Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Bosimni (zo'riqish) ushlab turish va olib tashlash


Download 499.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/38
Sana12.11.2023
Hajmi499.21 Kb.
#1768376
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
мулокот маданияти

Bosimni (zo'riqish) ushlab turish va olib tashlash. Bir deb, ushlab turing, ikki 
deb bo'shating. Barcha a'zolaringizni (qo'l, oyoq, barmoq, bo'yin kabi) navbatma-
navbat bo'shating. Bu mashqlarni yurib bajarish mumkin. 
Elementar 
(oddiy) 
pedagogik harakatlarni bajarish davomida 
muskullardagi bosimni olib tashlash. Xayolingizda auditoriyaga kiring, stolga 
yaqinlashing (ortiqcha zo'riqish olib tashlanadi), stolda o'tirib yozing, doskaga 
yozing, ko'rgazmalarni mustahkamlang (ortiqcha zo'riqishni olib tashlang). 
Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish. Auditoriyaga kiring, eshik orqasida 
tanangizning tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang, qulay yurishni 


95 
49 
toping, yuring, qo'lingizni orqangizga qilib yuring, o'zingizni yaxshi his etishga 
harakat qiling. 
Kuzatuvchanlik, diqqatni to'play olish, ixtiyoriy diqqat ko'nik-malarini 
rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida turib so'zlashing. 
Tasavvur qiling, siz tinglovchisiz: buyruqni eshiting, tik holatda turing, alfavit 
bo'yicha familiyada turing, keyin ismbo'yicha. Endi bir-biringizning sochingizning 
rangiga qarang. Auditoriyaga kirganda diqqatingizni to'plash uchun avval bir 
tinglovchiga e'tiboringizni qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu 
mashq diqqatning barqaror bo'lishiga yordam beradi. 
Muloqotning oddiy ko'nikmasini rivojlantirish. Xayolingizda auditoriyaga 
kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan tinglovchilar diqqatini 
o'zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta'sirlar orqali (iltimos, talab, ogohlantirish, 
rag'batlantirish, yumor, savol, buyruq kabilar) murojaat qiling. 
Tashabbusni boshqarish (A.A. Leontev bo'yicha). Siz bir kishi bilan 
gaplashyapsiz. Siz tinglayapsiz, u gapiryapti, tashabbusni qo'lingizga olib endi siz 
gapiring. Darsda oxirgi stolda o'tiradiganlardan ko'zingizni uzmang. 

Download 499.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling