Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 499.21 Kb. Pdf ko'rish
|
мулокот маданияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan psixologik testlar
- Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin? 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo'ladilar? 3. O'smirlar bilan o'spirinlar muloqoti o'rtasida qanday farq bor? 4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foyda- lanadilar? 5. Muloqot madaniyati nima? 6. EGO holatiga qanday xususiyatlar kiradi? 7. Muloqotning mazmuni nimaga bog'liq? 8. Transaksiya nima? 9. Qiziqarli muloqot qachon yuzaga keladi? lO.Transakt tahlilga ko'ra muloqotdagi nizoning sabablari nimada? Mavzu yuzasidan psixologik testlar 1. Go'daklar ko'proq kim bilan muloqotda bo'ladilar? a) onasi bilan; b) otasi bilan; d) opasi bilan; e) akasi bilan. 2. Bog'cha yoshidagi bolalar kim bilan ko'proq muloqotda bo'ladilar? a) onasi bilan; b) otasi bilan; d) tarbiyachilar bilan; e) o'rtoqlari bilan. 3. Kishiga muloqot nima uchun kerak? a) muloqot kishilarga kerak emas; b) shaxs uchun katta ahamiyatga ega; d) muloqot ongni o'stiradi, dunyoqarashni shakllantiradi; e) muloqot kishilarni yaqinlashtiradi. 4. O'yin mashqlarining ahamiyati nimada? a) o'yin bolalarning asosiy faoliyati; b) o'yin shaxsni tarbiyalaydi; d) o'yin mashqlari muloqotni shakllantiradi; e) o'yin mashqlari jismoniy chiniqtiradi. Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi 1. Mas'ul ishga mutasaddi bo'lganingizda hayajonlanasizmi? 2. Ahvolingiz yomon bo'lguncha ham shifokor chaqirmaysizmi? 3. Kutilmaganda ma'ruza qilishni topshirishsa norozilik bildirasizmi? 4. Mehmonxona tayin bo'lmasa begona shaharga safarga borishdan bosh tortasizmi? 5. Begona kishiga kechinmalaringizni so'zlaysizmi? 6. Begona odam sizdan yo'lni yoki vaqtni so'rasa g'ashingiz keladimi? 7. Har xil avlod o'rtasida hayot masalasida kelishmovchilik bo'ladi deb o'ylaysizmi? 8. Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan pulingizni so'rashga hijolat qilasizmi? 9. Kafeda sifatsiz taom keltirishsa indamaysizmi? 10.Vagonda bir necha soat begona yo'lovchi bilan ketsangiz gapni birinchi bo'lib boshlaysizmi? 11.Navbatda turish maqsadingizga erishish uchun zarur bo'lsa ham uzundan uzoq navbat kutishdan voz kechasizmi? 12.Xodimlar o'rtasida bo'lgan mojaroni hal qilishdan o'zingizni olib qochasizmi? 13.Biror adabiyot yoki san'at haqida jiddiy bahs bo'lsa o'z fikringizni himoya qilasizmi? 14.Sizga yaxshi ma'lum bo'lgan masala bo'yicha noto'g'ri fikr eshitsangiz jim tura olasizmi? 15.Sizdan ish yoki o'qish yuzasidan yordam so'ralsa norozi bo'lasizmi? 16.O'z fikringizni og'zaki bayon etishga imkoniyat bo'lsa ham yozma ravishda bayon etishni afzal ko'rasizmi? Download 499.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling