Psixologiyasi
Ilk bolalik davridagi psixik o‘sish
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
3.5. Ilk bolalik davridagi psixik o‘sish
Inson ontogenezida uning I yoshdan 3 yoshgacha o‘sish davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi, ya’ni uning imkoniyati bilan intilishi o‘rtasidaga ziddiyat rivojlanish negizi hisoblanadi. Bolaning yurishga urinishi, * turli narsalar bilan ovunishi va '-* mashg‘ul bo‘lish imkoniyatlari ken- ^Sk ; gayishi, uning kattalarga bevosita : tobeligi, ularga bog‘likligi nis- ■-^1 batan kamayishiga olib keladi. » -L Binobarin, uning mustaqil hara- ,; u ~&g kat qilishi uchun zarur shart-sha- roitlar yaratiladi. R.Ya.Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, bir yoshli va bir yoshu ikki oylik 102 bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddii turi jadal pivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan xarakatni amalga oshirishning nisbatan barkaror usullari shakllana boradi. Shunday harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ularning mohiyati borgan sari chuqurlashadi, ko‘lami esa kengayadi. D.B.Elkoninning fikricha, bolalarda keng ko‘lamli va ko‘p miqdorDa™ predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o‘zlashtirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish mayli, tuyg‘usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo‘lsa-da, bu muammo bola shaxsiy o‘yin fao-liyatini tashkil qilishda hali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko‘rsatadi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko‘zlagan ishni bajari-shidagi noxush kechinmalar uning ruhiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg‘u va hisni vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish, aks ettirishning yangi shakli ta’sirlanish (reaksiyaga kirishish)ni tarkib toptiradi. Achchiqlanish, jahl qo‘zg‘alishi, qahru g‘azab tuyg‘ularining xususiyatini tadqiqqilgan T.Ye.Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko‘pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi "portlash", qahri qattiqlik yuzaga keladi. Olimaning fikricha, uning psixikasida paydo bo‘layotgan xulq hosilasi tirishqoqlikning o‘ziga xos ko‘rinishidan iborat bo‘lib, u o‘zi yoqtirgan narsani tezroq qo‘liga olish xohishi bilan uzviy bog‘liqdir. Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sir-lanishni bola kattalar bilan muloqotda psixik jihatdan qoniq-masligi hosil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, "portlash", "lov etish" xususiyatiga ega bo‘lgan affekt quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: 1) kattalar bolaning xohish-istaklarini tushun-masliga, imo-ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo‘shilishi) e’tiborsizligi; 2) bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik ko‘rsatishi, shuningdek, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi; 3) boladagi o‘zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o‘zga-rishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar. Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash Sharoiti hamda unga kattalarning munosabatida o‘z ifodasini topadi 103 va mahalliy mezonlar yordami bilan aniqlanadi. N.A. Menchinskaya o‘z kundaliklarida bir yarim yoshli o‘g‘lining o‘jarligini shunday ta’riflaydi: "Mumkin emas!" degan taqiqlashga javoban Sasha o‘jarlik qilar, sho‘xligini yana zo‘r berib davom ettirishga urinar edi; uning o‘jarona xohishini boshqa ob’yektga tortish bilangina bartaraf qilsa bo‘lar edi: qo‘pincha taqiqlashga qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto, o‘zini polga otar qo‘l va oyoqlarini tapillatar, ammo bunday "jazava" uning xulqida juda kam sodir bo‘lib, uni bunday sho‘xliklaridan tez va oson chalg‘itish mumkin edi.." Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy va ularning shogirdlari olib borgan ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan dastlabki so‘z-ibora go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi. Harakat bilan so‘zning bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, unda intilishni jadallashtiradi. Nemis psixologlari V.Shtern, K.Byuler va boshqalarning tadqiqotdarida bayon qilinishicha, bola qo‘llaydigan dastlabki so‘zlar ikkita muhim xususiyatga egadir: birinchi xususiyati ular kattalar nutqidagi so‘zlardan fonetik jihatdan keskin farklanishidir; ikkinchi xususiyati esa o‘zining qamrovi bilan ko‘p ma’noli ekanligidir, Boshqacha aytganda, mazkur so‘zlar, iboralar ma’lum predmetni emas, balki qator narsalarning nomini, hatto, guruhlarini anglatishi mumkin. Yuqoridagi mulohazalarning dalili sifatida T.Ye.Konnikova tajribasidan namuna keltiramiz. Olimaning nuqtai nazaricha, kattalar bilan bolalar muloqotida ishlatiladigan so‘zlarning farqlari turli manbaga va asosga bog‘liqdir: a) bolalar nutqida shunday so‘zlar qo‘llanadiki, ular hech qachon katta odamlarda shunday ma’noni bildirmaydi (adiga — baliq moyi, ika — sharf, gili-giliga — qalam); b) ko‘pincha bola nutqidagi so‘zlar kattalar so‘zlashuvining ma’lum bo‘lagini emas, balki uning o‘zagini tashkil qiladi, xolos ("is" — issiq", "di" — keldi); v) bolalar kattalar qo‘llaydigan so‘zlarni buzib talaffuz qilsalar-da, lekin predmetning timsoliga asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar ("ti-ti" — soat, "pa-pa" — mashina, "ling-ling" — radio, televizor); g) taqlidiy so‘zlar ("vov-vov" — it, "mu-mu" — sigir, "ba - ba" — qo‘y kabilar). 104 D.B.Elkonin tajribasida bir yoshu uch oylik Galya uchun "aka' degan tushuncha (sun’iy bo‘lsa-da) ho‘l mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalarni anglatgan. T.Ye.Konnikovatajribasida esaxuddi shu yoshdagi Nonna "kx-kx" deganda mushuk, soch, mo‘ynani atagan. Bu misollarni psixologik nuktai nazardan tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatga va xossaga mos keluvchi ikkita xususiyat haqiqatan mavjudligiga ishonch hosil qilamiz, chunki bu voqelik metodologik hamda fenomenologik ahamiyat kasb etadi. Juda ko‘p yirik psixologlar fikriga va kuzatishlarimiz natijalariga ko‘ra, bolaning nutqi ixtiyorsiz birdaniga vujudga kelish xususiyatiga ega bo‘lib, kattalarning mazmunli nutqi ta’sirida "nochor ahvolga tushib" qolib, o‘z faolligini yo‘qotadi. Hatto, zarur shart-sharoit yaratilgan taqdirda ham bola o‘zining nutq boyligidan unumli foydalgna olmaydi, chunki unda nutqning ichki dasturi mavjud emas, shu boisdan tasodifiy xususiyatga ega. Bolada dastlabki faol nugqning shakllanishi muammosi bilan shug‘ullangan F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko‘p ma’lumotlar to‘plagan. Uning tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so‘zni bir kunda o‘zlashtirgan, biroq sun’iy sharoitda esa 10—11 kun davomida o‘sha so‘z bildirgan predmetning timsolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. F.I.Fradkinaning ma’lumotiga ko‘ra, bolaning nutq boyligi 10 oylikda 1 tadan 5 tagacha, 11 oyliqda 3 tadan 8 tagacha, 12 oylikda 7 tadan 16 tagacha, ya’ni juda cheklangan bo‘ladi. Bundan tashqari, olima harakat jarayonida so‘zlarni talaffuz qilish imkoniyati kengligini bayon kilgan. Shunday qilib, nutqning dastlabki rivojlanish bosqichida so‘z bilan predmet, so‘z bilan harakat o‘rtasidagi uzviy aloqa faqat muloqotga ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda paydo bo‘ladi va bu ehtiyoj kattalarning bevosita rahbarligi hamda hamkorligidagi faoliyat orqali vujudga keladi. O‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunish hamda undan unumli, faolroq foydalanishning eng muhim sharti bolada nutq orqali muloqot ehtiyojining mavjud bo‘lishidir. Nutqorqali muloqot ehtiyojining paydo bo‘lishi bolaning psixik jihatdan o‘sishida muhim turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklash mexanizmi hisoblanadi. Ko‘pchilik sobiq sovet va uzoq horij psixologlari bolaning nutqida so‘zlar paydo bo‘lishining xususiyatlari hamda qonu-niyatlarini o‘rgandilar. Ana shunday tadqiqotchilardan T.Ye.Konnikova bola nutqida so‘zlar paydo bo‘lishining ikkita muhim 105 xususiyati mavjudligini aytadi. Birinchi xususiyat bola so‘z bilan bog‘liq narsalarni yorqin emosional bo‘yoqlarda idrok qilishida o‘z ifodasini topadi. Masalan, birinchidan, bolalar bitta buyumni bir qancha nomda atashlari hamda kuchli va yorqin alomatlari bilan ko‘rishlari; ikkinchidan, bola muayyan bir ashyoni har xil sharoitda har xil atashi. Bola nutqida yangi so‘zlar paydo bo‘lishining ikkinchi xususiyati uning mazkur vaziyatga faol va dadil kirib borishidan iboratdir. Bola dastlabki so‘z va atamalarni o‘zlashtirishi uchun kattalar unga qiziqarli yo‘l-yo‘riq va ish-harakatlarni ko‘rsatishlari lozim. Harakatlar va buyumlarning yangiligi bolaning faoliyatini muayyan yo‘nalishga burib yuborishi mumkin, buni vujudga kelgan ichki mexanizmlar taqozo etadi. Maxsus o‘tkazilgan tajribalar asosida so‘zlar ko‘p ma’noliligi bo‘yicha bir nechta guruhga mansub, deya xulosa chiqarish mumkin: 1) biror vazifani bajarishiga ko‘ra yaratilgan so‘zlar: "f-f-fu" — gugurt; pechka, chiroq, sham, primus kabilar; predmetlarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: "anna" — devorga osilgan jami narsalar, qo‘shni xonadan eshitilgan ovozlar; tashqi belgisiga asoslanib nomlash: "kx-kx" — mushuk, soch, mo‘yna, telpak, namat va boshqalar; 4) predmetlarning tovush chiqarishiga qarab yaratilgan so‘zlar: "lya-lya" — telefon, pianino, radio, televizor, tanish musiqa asboblari va hokazolar. Psixologiya fanida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarning hosil bo‘lishi o‘rtasida keskin tafovut yo‘q, deya xulosa chiqarish mumkin. Chunki bola uchun har qanday so‘zni ham talaffuz qilish juda qiyin kechadi. D.B.Elkoninning fikricha, so‘zlarning hosil bo‘lishi va bolaning nutqiga aylanishi, eng avvalo so‘zning ma’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita bog‘liqdir. Buning natijasida, birinchidan, bolaninglug‘atboyligikeskin ko‘payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar tug‘iladi. Mazkur jarayon bir yarim yoshdan oshgandan so‘ng boshlanadi va bolada kattalar bilan muloqotning yangi bosqichi paydo bo‘lganini bildiradi. Nutq orqali mana shu yoshdagi bolalarga vaziyat va holatni emas, balki predmetlarni anglatuvchi so‘zlar o‘rgatiladi. Go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tish uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy olg‘a siljish bilan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga tabaqali 106 munosabatni shakllantiradi. Biroqbu munosabatlar faqat kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki mustaqil predmetli harakatlarni egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik hollari bolada turli his-tuyg‘u va kechinmalarni (quvonch, tashvish, achinish, qayg‘urish, samimiylik, loqaydlik va hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxsning faolligi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, inti-luvchanligi, bilishga ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi omillarga uzviy bog‘liqdir va bunga kattalar, atrofdagilar befarq qaramasliklari kerak. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling