Pul bozori reja


Download 34.19 Kb.
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi34.19 Kb.
#1206492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu Pul bozori 1

2 – savol bayoni: Hozirgi paytda jahon iqtisodiy amaliyotida pulga bo‘lgan talabni tartibga solishning nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida turli xil nazariyalar mavjud bo‘lib, ular o‘z mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlarni tashkil etadi. Ana shu oqimlar majmuida monetarizm va keynschilik oqimini ushbu sohadagi eng yirik va eng yetakchi g‘oyaviy yo‘nalish sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin. Shu sababli, pulga bo‘lgan talab va pul taklifining nazariy asosini keynschilik va monetarizmning asosiy nazariy konsepsiyalari hamda bu boradagi ilmiy tadqiqotlar tashkil etadi.
Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar kabi ishtirokchilarga bo‘lishning iloji yo‘q. Sababi ishtirokchilarning asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi. Misol uchun, banklar yirik miqdorda depozit sertifikatlarini emissiya qilish orqali mablag‘larni jalb qilishi hamda korxonalarga qisqa muddatli kreditlarni ham berishi mumkin. Pul bozori ishtirokchilari va ularning pul bozoridagi o‘rniga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz. Xalqaro amaliyotga ko‘ra, Moliya vazirliklarining asosiy vazifalaridan biri Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyosatini barqarorlashtirish hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun ular qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar hisobiga jalb qilingan mablag‘lar tegishli maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish vaqti kelganida esa davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ular qoplanadi.
Banklararo pul bozori - elektron birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish orqali milliy va xorijiy valyutada pul mablag‘larini qisqa muddatga (1 yilgacha) joylashtirish va/yoki jalb qilish operatsiyalarini (bundan buyon matnda pul bozoridagi operatsiyalar deb yuritiladi) amalga oshirish tizimi;
Valyuta birjasi - chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
Elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda savdo tizimi deb yuritiladi) - banklararo pul bozorida elektron shaklda birja savdolarini o‘tkazish imkonini beruvchi hamda qabul qilingan buyurtmalarni ro‘yxatga olish, birja bitimlarini tuzish, joriy ma’lumotlarni savdo ishtirokchilari ish o‘rinlarida aks ettirish, savdo jarayonini bayonlashtirish va yakuniy birja hujjatlarini shakllantirishni ta’minlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan tizimi;

Download 34.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling