Psixologiyasi
Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
3.3. Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari Go‘dak va muloqot
Go‘dakning hayotiy faoliyati va taqsiri uni qurshagan, parvarish-laydigan katta yoshdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixo-logik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi o‘rnini uzluksiz o‘zgartirishi, almashtirishi natijasida unda ko‘rish, eshitish, teri-tuyush, haroratni sezish, ta’m bilish kabi sezgilar rivojlanadi (takomillashadi). Kattalar tomonidan go‘dak uchun yaratilgan ob’yektiv va sub’yektiv shart-sharoitlar uning o‘sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o‘taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go‘dakning psixik dunyosiga singdiradilar. Shiqildoqlar shakli, rangi har xil o‘yinchoqlar va hokazolarni bolaning dikqatiga havola qilish unda jismlar to‘g‘risida tasavvur obrazlarini yaratadi, go‘dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. O‘zaro muloqot jarayonida, jismlarni ushlashga o‘rgatish, mashqlar natijasida go‘dak "tanish" jismlarga talpinadigan, ularga qo‘l cho‘zadigan bo‘la boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug‘iladi. Ta’sir o‘tkazishning keyingi murakkabroq bosqichida bola kattalar yordami bilan o‘tirish, o‘rinda dumalash, tik turish, ovqatlanish qurollaridan to‘g‘ri foydalanishni, uzluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni o‘rganadi. Shuning uchun aks ettirish qaysi bosqichdaligidan qat’i nazar, bevosita yo‘l bilan amalga oshadi. Umuman, go‘daklik dav- riningdastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jismlar to‘g‘risidagi ma’lu- motlar, tasavvurlar, timsollar va hoka- zolar bolaning kattalar bilan hamkor- likdagi faoliyati mahsuli sifatida ma’naviy boylikka aylanib, uningbosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i ostida o‘z izlarini qoldiradi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida go‘daqda bilim va tajribalarni egallash, uquv, ko‘- nikma va malakalarni mustaqil o‘zlash- tirish imkoni bo‘lmaydi. Go‘daklik davrining xususiyatlarini o‘rgangan L.S.Vigotskiy "Go‘daklik davri" nomli asarida bolaning voqelikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek tuyulishini, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzot deyish mumkinligini uqtirdi. D.B.Elkoninning fikricha, katta yoshdagi odamlar go‘dakni qurshagan voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har qanday ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq muammolar uchun tayanch nuqtasi vazifasini bajaradilar. Go‘dak tabiiy-biologik jihatdan onadan ajralgan bo‘lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy bog‘liqligicha qoladi. Go‘dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, YeAArkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinaning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida go‘dakka chiroyli va jozibador o‘yinchokdar 9 sm masofadan ko‘rsatilganda u bugun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo‘lganida bolaning intilishi, qo‘l cho‘zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 100 sm dan ko‘rsatilganda bolada intilishi, cho‘zilishi, ixtiyorsiz harakati muglaqo so‘ngan. U o‘yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalar go‘dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go‘dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning 88 nigohini o‘ziga tortib, maftun qilib, qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo‘ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda, go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaningtikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go‘dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to‘plab turishi to‘rt marotaba ortgani aniqlangan. Bizningcha, go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda, odamgadiqqatini barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas, balki ular bilan aloqaga kirishganda sust reseptor o‘rnini faolroqreseptor egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tasavvurning boyishidajismlarni idrok kilishdagi farqlashningtakomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi, mashqlar natijasida jismlarning alomat va belgilarini farqlash uquvi paydo bo‘ladi. Fransuz psixologi Anri Vallon go‘daksa ijtimoiy ta’sirlanish ortib borishini atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning ta’kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa odamlardan farqli ravishda javob reaksiyasi (ta’siri) o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilarning imo-ishorasiz ta’siriga javob berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi, yetti 89 oyligida esa aynan shu reaksiya 20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti-sakkiz oyliqda boshqa kishilarga talpinish, tabassum qilish birinchi yarim yillikdagidan to‘rt marta ko‘pdir. M.Yu.Kistyakovskaya bir yoshgacha bolalarda kattalar bilan muloqotga kirishishning murakkablashib borishini o‘rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun eng zarur materiallar to‘plagan va ularni atroflicha izohlagan. Olimaning fikricha, 3 oylikdan 6 oylikkacha bolada katga yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lish vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay biladi. M.Yu.Kistyakovskayaning ma’lumotiga ko‘ra, 3—4 oylik go‘dak unga yuzlangan, erkalatgan, muloqotga kirishgan har qanday odamga tabassum qiladi yoki erkalanadi, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, hatto, qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan, boqayotgan yaqin kishilarga bog‘lanib qolish sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasi yoki enagasini ko‘rsayoq qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to‘lganida atrofidagi yaqin kishilar qatori qarindosh-urug‘lariga, hatto, qo‘ni-qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib), ko‘nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi. O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘yinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yakinlashgan sari katgalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari, unda asta-sekin ularning faoliyatida ishtirok etish tuyg‘usi, istagi paydo bo‘ladi, keyinchalik ularga ko‘mak berish ishtiyog‘i tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lumki, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Tadqiqotchilardan NL.Figurin va M.P Denisova go‘dakning bir yoshgacha davridagi psixik o‘sishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlaridan kelib chiqib bir yoshgacha kulgi inson chehrasi va tovushidan ta’sirlanish asosida vujudga kelishini ta’kidlaganlar. Bolaningboshini burib karashi, asosan, insonningtovushigajavob reaksiyasi tarzida namoyon bo‘lsa-da, u keyinchalik boshqa tovushlardan ta’sirlanishda ham ko‘rinadi. Bolada qo‘rquv hissi kishilarni tanish va notanishga, qarindosh va begonaga ajratish, niqobni farqlash jarayonida vujudga keladi. Shuninguchun ijtimoiy tajriba va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda, biror holatni yaqqol aks ettirishda go‘dak kat-talarga taqlid qiladi. Taqlidchanlik bolaning ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va uni faoliyatining yanada tako-millashuviga turtki bo‘ladi. 91 Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini umum-lashtirsak, qimmatli umumpsixologik fikrlarni muayyan tartibda, izchil joylashtirish mumkin bo‘ladi. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish qilayotgan kattalar o‘rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o‘rnatiladi. Ikkinchidan, go‘dak qatna-shadigan har qanday favquloddagi holat va muammoli vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go‘daklik davrining oxirida hamkorlikdagi o‘yin faoliyati individual o‘yin faoliyatiga aylanadi. Shunday qilib, go‘daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug‘iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o‘ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo‘lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdaga inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o‘z yechimini nutq orqali muloqot davrida topadi va bola o‘sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tayotganini ifodalaydi. Go‘dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, ko‘lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi, go‘dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go‘dakning o‘sishini ta’minlovchi ob’yektiv va sub’yektiv sharoitlar yaratilishi — bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo‘ladi. L.I.Bojovich olib borgan tadqiqotning natijasi tug‘ilish davriga kelganda bolaning miya po‘stlog‘i faoliyat ko‘rsata boshlasa-da, aslida u na anatomik va na funksional jihatdan rivojlangan bo‘lishini ko‘rsatdi. Vaholanki, uning psixik dunyosida vujudga keladigan ehtiyojlarning kuchi, davomiyligi, barqarorligi ana shu rivojlanishga bog‘liqsir. Shunday ekan, organlarning rivojlanishi go‘dakningfunksional holatiga aloqadorligi sababli bosh miyaning rivojlanishi ham unga yangi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sir qilishiga va bu ta’sirning bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida faoliyat uyg‘otishiga bog‘liqdir. Bosh miya markazlari esa jadallashgan oriyentirovka faoliyatining kuchliligi tufayli funksional jihatdan rivojlanadi. Mohir tadqiqotchi N.M.Askarinning fikricha, katta yoshdagi odamning tabassumi yoki yoqimli ovozidan boshqa hech qanday qo‘zg‘atuvchi go‘dakda shunchalik quvonch va shodlik his-tuyg‘usini vujudga keltira olmaydi. Shu sababli quvonch tuyg‘usini uyg‘otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar go‘dak bilan tez-tez muloqotda bo‘lishi, yoqimli ohangda, samimiy suhbatlashib turishi lozim. Harakatningpsixologikxususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o‘rgangan olimlardanD.B.Elkoninningishonch bilan ta’kidlashicha, 2—3 haftalik go‘dakda ko‘z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o‘z nigohini turli jismlarga qaratib turish 92 jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo‘lsa-da, muayyan ob’yektga to‘plana boshlaydi. 4— 5 haftalik go‘dakda 1—1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ikki oylik bola 2—4 metr uzoqliqdagi narsani kuzatishni o‘rganadi, u uch oyligida 4—7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6—10 haftalik go‘dak hatto, aylanayotgan narsalarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko‘z bilan turli funksional aloqalar o‘rnatishi qaror topadi. Go‘dak to‘rt oyligida uning jismga tikilishi va tomosha qilishi nisbatan barqaror bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo‘l harakati hali beixtiyor xususiyatga ega bo‘lib, jismlarni maqsadga muvofiq harakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go‘dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo‘lini yo‘naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namoyon bo‘la boshlaydi, 5—6 oyligida narsani ushlash va uni o‘ziga tortib olish (qo‘ldan yulib olish) ko‘nikmalari shakllanadi. Harakat va teri-tuyush organlari sifatida qo‘sh vazifani o‘tovchi ko‘rish qobiliyati bir maromda rivojlanishdan birmuncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda o‘tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish ko‘nikmalari shakllanadi. Yuqoridagi hollarning moddiy asosini o‘rgangan N.M.Shche-lovanov 2 oylik bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i o‘z funksiyasini boshlashini, bu hol barcha idrok qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko‘ruv apparatlarida shartli reflekslar paydo bo‘lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, eshitish, ko‘rishning yuksak analizatorlari, hattoki, ularning kortikal bo‘limlari rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotlaridan ko‘zning rivojlanishi 4 oylik go‘dakda ayrim harakatlarni va harakatlanuvchi ob’yektlarni kuzatish imkonini yaratadi, degan xulosa chiqaradi. Mazkur yosh davrida predmetning harakati ko‘z harakatini vujudga keltiradi. Uning rivojlanishi qo‘l bilan paypaslash harakati paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Go‘dakning harakati o‘z qo‘lini silash va ushlab ko‘rishdan boshlanib, choyshab va ko‘rpachalarni paypaslashga borib yetadi. Odatda, bola qo‘lini uzoq vaqt ko‘rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta’sirga javob sifatida paydo bo‘lgan psixik jarayonning 93 ** G „tm;'' **• '< g‘ **— ■ 1 ■» %Sh1 % Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling