Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo
Download 499.21 Kb. Pdf ko'rish
|
мулокот маданияти
muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo.
Nizo qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketganligi bilan bahsdan farq qiladi. Nizo o'z tarkibiy tuzilishi, amal qilish sohasi, dinamikasi va turlariga ega. Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot ishtirokchilarining tashqi va ichki pozitsiyasi hamda nizo obyektidan iborat. Tashqi pozitsiya — kishining xulq- atvori. Ichki pozitsiya — kishining maqsadi va motivlari. Nizo obyekti — nizoning sababi. Nizo ishchan yoki shaxsiy sohada amal qilishi mumkin. Masalan, ishchan sohada — «nega kech qoldingiz?», «qandaydir muammolar paydo bo'ldimi?», «keyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam bo'ladimi?», «kech qolishingiz sababini bilsam bo'ladimi?». Shaxsiy sohada — «nega buncha uyquchisiz?», «shunchalar ham mas'uliyatsiz bo'lasizmi?», «keyingi safar ham shunaqa kech kelavering, xo'pmi?». Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: yetilish, ro'yobga chiqish, so'nish. 1- bosqichda nizo ro'yobga chiqishining oldini olish mumkin. Samarali usullardan biri kommunikativ o'zaro ta'sir sohasidan predmetli faoliyat sohasiga o'tish. Ro'yobga chiqish bosqichiga o'tgan nizoning oldini olib bo'lmaydi. So'nish bosqichining kelishini kutish kerak bo'ladi. Bu bosqichda korreksion tadbirlarni o'tkazish 95 74 samaralidir. Nizolar bir qancha belgilariga ko'ra tasniflanadi: 1. Natijasiga ko'ra: konstruktiv — munosabatlarning yaxshilanishi, muammoning ikkala tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi. Destruktiv — munosabatlarning yomonlashuviga, muanimoning hal etilmasligiga olib keladi. 2. Davom etish vaqtiga ko'ra: uzoq muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo. 3. Keskinlik darajasiga ko'ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik, dushmanlik. 4.Faoliyat sohasiga ko'ra: boshqarish sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi. Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib o'tadilar: • tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik; • fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash; • e'tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh fikrini bo'lmaslik, suhbatdoshga o'z fikrini bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga kamroq e'tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg'imaslik; • ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta'minlash; • suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish; • qat'iy fikr bildirishdan saqlanish; • fikrni bildirishdan avval u nima haqida ekanini ma'lum qilish; • suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik); o befoyda bahslarga kirishishdan saqlanish; • buyruq ohangidan voz kechish; • «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish; • ijobiy emotsiyalarni saqlab turish, ko'proq tabassum qilish. Nizo ro'y bergach, uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal 95 75 qilish tavsiya etiladi: 1. Vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar boshqarish). 2. Nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar berish). 3. Shaxsiy sohadagi to'qnashuvga yo'l qo'ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko'rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni ko'rsatishdan saqlanish). 4. Har bir so'z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (jumladan, «siz adashdingiz», «siz xato qilyapsiz», «es-xushingiz joyidami?» kabi negativ iboralarni ishlatishdan saqlanish). 5. Kompromiss (kelishuvchanlik) uchun ochiq bo'lish (o'zaro manfaatli kelishuvga tayyor turish). 6. Suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va tahlil qilish (uning hissiyotlarini tushunishga harakat qilish, shaxsiy pozitsiyaning suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash). Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni faqat pozitsiya (nuqtayi nazar)larning bir-biriga to'g'ri kelmasligi tufayli ro'y bergan hodisa, deb hisoblash lozim. Demak, biz o'zaro muloqotda nizolarning paydo bo'lmasligiga harakat qilmog'imiz, suhbatdoshimizni to'g'ri tushunmog'imiz kerak. Shundagina atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqotimiz muvaffaqiyatli amalga oshadi. Download 499.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling