Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet23/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

«0 ■£ %,

4 f ^ ^;- 1. ^ -V ^
mazmuni qo‘lning jism ketidan emas, balki jism bo‘ylab harakat qilishidan iboratdir.
D.B.Elkonin va V.S.Muxinaning fikricha, bolada 5 oyligidan jismlarni ushlash harakati boshlanadi: unda predmetni paypaslash uchun qo‘lini uzatish va uzatilgan qo‘llarini ko‘zdan kechirish yoki tekshirish vujudga keladi. Bunda ushlab olish sodir bo‘lmasa-da, ushlashga intilish bo‘ladi; vaholanki, go‘dakning qo‘l barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Go‘dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini yaqinlashtirib, shunday qulay holat yaratadiki, qo‘lining uchi jismga tegishi bilanoq uni ushlab oladi. Qo‘l bilan ushlashning vujudga kelishi ham go‘daklik davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki qo‘l bilan ushlash harakati, birinchidan, ko‘rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, mazkur psixologik holat birinchi yo‘naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishning o‘zi narsa bilan turli harakatlarni bajarish (manipulyasiya)ning eng qulay shartidir.
Ko‘pgina psixologlarning fikricha, olti oylik go‘dak yotgan joyidan turib o‘girishga harakat qiladi. Chunki bunda jismni tugib turgan qo‘lning harakatini kuzatish imkoni tug‘iladi, o‘tirganda qo‘l harakatlari bilan ko‘ruv idrok maydoni o‘zaro mutanosiblashadi. 7 oylikdan bolada narsani idrok qilish va ushlab olish harakati o‘rtasida uzviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o‘yinchoqni ko‘rishi bilanoq uni olish uchun qo‘lini cho‘zadi.
N.L.Figurin va M.P.Denisovaning fikricha, yarim yoshgacha davrida go‘dakda jismlarga takroriy intilishning paydo bo‘lishi harakatningrivojini yangi bosqichga ko‘taradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq o‘rganish maqsadida sinaluvchilarga har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizma kabi geometrik jismlarni ko‘rsatishgan. Har qaysi jism bolada faol oriyentir (chamalash, mo‘ljal) refleksini vujudga keltirgan: bola avval jismni ko‘zdan
94

kechirgan, keyin uni qo‘liga olgan, u bilan mashg‘ul bo‘lgan, so‘ngra unga uzoq termulgan qaytadan ushlab ko‘rgan, bir qo‘lidan boshqa qo‘liga bir necha marta olib o‘ynagan. Jism 15-25 daqiqa go‘dakning qo‘lida turgan, olingan va undan farqli yana bitta jism bilan qo‘shib, go‘dakning oddiga qo‘yilgan. Tajribada bola tanish jismga mutlaqo e’tibor qilmay, faqat "yangi"siga talpinavergan. Tadqiqotchilarningta’kidlashlaricha, "yangilik" alomati bolauchun muhim ahamiyat kasb etgani sababli unda oriyentir refleksi borgan sari faollashib borgan. Shuning uchun "yangi"lik alomatining qo‘zg‘atuvchilik xususiyati bolaning faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizmlarini tushunishga, idrok qilinayotgan narsalarga faol ko‘z yugurtirish va jism bilan turli harakatlarni bajarishning psixologik mohiyatini ochishga xizmat kdladi.
Keyinchalik, ya’ni go‘dak ikkita jismdan foydalanishi, ular bilan mashg‘ul bo‘lishi natijasida unda mazkur predmetlar bilan funksional harakatlarni amalga oshirish sodir bo‘ladi. Narsa bilan funksional harakatni amalga oshirishda, birinchidan, shu harakatlar predmet bilan munosabat o‘rnatishni talab qiladi, ikkinchidan, mazkur harakatdan foydalanish jarayonida go‘dakning qo‘l ishlari ko‘lami kengayadi.
R.Ya. Abramovich-Lextman go‘dakning bir yoshgacha davrida predmetlar bilan harakat qilishini o‘rganib, ularning oltita

rivojlanish bosqichidan iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) — 2 haftalikdan 4—5 haftalikkacha; b) sensor faollik - 1,5 oylikdan 2,5—3 oylikkacha; v) harakatoldi — 2,5—3 oylikdan 4—4,5 oylikkacha; g) sodda "sermahsul" harakat — 4 oyliqdan 7 oylikkacha; d) o‘zaro bog‘langan (uyg‘un) harakat — 7 oylikdan 10 oylikkacha; ye) funksional harakat — 10-11 oylikdan 12—13 oy-likkacha davom etadi. Muallif har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda ifodalagan.
Bir yoshgacha bolalarda ta’sirlanishning eng muhim jihatlari paydo bo‘lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurin va M.PDenisova tuzdilar. Buning uchun ular ta’sir-lanishning 34 ta ko‘rinishini tanlab: ta’sirlanish mavjud emasligi, ta’sirlanish namoyon bo‘lishi, uzil-kesil ta’sirlanish shakllanish boskichlariga psixologik tavsif berganlar.
Jismningxususiyatiga qarab bola harakatidagi o‘zgarishlarni M.Yu.Kistyakovskaya, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, V.S.Muxina, N.A.Menchinskaya va boshqalar, reseptor faoliyat mexanizmlarini I.P.Pavlov va uning shogirdlari F.R.Dunayevskiy kabilar o‘r-ganishgan. Ularning talqinicha, emaklash — go‘dakning fazoda mustaqil holda o‘rin almashtirishi, harakat qilishning dastlabki ko‘rinishidir. Mustaqil yurish - go‘dakning insonlarga xos yo‘sinda fazoda siljish, joyidan qo‘zg‘alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlarning yanga ko‘rinishidir.
Shunday qilib, go‘dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi va ular yordamida harakatlanishi narsalarning yangi xossa va xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan muno-sabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi.
Hayotining ikkinchi yarim yilida bolaning predmetlar bilan har xil harakatlarni amalga oshirishdagi ildamligi, oriyentirlash faoliyatining murakkablashuvi, fazoda o‘rin almashtirishining yangi shakllari vujudga kelishi uni katta yoshdagi odamlarga bevosita bog‘lab ko‘yadi.
Go‘dak o‘sishining murakkabligi uning xilma-xil faoliyati bilan o‘zaro bog‘langandir. Shuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go‘dakning ehtiyojlarini to‘la qondirishga harakat qilishlari kerak. Shundagina ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiqta’sir etishi uning bosh miya katta yarim sharlari ggo‘stining faoliyatini takomillashtiradi.
96
Go‘dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq, o‘yin faoliyati uning hayotida muhim o‘rin egallaydi va unda ko‘rib va eshitib idrok qilish uquvini o‘stiradi, jismlarning rangi, shakli, katta-kichikligini ajrata olish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘yin faoliyati go‘dakning borliqni bilishida va uni aks ettirishida muhim rol uynaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling