Psixologiyasi


His-tuyg‘uning o‘sishi (jonlanish)


Download 1.27 Mb.
bet21/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

3.2. His-tuyg‘uning o‘sishi (jonlanish)
Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko‘pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriqtovush chiqarish oralig‘i qisilishning bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. Shunga qaramay, mutaxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq — noxush his-tuyg‘uning namoyon bo‘lishidir. Qisilish tanglik (zo‘riqish) tuygusining vujudga kelishidir. Shuning uchun chaqaloq-daga muskul reaksiyasi bilan emosional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emosional kechinmalarning yana bir turi yig‘lashga aylanadi. Yig‘lash
84
bola jismoniy og‘riqni, ruhiy qayg‘uni, iztirobni tabiiy aks etgirishining manbai bo‘ladi, tashqi olam bilan aloqa o‘rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his-tuyg‘ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bola bir oyga to‘lgach o‘zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo‘ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan "o‘z" kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin.
Mazkur psixologik holatni N.L.Figurin va M.P.Denisova "jonlanish" deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg‘usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanish o‘z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o‘z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o‘sishini belgilovchi bosqich vazifasini o‘taydi.
"Jonlanish" bolaning kattalar bilan o‘ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo‘zg‘atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo‘ladigan "jonlanish"ning tabiati hali ochilgani yo‘q. Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus ko‘rinishi vaovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir, u balki bolada ijobiy his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atish omilidir. Ba’zan bolada o‘zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emosional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo‘l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo‘lgan ichki psixik kechinmalarda o‘z aksini topadi.
Psixolog Ye.K.Kaverina bolaning tashqi ta’sirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning aft-angoriga qarab ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘onishi keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar o‘rtasidagi aloqaning boshlang‘ich ko‘rinishi hisoblanadi. Shaxslararo alokaning bu shakli chakaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.
Chakaloqda paydo bo‘ladigan ijobiy his-tuygularning oddiy tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q. Chunki psixik dunyodagi o‘zgarishlarni o‘rgangan M.Yu.Kistyakovskayaning
85
uqtirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uyg‘otuvchi qo‘zg‘atuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his-tuyg‘uni pasaytiradi. Bolaning kattalar bilan ijobiy munosabatda bo‘lishi zamirida tabassum, kulgi, ildam harakat, tovush chiqarish bo‘lsa ham, bularning tabiiy-organnk ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Aksincha, ijobiy emosional holat yangi ijtimoiy ehtiyojning ko‘rsatkichi bo‘lib, bola katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishining motivi va imkoniyagi rolini bajaradi.
Psixolog M.I.Lisina va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, mazkur yosh davrida bola ko‘z qarashlari, ixtiyorsiz harakatlari, sharpaga javobi, tamshanishi orqali kattalar bilan aloqa bog‘laydi. Ko‘p marta takrorlanish natijasida shartli refleks shaklida vujudga kelgan ana shujarayonlar muloqotga aylanadi. Chaqaloqning yangi sharoit va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu holat ko‘nikish ko‘rinishida muloqot vazifasini o‘tay boshlaydi. Biroq bu muloqot noverbal ravishda (so‘zlar ishlatilmay) amalga oshadi, sodda shakldagi, tor ko‘lamli shaxslararo munosabatni aks ettiradi.
Katta yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo‘lishi unga o‘yinchoq qo‘rsatishi, termulishi, erkalashi unda tashqi ta’sirga javob reflekslarini faollashtiradi.
Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko‘ra, chaqaloqlik davridan ilk bolalik, go‘daklik davriga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bular:




86


  1. Ko‘z va quloq yordamida diqqatni muayyan ob’yektga qaratish (to‘plash) ning paydo bo‘lishi, bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, alohida namoyon bo‘luvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi.

  2. Sirtdan idrok qilinuvchi barcha ob’yektlarga (sub’yektlarga) yo‘nalgan alohida ko‘zg‘atuvchiga nisbatan shartli reflekslar hosil bo‘lishi.



  1. Katta yoshdagi odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan emoiional reaksiyalar (his-tuyg‘ular, kechinmalar) yanga ehtiyoj paydo bo‘lishining ko‘rsatkichi ekanligi.

  2. Bolaning (chaqaloqning) kattalar bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji uning keyingi psixik o‘sishi negizini tashkil etishi va hokazolar.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling