Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
Download 499.21 Kb. Pdf ko'rish
|
мулокот маданияти
4.9. Notiqlik mahorati psixologiyasi
Rahbarning topshiriq berishining (ko'rsatma ) ikkita mustaqil omili mavjud. Birinchisi — topshiriq berish mazmuni. Ikkinchisi — uning psixologik shakli. Bu shakllar bir-biri bilan bog'liq emas. Topshiriq berish mazmuni shaxs sifatida tan olmaslik va shaxs sifatida tan olish, tasdiq, so'roq, direktiv shakllarda bo'ladi. Ko'rsatma berish mazmunining dasturini xodimning harakatlari belgilaydi (qayerga borishi, nimanidir qilishi). Rahbarning ko'rsatma berishining psixologik shakli motivatsiya darajasini, munosabatni aniqlab beradi. Rahbar barcha «oltin 95 70 so'zlarni», «munosabatlar oynasini», «ismini aytishni», «shaxsini tan olmaslikni», «faqat savol!» kabi usullarni qo'llasa ham xodim bu topshiriqlar o'zida qiziqish uyg'otmasa natija past bo'ladi. Ritorika — ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok qilishning boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti ishonarli nutqning qoida va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon mavjud. Keyinchalik esa bu chiroyli so'zlashning ilmiy-falsafiy yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san'atni ham fanni ham qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasiga kommunikativ ishonch-ning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish sifatida qaraladigan bo'lsa, ta'kidlash kerakki, har qanday kasbda inson omilida ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbarning xodimga, o'qituvchining o'quvchiga, shifokorning bemorga, sotuvchining xari-dorga, avtoinspektorning haydovchiga ko'rsatadigan ta'siri uchun ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiya muammosini hal qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun jamiyatning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari lozim. Hozir esa empirik psixologiya to'plagan nazariy bilimlardan foydalanib, ish uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarning oldini olish kerak. Chunki har qanday kasbda kishilarga ta'sir qilish uchun ishonch fenomeni muhim. Download 499.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling