmaslikni, chehradaga tashvish va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o‘zgarishni anikdash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki o‘rta, maxsus O‘rta va oliy ta’lim tizimidagi yuqori malakali mohir o‘qituvchi o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zidagi emosional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi za kechishi haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini
19
sezadi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyan-dalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali katta emas, lekin hozirgi zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’yekti va subyekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgai narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi, Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil bog‘langan savollar beriladi:

  • Xotiradeb nimani aytiladi?

  • Xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni esda qoldirish, mustahkamlash hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir.

  • Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  • Xotiraning nerv fiziologik asoslari bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida muvaqqat nerv-bog‘lanishlarining hosil bo‘lishi, mustahkamlanishi va keyinchalik faollashuvidir.

  • Xotiraning samaradorligi nimalarga bog‘liq?

— Esda olib qolishda harakatning tugallanmaganligiga,
shaxsning qiziqishi va mayllariga, faoliyatga munosabati, kayfiyati
va irodaviy zo‘r berishiga, xarakterologik sifatlariga bog‘liq.
— Xotiraning qanday turlari mavjud?
20
— Harakat, obrazli, so‘z-mantiq, emosional, qisqa va uzoq
muddatli, operativ, ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv, reproduktiv,
faol va sust xotira turlari bor.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo‘lishi shart. Biroq mashg‘ulot sinshtuvchilarni toliqtirib qo‘ymasligi, ularning yoshiga, saviyasiga, mutaxassisligiga mutlaqo mos bo‘lishi zarur.
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o‘z ko‘lami, mohiyati, mazmuni, shakli, xususiyati, sur’ati, mavzusi, ob’yektga yo‘nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi. Suhbatning yana bir turiga misol:

  • Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?

  • Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.

  • Nechuk, qanday shamol uchirdi?

  • Ko‘zimdan o‘taverding, o‘taverding, keyin yo‘lga otlandim.

  • Qiynalmasdan yetib keddingizmi?

  • Aytarli qiynalmadim. Avval avtobusga, so‘ng tramvayga o‘tirdim, lekin metroga tushgim kelmadi.

Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling