Pul-kredit siyosati pul muomalasi va kredit sohasida


Jamoliddin Turdimov, Ziyoda Rizayeva


Download 0.59 Mb.
bet15/23
Sana19.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1366401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2 5296357389421780917

Jamoliddin Turdimov, Ziyoda Rizayeva
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
«Iqtisodiy sharh» jurnali №2/2022
Davlatning ijtimoiy siyosati
2022-yilning 28-yanvarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida” PF-60-son Farmoni qabul qilindi. Prezidentning yuqoridagi farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Yangi O'zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” quyidagi yetti yo'nalishdan iborat:
1.inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
2.mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
3.milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish suratlarini ta'minlash;
4.adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
5.ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
6.milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
7.mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra, 2026-yilgacha yehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, 2023-yildan QQS 12%gacha tushirilishi ko'zda tutilgan. Joriy yilning 1-aprelidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4 sinf o'quvchilari bepul ovqat bilan ta'minlanadi.
2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 baravarigacha oshiriladi.
Shu bilan birga bank, moliya, telekommunikaciya kabi tadbirkorlik sub'ektlari uchun foyda solig'i 15%gacha tushirilishi ko'zda tutilgan. 2026-yilgacha energiya samaradorligi 20%ga oshiriladi, havoga chiqariladigan zararli gazlar 10%ga qisqartiriladi.
Sharoiti “og'ir” bo'lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig'i, mol mulk solig'i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to'lash tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reestri ishga tushiriladi. 2022-yil 1-aprelgacha licenziya va boshqa ruxsat yetuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi. Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko'chma tartibda, avtotransport orqali shug'ullanish imkoniyati yaratiladi. 25 dan ortiq faoliyat turi bo'yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazib, neft maxsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.
Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy soha ham ana shunday zarbani qabul qilib oldi va bunda koʻplab yechilmagan tizimli muammolar yuzaga qalqib chiqdi. Dunyo boʻylab millionlab odamlar himoyasiz qoldi. Shu bilan birga, inqiroz iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni ham qamrab oldi.
BMT ekspertlari koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi kambagʻallikni qisqartirish uchun soʻnggi yillarda erishilgan barcha yutuqlarga tahdid solayotganiga ishora qilib, bong urmoqda. Global kambagʻallik darajasi 1998-yildan beri birinchi marta koʻtarilib ketdi, deya bayonot berdi.
XMT prognoziga koʻra, iqtisodiyot va mehnat bozoridagi inqiroz global ishsizlikning qariyb 25 million kishiga koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik, hatto, buyuk depressiya davridan ham oshib ketishi kutilmoqda.
Ish bilan bandlikning pasayishi, tabiiyki, odamlar daromadining sezilarli yoʻqotilishiga ham olib keladi. XMTning baholashicha, 2020-yilning oxiriga kelib, ular 860 mlrd. dan 3,4 trln. dollargachani tashkil etadi.
Koronavirus pandemiyasi oqibatlari Markaziy Osiyo uchun oldindan kutilganidan ancha jiddiy boʻldi. Jahon banki yil oxiriga qadar mintaqada yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizga kamayishini istisno etmayapti. Qirgʻizistonda YAIMning eng katta pasayishi kutilmoqda — minus 4 foiz. Qozogʻistonda pasayish minus 3 foizdan biroz kamroq boʻladi. Tojikis­tonda — minus 2 foiz.
Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekis­ton boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.
Karantin Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yuz minglab mehnat muhojirlarini ham daromadsiz qoldirdi. Pandemiya tufayli butun dunyo boʻylab pul oʻtkazmalari 20 foiz ga qisqarsa, Markaziy Osiyoda deyarli 28 foizga pasayadi.
Shu asnoda Jahon banki 2,6 millionga yaqin Markaziy osiyoliklar kambagʻallik chizigʻidan pastga tushib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Bunday muhim sharoitlarda hukumatlarning asosiy vazifasi nafaqat kasallikning tarqalishini jilovlash, balki aholining zaif qatlamlarini hamda ish va daromad manbaisiz qolganlarni qanday qoʻllab-quvvatlashdan ham iboratdir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling