Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
Download 499.21 Kb. Pdf ko'rish
|
мулокот маданияти
5.5. Tashkillashtirilgan ziddiyatlar
Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin. Masalan, xodimlar uyidan kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hamkasbi bilan ham nizoga borib qolishi tabiiy hoi. Ishga mas'uliyatsizlik bilan yondashilsa ham ziddiyat kelib chiqishi shubhasiz. Shaxslararo ziddiyatlar vujudga kelishi bilanoq bartaraf qilinmasa u jamoaning barcha a'zolariga ta'sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi faqat tashkilotgagina taalluqli bo'ladi. Ziddiyatlarning vazifasi tadqiqotchilarning diqqat markazida turadi. Hozirgi kunda kishilar o'rtasida umumiy ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim. Chunki dunyoning bir qancha mamlakatlarida turli buzg'unchi g'oyalar asosida aqidaparastlar, ekstremistlar kishilar o'rtasida adovat urug'ini sochishga harakat qilmoqdalar. Har bir tashkilotdagi rahbar xodimlarining turli buzg'unchi g'oyalarga ishonmasligiga harakat qilishi lozim. Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga o'xshatish mumkin. Lekin inson ongli mavjudot bo'lgani uchun har bir qiladigan harakatini avvaldan o'ylab, aniq bir maqsad asosida faollik ko'rsatadi. Ziddiyatlar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, balki u davom etishi, shaxslararo munosabatlarga aylanib ketishi mumkin. Tashkilotda ichki ziddiyatlarning kelib chiqishiga avvalo rahbar sababchi bo'ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimlarni teng ko'rishi, to'g'ri munosabatda bo'lishi zarur. Rahbar demokratik usulda jamoani boshqara olsa, bujamoada ziddiyatlar kam paydo bo'ladi. Xodimlar o'rtasidagi chaqimchilik, bir xabarni boshqacha talqinda yetkazish, vahima tarqatish orqali ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin. Ziddiyat — bu faoliyat. Kishilar ziddiyat orqali faoliyatda bo'ladilar. (nutq orqali, verbal va noverbal muloqot orqali). Barcha tug'iladigan ziddiyatlarning oldini olish, bartaraf uchun rahbarda tashkilotchilik qobiliyati yaxshi shakllangan bo'lishi kerak. Download 499.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling