Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet19/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

Siz xayrixohmisiz?
1. Kutubxonadan olingan kitoblarni topshirishdan biroz oddin ularning har biriga sinchkovlik bilan razm solaman, uqib olishga harakat qilaman.
71

  1. Kimdir tasodifan mushkul ahvolga tushib qolsa, menda shu insonga yordam berish to‘g‘risida hech qanday ikkilanish yuzaga kelmaydi.

  2. Men hamisha did bilan kiyinishimga e’tibor qilaman.

  3. Men uyda xontaxta atrofida ham o‘zimni oshxonada o‘tirganday his qilaman.

  4. Men hech qachon birovga nosamimiy, nazar pisand qilmay, yoqtirmay qaramaganman.

  5. Biror mashg‘ulot bilan shug‘ullanishdan voz kechgan hollarim bo‘lgan, biroq o‘sha lahzalarda o‘z kuch-quvvatimga, aqliy imko-niyatimga nisbatan ishonchim qariyb yo‘q edi.

  6. Ba’zan davramizda yo‘q, ishtirok etmagan odamlar to‘g‘risida g‘iybat qilishni yoqtiraman.

  7. Kim bo‘lishidan, hatto qanday lavozim egallashidan qat’i nazar suhbatdoshimning fikrini diqqat bilan tinglayman.

  8. Hayotimda shunday bir antiqa hodisa ro‘y bergan, men o‘shanda o‘zimni oqlash uchun yo‘qjoydagi sabab (vaj)ni to‘qiganman.




  1. Turmush tajribamda odamlarningnoshudligidan foydalanish holati uchraydi.

  2. Men hech ikkilanmay, doimo o‘z nuqsonlarimni ro‘y rost tan olaman.

  3. Ba’zan insonning qilgan aybini kechirish o‘rniga unga a’zob berib, tavbasiga tayantirgim keladi.

  4. Shunday hodisalar bo‘lib o‘tishiga yo‘l qo‘yganmanki, o‘shanda men o‘z fikrimni boshqalar so‘zsiz bajarishlari uchun tazyiq o‘tkazganman.

  5. Mendan odamlar homiylik qilishdan yoki yordam ko‘rsatishdan voz kechishni talab etsalar, odatda bu vaziyatda mevda ichki norozilik yuzaga kelmaydi.




  1. Mening xohishimga qarshi fikr bildirsalar, menda hech qachon ranjish, o‘kinch tuyg‘ulari yuzaga kelmaydi.

  2. Uzoq sayohatga otlanishdan oldin men doimo o‘zim bilan nimalarni olib ketish haqida puxta o‘ylayman.

  3. Men boshqalarning yutuqlariga havas qilgan onlarim juda ko‘p bo‘lgan.

  4. Menga iltimos bilan murojaat qilgan odamlar ba’zan meni ranjitishadi.

  5. Odamlarda ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lganida ular qilmishiga yarasha jazo oldilar, degan o‘yga tolaman.

72
20. Ko‘ngilsiz, yoqimsiz hodisa, holat va xabar yuzasidan hech qachon kulimsirab gapirgan emasman.
Katiy fikrimizga ko‘ra, mazkur test bo‘yicha to‘plangan miqdoriy natijalarni hisoblashning kaliti quyidagi ko‘rinishga ega.
Qo‘yilgan savollarga «Ha» deb javob qaytarish: 1, 2, 3, 4, 5, 8, 11, 14, 15, 16, 20.
Sinaluvchilar hukmiga havola qilingan savollarga «Yo‘q» deb javob qilish: 6, 7, 9, 10, 12, 13, 17, 18, 19.
Xayrixohlik shaxs sifati va xatti-harakat motivasiyasining yakuniy ko‘rsatkichi qo‘llanilish imkoni bo‘lgan barcha javoblar yig‘indisida yoki majmuasida o‘z ifodasini topadi. Bunda yakuniy ko‘rsatkich 0 dan 20 gacha bo‘lgan oraliqsa joylashishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, xayrixohlik motivasiyasi ham shunchalik yuksak darajani egallaydi. Xuddi shu bois, yakka shaxsning boshqa odamlar tomonidan unga xayrixohlik bildirish mezoni muomalaga nisbatan ehtiyoj bilan aloqador bo‘lganligi tufayli yuqoriroq ko‘rsatkichga erishishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling