14. TOMONLARNING MA'SULIYATI
14.1. Ushbu Oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki
lozim darajada bajarmaganliklari uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
14.2. Ushbu Oferta talablari va shartlarini buzganligi uchun Ishchi organning
qarori bilan Jamoa Tanlovga qo'yilmaydi.
14.3. Ushbu Ofertadan kelib chiqadigan har qanday nizolar muzokaralar yo‘li
bilan hal qilinadi va muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda,
bunday nizolar Tomonlardan biri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq tegishli yurisdiksiyadagi sudga berilishi mumkin.
14.4. Mazkur Ofertada nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar
O‘zbekiston
Respublikasining
amaldagi
qonunchiligiga
va
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi 66-son qaroriga amal
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |