Публичная оферта (UZ) President Tech Award docx


 Mas’ul tashkilot quyidagi huquqlarga ega


Download 79.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi79.93 Kb.
#1635945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Публичная оферта (UZ) President Tech Award

6.3. Mas’ul tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
6.3.1. Jamoa a’zolaridan mazkur Ofertaning barcha shartlariga hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi 66-son
qaroriga rioya etishlarini talab qilish;
6.3.2. Agar Ishchi organning taklifiga binoan plagiat aniqlansa, jamoani
chetlashtirish to‘g‘risida o‘rganib chiqish;
6.3.3. IV bosqichda jamoalar loyihalarini baholash va saralash Tashkiliy
qo‘mita tomonidan tasdiqlangan mezon va talablarga asosan, Jamoa ishtirokisiz
onlayn rejimda amalga oshiriladi.
Bunda, har bir asosiy yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natijaga erishgan 10 ta
Jamoa (jami 50 ta) tanlab olinadi va ular tanlovning keyingi V bosqichiga o‘tadilar.
6.4. Ishchi organ quyidagi huquqlarga ega:
6.4.1. Ushbu Ofertaning 3-bo‘limiga muvofiq jamoaning mas’ul vakili
tomonidan ushbu Oferta shartlarini qabul qilgandan so‘ng, jamoa a’zolarining
shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish;
6.4.2. Jamoa a’zosining shaxsiy ma’lumotlari bilan bog‘liq har qanday
ma’lumotlarni qayta ishlash;
6.4.3. Portalda texnik ishlarni amalga oshirish.
6.5. Ishchi organ o‘z zimmasiga oladi:
6.5.1. mazkur Oferta va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 15-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq tanlovni o‘tkazishni tashkil etish;


6.5.2. ushbu Oferta va Kelishuvga muvofiq o‘z vaqtida 16 g‘olibga pul
mukofotini to‘lash;
6.5.3. potentsial jamoalardan arizalarni qabul qilishni tashkil qilish; 
6.5.4. Jamoa loyihalarini namoyish qilish uchun Demo kunini tashkil qilish;
6.5.5. ariza va unga ilova qilingan materiallarning to‘liqligini tekshirish;
Bunda, Arizachilar keyingi bosqichga o‘tgani (o‘ta olmagani) haqida elektron
pochta orqali (portaldagi shaxsiy kabinetiga bildirishnoma) xabar qilinadi va
keyingi bosqichga o‘tgan jamoalarga “ishtirokchi” maqom beriladi;
6.5.6. umumiy yig‘ilish va Mentorlardan maslahatlar olish uchun jamoalarga
tadbir tashkil etish;
6.5.7. IV bosqich natijalarini portalda e’lon qilish va jamoa vakilining
elektron
pochta manziliga bildirishnoma (portaldagi shaxsiy kabinetga
bildirishnoma) yuborish ;

Download 79.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling