Psixologiyasi
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
2.3. Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish
2.3.1. Komil insonning psixologik tuzilmasi Jahon psixologiyasi fanida shaxs muammosi yuzasidan ko‘plab nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar, qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, komil inson kamoloti, o‘ziga xosligi bo‘yicha hanuzgacha umumiy bir fikrga, to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Xuddi shu bois, insonshunoslik fanlari (sohalari)da shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar qo‘llanilishi an’ana tusiga kirgan, chunonchi, shaxs, inson, odam, kishi, sub’yekt, individ, idividuallik, komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipik va tipologik xususiyatlar shular jumlasydandir. Psixologiya fanida munosabatlar nuqtai nazaridan "sub’yekt — ob’yekt — sub’yektlararo", "sub’yekt — sub'ьyekt — ob’yektlararo" singari sxematik yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularning barcha tabiiy — biologik va ijtimoiy (sosial) shartlanganlik manbalaridan kelib chiqqan holda tahlil hamda talqin qilishga asoslangandir. 4-8 Shaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual psixologiya, neofreydizm, begonalashish nazariyasi, rollar nazariyasi, gumanistik psixologiya, epigenetik nazariya, frustrasiya nazariyasi, ekzistensial psixologiya, tushunuv psixologiyasi, fransuz sosio-logik maktabi, sobiq sovet psixologlarining har xil nazariyalari mavjuddir. Uzoq va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qatiy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiq qilingan. Shuning uchun biz shaxsan o‘zimiz taklif qilayotgan sxema bo‘yicha mulohaza yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularni quyidagi davrlarga bo‘lib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam (individ), inson, shaxs, sub’yekt, komil inson. Shaxsning kamoloti murtaklik davridan boshlanishi to‘g‘risida asosli fikrlar AVallon, D.Bromley tadqiqotlarida ayrim psixologlar va psixofiziologlarning maqolalarida uchraydi, xolos. Shu narsani ta’kidlab o‘gish joizki, murtaklik davrining o‘zyua xos xususiyatlarini aks ettirish imkoniyati muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki tabiatshunoslar, biologlar, fiziologlar tomonidan tavsiflab berilganligi, tibbiyot mutaxassislarining esa bu borada o‘zlariningqarashlari, yondashuvlari shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos bo‘lib xizmat kila oladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling