Psixologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet17/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

2.3.2. Metodikanshg mohiyati
Barkamol (komil) insonni baholash testi biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bo‘lib, u yettita blokdan tashkil topgandir. Ma’lumki, har bir blok komil insonning muayyan fazilatlari va xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi hamda o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Yettita blokning beshtasi asosiy blok hisoblanib, ularning har qaysisi 10 tadan fazilat (xislat)ni qamragandir. Birinchi va yettinchi bloklar yordamchi deb nomlanib, o‘ziga xos murakkab tuzilishlarga ega bo‘lib, shaxsning individual xususiyatlari serqirraligani chukurroq yechish uchun yordam beradi. Bizning ushbu metodikamiz 1995 yildan beri amaliyotga tatbiq etib kelinadi, xuddi shu boisdan uning ishonchliligi, validligi va reprezen-tativligiga hech qanday shak-shubha yo‘q.
Quyida uning (metodikaning) ma’noviy funksional, shakliy tomonlarini yoritishga harakat qilamiz. Metodika mohiyatidan joy olgan har bir vaziyat "Kuchsiz", "O‘rtacha", "Kuchli", "O‘ta kuchli" shkalalarga asoslanib javob berilishiga mo‘ljallangandir. Umumiy tuzilishiga binoan berilgan tartibdagi vaziyat "1", "2", "3", "4" ballar bilan baholanadi hamda "3", "4", "5", "6" grafalar bilan belgilanadi. Bir davrning o‘zida ikkita vaziyatni belgilash kat’iyan man etiladi va varaqa buzilgan deb tan olinadi.
54
Asosiy bloklarda komil insonga mutanosib deb tavsiya qi-linayotgan fazilat (xislat) bor yoki yo‘qligi aniqlanishi bilan birga, uning ustuvorligi sinaluvchi tomonidan ta’kidllb o‘tilishi kutiladi. Bu bilan qaysi fazilatlar qo‘llab-quvvatlanishi va sinaluvchilar tomonidan yana qanday xislatlar mavjud bo‘lishi shartligi ta’kidlanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, birinchi blok vaziyat-lariga baho (ball) qo‘yilmaydi, shuning uchun u sinaluvchi to‘g‘risida ma’lumot olishga xizmat qiladi, xolos. Birinchi blok "Shaxs haqida umumiy ma’lumot" deb nomlanib, ishtirokchining familiyasi, ismi sharifi, jinsi, yoshi, ish va o‘qish joyi yuzasidan material to‘plashga imkon beradi.
Metodikaning ikkinchi bloki "Shaxsning ijtimoiy shartlangan xususiyatlari" deb atalib, o‘nta fazilatni o‘zida mujassamlashtiradi (iymon-e’tiqodlilik, sobitqadamlilik, hamiyatlilik, beg‘arazlik, haqgo‘ylik, kamtarlik, adolatlilik, insonparvarlik, fidoiylik, vatanparvarlik). Uchinchi blok "Shaxsning umumiy xususiyatlari" deb nomlanib, u quyidagi xislatlarni qamrab oladi: muloqotmandlik, tashabbuskorlik, harakatchanlik, zukkolik, sinchkovlik, mehnat-sevarlik, qat’iyatlilik, qulaylikka intiluvchanlik, mustaqillik, o‘zini boshqaruvchanlik. Metodikaning to‘rtinchi bloki "Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari"dan iborat bo‘lib, "O‘zga kishilarning psixologik xususiyatlari va holatlarini tez ilg‘ashga qobillik", "O‘zgalar ichki kechinmalari va hislarini o‘zinikiday qabul qilishga moyillik" singari o‘nta murakkab vaziyat hamda holatlarga nisbatan munosabatni xolisona bildirishga (aniklashga) qaratilgan shaxs uchun betakror xususiyatlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashga xizmat kiladi. Hatto uning tarkibiga "Shaxslararo muomalada shaxsiy pozisiyaga egalik", "Xulq, faoliyat va muomalada odoblilik" kabi o‘ziga xoslikni o‘zida mujassamlashtirishga yo‘naltirilgan holatlar mavjuddir. Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarining roli, ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadkiqot uchun qanchalar muhim ekanligani takrorlash ayni muddaodir.
Tahlil qilinayotgan metodikaning beshinchi bloki "Ijtimoiy ta’sir etuvchanlik"dan tashkil topgan bo‘lib, ijtimoiy voqelikka nisbatan shaxsning munosabatini o‘zida aks ettiradi. O‘zidan qo‘rinib turibdiki, ijtimoiy ta’sir etuvchanlik shaxsning faolligi, o‘zining "Men"ligini yuksak darajada his qilishni anglatib keladi. Xuddi shu bois, ushbu blok yordamida komillikning murakkab
55
ko‘rsatkichini yoritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Bu vosita orqali "Men"lik bilan "Biz"liko‘rtasidagi masofa, oraliqo‘ta qisqarganligini aniqlash borasida ma’lumot to‘plasa bo‘ladi. Mazkur blokning ba’zi bir tarkiblaridan namuna keltirish fikrimizni dalillashga yordam beradi. Chunonchi, "Boshqa e’tiqodli kishilarga, o‘ziga xos omillarga va mantiqiy dalillashga ta’sir o‘tkazishga topqirlik", "O‘zining hissiyoti va emosiyasi bilan o‘zgalarga ta’sir etishga uquvchanlik" yoki "Milliy g‘oya va milliy istiklol mafkurasiga sadoqatlilik" shular jumlasidandir.
Oltinchi blok "Tashkilotchilikka qobiliyatlilik" deb atalib, u o‘z tarkibiga o‘nta vaziyatni qamrab olgandir. Uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tashkilotchilik shaxsning muayyan qobiliyati sifatida polimodallik (ko‘p ko‘rinishlik) xususiyatiga ega. Shuning uchun uning turli xususiyatlari, tarkiblari, ko‘rinishlari, bosqichlari, shakllari yuzasidan muayyan darajada ma’lumot to‘plash muhim ahamiyat kasb etishiga hech qanday shak-shubha yo‘q. Ulardan ayrim namunalar keltirish tufayli ko‘zlagan maqsad sari siljishni ro‘yobga chiqarish mumkin. Jumladan, "Tashkilotchilikka nisbatan ehtiyoj sezishlik" (ichki omil), "Tashkilotchilik faoliyatini suiiste’mol qilmaslik" (tashqi omil) yoki "Tashkilotchilikda ijodiylik va aql-zakovatlilik" shular sirasiga kiradi. Unga nisbatan layoqatlilik, muvaqqatlilik yoki barqarorlik sifat-larining mavjudligi uning murakkab tarkiblardan tuzilganligidan dalolat beradi.
Va, nihoyat, metodikaning yana bir yordamchi bloki (yettinchi) boshqalardan farkdi o‘laroq "Tashkilotchilik qobiliyatining individual farqlari" mohiyatini ochishga bag‘ishlangandir. Ushbu blok quyidagi tarkiblardan iborat.
1. Tashkilotchilikka nisbatan qobiliyatlilik:
a) ko‘pgina faoliyat turlariga;
b) faqat yagona faoliyat turlariga.
2. Faoliyat ishtirokchilarining yosh davrlari bo‘yicha tash-
kilotchilik qobiliyatida tafovutchanlik:
a) o‘zidan katta yoshdagilarga;
b) o‘zining tengqurlariga.
3. Shaxslararo munosabatga mutanosiblik;
a) distansiya;
b) kontakt;
v) har ikkalasi ham.
56
4. Faoliyatini boshqarish uslubi bo‘yicha:
a) harakatli, davomiy;
v) faol, jonli;
g) sustkash, xotirjam.
5. Boshqaruv tipologiyasiga ko‘ra:
a) demokrativ;
b) liberal;
v)avtokrativ;
g) aralash.
Ko‘rinib turibdiki, mazkur blok shaxsning individual farqlari to‘g‘risida aniq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lib, haqiqatga yaqinlashish, adolatga nisbatan intilish, uni qaror toptirish uchun irodaviy zo‘r berishlik mezonlari orqali yetuklik (komillik) bosqichlariga erishganlik yuzasidan materiallar to‘plash mumkin.
To‘laligicha ushbu metodikadan foydalanish komillik mezonlariga nisbatan hozirgi zamon kishilari (odamlari) munosabatlari bo‘iicha amaliy natijalarni umumlashtirish, to‘plash imkoniyati yuzaga keladi. Bundan oldingi boblarda yuritilgan nazariy mulohazalar va mushohadalarga asoslangan holda o‘zlarining shaxsiy muno-sabatlarini bildirish, ishtirokchilarning komillik to‘grisidagi tasavvur darajalarini aniqlash hamda takomillashtirish imkoni mavjudligi bo‘yicha munosabatlarini tahlillash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, sinaluvchilar tomonidan to‘pla-nadigan maksimal ball "220", minimal "110", shuningdek, "55" ball, "165" ball miqsorlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, har qaysi blok va uning har bir vaziyatiga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida matematik statistika formula-laridan foydalangan holda ishonchlilik, validlik, reprezen-tativlik mezonlarini o‘rnatish imkoniyati vujudga keladi. Empirik ma’lumotlarning o‘rtacha arifmetik kiymati, kvadrat og‘ishi, korrelyasiya, dispersiya, Styudent mezoni orqali ishonch-lilik darajasini o‘rnatish imkoni tug‘iladi. Shuni unutmaslik lozimki, har bir blok yuzasidan miqsor va sifat tahlilini o‘tkazish natijalarining qiymatini belgilaydi, miqdorlar, vaziyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlaydi hamda komillik belgilarini tan olish, e’tirof etish yuzasidan mulohazalar umumlashtiriladi.
57
2.3.3. Komil insonni baholash metodikasi
I. Shaxs haqida umumiy ma’lumot
F.I.Sh.
Jinsi
Ish va o‘qish joyi
II. Shaxsning ijgamoiy shartlangan xususiyatlari



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling