Pul-kredit siyosati pul muomalasi va kredit sohasida


Fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish


Download 0.59 Mb.
bet6/23
Sana19.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1366401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2 5296357389421780917

Fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish


Loyihaviy boshqaruv mexanizmlaridan foydalangan holda dasturiy-maqsadli tamoyil asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini o’tkazishga davlat tomonidan buyurtma berish orqali tadqiqotlar tashkil etish mexanizmi joriy etiladi.
Noyob ilmiy-texnik uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, Noyob ilmiy-texnik uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari va Texnologiyalar transferi o’yicha milliy va hududiy ofislar tashkil etiladi.


Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish


Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat harajatlari ko’paytirilib va 2021 yilga borib bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8%iziga yetkaziladi.

Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


2021 yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksporti ulushi ular umumiy hajmining 4%iziga yetkaziladi.


O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda davlatning ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati muhim rol o‘ynaydi. Fanning iqtisodiy ahamiyatini oshirish, ishlab chiqarish va ilmiy-texnika salohiyatini saqlash va yangilash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Davlatning bu sohadagi siyosatining bosh maqsadi fan-texnika taraqqiyotini iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdir. Ammo o‘tish davri qiyinchiliklari, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar va moliyaviy sohani birinchi navbatga chiqarib, ishlab chiqarishni texnologik yangilash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi milliy fan sohasini birmuncha orqaga surib qo‘ydi. Bu holat o‘tish davri va inqirozni boshdan kechirgan va kechirayotgan barcha MDH mamlakatlarida ro‘y berdi. Vujudga kelgan vaziyat ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini olib boruvchi xodimlar sonining pasayib ketishida ham namoyon bo‘ldi. Misol uchun, har o‘n ming kishiga AQSHda – 52, Isroilda – 38, Rossiyada – 32, Germaniyada – 29, Koreya Respublikasida – 24, Belarusda 18 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 8,6 nafarni tashkil etdi.


YIMning fan sig‘imi pasaydi. Fanning moddiy-texnika bazasini yangilash sekin kechdi. Ularning katta qismi (60 foizi) ma’naviy va jismoniy eskirgan edi. Katta tushkunlik asosan 1991– 2000-yillarga to‘g‘ri keldi. Davlatning amalga oshirgan katta tadbirlari evaziga ahvol birmuncha barqarorlashdi, ammo baribir, bu sohada texnik jihatdan yuqori rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqdamiz. Shuni hisobga olib, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ahvolni sog‘lomlashtirish, ilmiy-innovatsion rivojlanish uchun qulay iqlim yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Birinchi navbatda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan fanning amal qilish institutsional-huquqiy bazasi qaytadan qurildi. Fan va fan-texnika siyosati bo‘yicha qator qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Mulkiy va tashkiliy shakllaridan qat’i nazar, bu faoliyat subyektlari va qatnashchilarining haq-huquqlarini kafolatlash, bu boradagi davlat siyosatining asosiy talablari, faoliyat turlari, maqsad va qoidalari ko‘rsatib berildi.
Ilmiy salohiyat fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning resurs va shart-sharoitlari majmuasi sifatida tavsiflanadi.
Ilmiy-texnika salohiyati esa amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar resurslari va shart-sharoitlari, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Innovatsion salohiyat – barcha turdagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarini amaliy o‘zlashtirishni ta’minlovchi resurslar va shart-sharoitlar majmuasidir.
Shunday qilib, ilmiy, ilmiy-texnika va innovatsion salohiyatlar yagona ilmiy-innovatsion siklning o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradigan bo‘g‘inlaridir: g‘oyaning paydo bo‘lishi – fundamental tadqiqot – amaliy tadqiqot – konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlanmalar – tajriba namuna (nusxa) – sanoat sinovi – ishlab chiqarishga tatbiq etish – seriyali ishlab chiqarish – sotish – mahsulotdan amalda foydalanish (mashina, asbob, texnologiya).
Bu salohiyatlarni birlashtiruvchi umumiy bo‘g‘in (zveno) – ilmiy-texnika ishlanmalari va ularning natijalaridir.
O‘zbekistonda ilmiy faoliyat tizimining huquqiy bazasidan tashqari uning yangi tashkiliy asoslari, bu sohaning davlat boshqaruvi organlari tizimi ham vujudga keltirildi. Bu ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish uchun zarur edi. Ular – Fanlar akademiyasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi, fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasidir. Barcha ilmiy tadqiqot ishlariga mas’ul, uning metodologik asoslarini belgilovchi markaz Fanlar akademiyasi hisoblanadi. U fundamental va fundamental tadqiqotlarga yo‘naltirilgan hamda amaliy ilmiy tadqiqot davlat dasturlariga javob beradi.
Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita davlat ilmiy-texnika dasturlari, hududiy ilmiy-texnika dasturlari, tarmoq ilmiy-texnika dasturlari va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish davlat dasturlari, innovatsion loyihalarga mutasaddilik qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va davlat maqsadli dasturlarining amalga oshirilishiga mas’ul Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, konsernlardir. Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarmoq vazirliklari tarmoqlarda ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-texnikaviy faoliyatni muvofiqlashtiradi, oliy malakali kadrlar tayyorlaydi, davlatning ilmiy-texnika siyosatini olib boradi. Innovatsion salohiyatning holati va rivojlanish darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: Ilmiy salohiyatning makroparametrlari bo‘lib YIMning fan sig‘imi, ilmiy tarmoqlarda band bo‘lganlarning o‘rtacha yillik soni va ularning iqtisodiyotda band bo‘lganlarga nisbati, ilmiy tashkilot va muassasalarning soni hisoblanadi.


An’anaviy ilmiy tashkilotlar uchta sohaga bo‘linadi: akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq institutlari. Yirik korxonalar huzurida ham ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar mavjud. 2016-yilda mamlakatimizda 437 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajaradigan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatdi. Ulardan 65 tasi ilmiy tadqiqot tashkilotlari, 63 tasi oliy ta’lim muassasalari, qolganlari loyiha va loyiha-qidiruv tashkilotlari, sanoat korxonalari va konstruktorlik tashkilotlaridir. Bu tashkilotlarda 36984 nafar kishi ilmiy xodimlar hisoblansa, ularning 31966 nafari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarganlardir.

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan ilmiy xodimlar (2000-2016 yillar)







2000


2005


2010


2016


Ilmiy xodimlar – jami (oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik xodimlarini qo‘shgan holda)


36837


34094


36358


31966


shu jumladan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar


25083


26685


30343


31966


ulardan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar:










fan doktori


2009


2353


2549


2242


fan nomzodi


8192


8363


9254


8200



Mamlakat fanining shtabi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zFA) bo‘lib keldi. Ilmiy tadqiqot muassasalari va tadqiqotchi xodimlarning asosiy qismi ana shu markazda to‘plangan edi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqot sektorlari, markazlari va laboratoriyalarining ahamiyati ortmoqda. Ularda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar davlat fan-texnika dasturlarini bajarish va oliy malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.


Tarmoq fani, asosan, ilmiy-texnika markazlari, konstruktorlik-texnologiya byurosi, sanoatning o‘zak korxonalari, qurilish, agrosanoat majmuasi, sog‘liqni saqlash ilmiy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi.
Ilmiy va ilmiy-texnika salohiyatining sifat tavsifini uning tarmoq tarkibi beradi. An’anaviy tabiiy, texnik, tibbiy, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va gumanitar fanlarga guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda texnika fanlarining ahamiyati ortib bormoqda. Xarajatlarning ham asosiy qismi ana shu fan sohalarini rivojlantirishga sarflanmoqda. Bu tendensiya mamlakatimizda olib borilayotgan davlat iqtisodiy siyosati bilan bog‘liq. Milliy iqtisodiyotda yangi industrlashtirish, modernizatsiyalash va ular pirovardida esa yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish jarayonlari bormoqda.
Olib borilayotgan bozor islohotlari mamlakat fanini tashkil etish, ilmiy kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlarini ham qamrab olgan, chunki tadqiqotchilar ilmiy-texnika salohiyatining muhim qismi hisoblanadi. Ularning malakaviy tayyorgarligi, bilimi va obro‘-e’tibori milliy fanimizning rivojlanish darajasini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham ularning sifat tarkibini o‘zgartirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti joriy qilindi. U fan va texnikaning o‘ta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni kunduzgi o‘qish shaklida tayyorlashni taqozo etadi. Ular o‘qish davomida dolzarb mavzularda dissertatsiya tayyorlash ustida ish olib boradilar. 2016-yilda 128 ta ilmiy tashkilot katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutiga ega edilar. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar soni 1370 nafarni tashkil qildi. Ularning eng ko‘pi tabiiy, texnika, tibbiyot, iqtisodiyot va pedagogika fanlari yo‘nalishlarida tadqiqot olib bormoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmi ham takomillashib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlarning umumiy xarajatlari tashkilotlar bajaradigan ichki ishlar va bu ishlarni bajaruvchilarga sarflanadigan xarajatlardan tarkib topadi. Ular uch sektorga – davlat, tadbirkorlik va oliy ta’lim tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarga bo‘linadi. Turli xil jamg‘armalar ham ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga ko‘maklashishi mumkin. Ichki xarajatlar asosan, ish haqi va asbob-uskunalar sotib olishdan iborat.
Fanning moddiy-texnika bazasi ilmiy, konstruktorlik tashkilot va korxonalari, infratuzilma obyektlarining asosiy fondlari (bino, inshootlar, maxsus laboratoriyalar, texnologik asbob-uskuna va jihozlar)ni o‘z ichiga oladi. Uning o‘zagi, faol qismini ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan asbob-uskuna va jihozlar tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotlar asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: fundamental tadqiqotlar yangi bilimlar (gipoteza, nazariya, uslubiyat)ga, amaliy tadqiqotlar – texnik va texnologik yangilikni ishlab chiqishda yangi bilimlardan foydalanish usul va yo‘llariga, tadqiqot va ishlanmalar – yangi materiallar, mahsulotlar, qurilmalar, texnologik jarayonlarga qaratiladi.
Ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bir qator omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilar:
– tadqiqotning texnik darajasi, tugallanganligi, joriy etishga tayyorligi;
– ilmiy tadqiqotni joriy etishning biznes-rejasi, tijoratlashtirish strategiyasi;
– intellektual mulkning himoyalanganligi;
– bozorning imkoniyatlari (sig‘imi);
inson resurslari, intellektual (kadrlar) salohiyati;
– moliya kapitali.
Innovatsiya, qachonki tovar va xizmatlar bozorida sotilsagina amalga oshgan hisoblanadi. Kashfiyot, nou-xau, ixtiro, patent, litsenziya, foydali modellar, sanoat namunalari, axborot texnologiyalari, konsepsiyalar, boshqarish organlariga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar va boshqa shakllardagi ilmiy natijalar fan uchun mustaqil qimmatga ega bo‘la turib, faqat innovatsiya bosqichini bosib o‘tgandan keyingina bozor ahamiyatini kasb etadi. Shuning uchun ham mamlakat zamonaviy innovatsiya sohasiga, bozor munosabatlariga javob beradigan kuchli innovatsiya salohiyatiga ega bo‘lishi zarur.


– ilmiy-texnika ishlanmalari darajasi;
– tarmoqlar va korxonalar tajriba-eksperimental bazasining holati va quvvatlari;
– tajriba namunalarini o‘zlashtirish uchun zaxira ishlab chiqarish maydonining mavjudligi;
– ishlab chiqarish va texnologik jihozlar texnologik bazasi darajasi;
– yangi mahsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish va resurslarni tayyorlash samarali tizimining mavjudligi;
– korxonaning innovatsion faollik darajasi;
– innovator-kadrlar tayyorlash tizimi;
– innovatsiyani moliyaviy ta’minlash darajasi.
Jahon tajribasida innovatsiya salohiyatidan foydalanish intensivligi va samaradorligi quyidagi parametrlarda baholanadi:
– sanoat umumiy mahsuloti hajmida keyingi uch yil davomida o‘zlashtirilgan yangi mahsulotning hissasi;
– texnologiyaning yangilanishi va rivojlanishi (an’anaviy va ilg‘or texnologiyalar nisbati);
– eksportda fan sig‘imi yuqori va o‘rta yuqori mahsulotlar hissasi;
– korxonaning texnologik ayirboshlashda qatnashishi va uning innovatsion mahsulotlar bozoridagi hissasi;
– korxonaning moliya-sanoat guruhlarida qatnashishi.
Innovatsion sohaning yadrosi ishlab chiqarish korxonasidir. Uning texnologik darajasi, mahsulotlarining raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish samaradorligi, bozordagi o‘rni, barqaror moliyaviy ahvoli bilimlarga, yangi texnologiyalarga, yangi mahsulotlarga, boshqarish usul va tartiblariga talabni belgilaydi.
Shunday qilib, innovatsion iqtisodiyot korxonaning amaliyotida doimiy ilmiy ishlanmalar, yangi konsepsiyalar, g‘oya va ixtirolar hamda ulardan foydalanish qobiliyati, unga intilishidir. Innovatsionlik, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mavjud texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirish, boshqarish va tashkil qilishda yangi qarorlarni joriy qilish, ayniqsa, axborot to‘plash, axborot olish va uni qayta ishlash sohasida infratuzilmani takomillashtirish va rivojlantirishni ham bildiradi.
Milliy iqtisodiyotning texnologik darajasi va raqobatbardoshligining asosiy makroko‘rsatkichi – mamlakat eksportida yuqori texnologiyali, fan, ilm sig‘imi yuqori mahsulotlar hissasidir.
Fan sig‘imi yuqori mahsulotlar jahon bozorida axborot texnologiyalari hissasi 5 foiz. 2020-yilda uning hissasi jahon YIMida 9 foizga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11,8, AQSHda – 6,8, Shvetsiyada 7 va O‘zbekistonda 2 foizdir.
Innovatsion ishlab chiqarishga o‘tish oson ishlardan emas, albatta. Bu borada qator to‘siqlar, qiyinchiliklar uchraydi:
– moliyaviy vositalarning yetishmasligi;
– malakali innovator-kadrlar kamligi;
– soliq tizimining takomillashmaganligi;
– yangi texnika va u haqidagi axborotning yetishmasligi;
– innovatsion mahsulotlar bozorining torligi;
– yangilikni joriy etish xarajatlarining yuqoriligi shular jumlasidandir.
O‘zbekistonda «O‘zeltexsanoat» tizimidagi qator korxonalar – OAO «Foton», «Sino», «O‘zelektroterm», NPK «Kvark» va boshqa korxonalarda innovatsion turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda oliy malakali innovator kadrlar Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika (Italiya) va Inha (Koreya Respublikasi) universitetlarida va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanmoqda. O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni boshqarishning davlat mexanizmi va huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilgan. Chunonchi, 2009-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «2009 – 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qurollantirishning eng muhim loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Bu hujjatga muvofiq 852 ta investitsion loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan 127 tasi innovatsion xarakterdagi loyihalar edi. Bundan sal ilgariroq 2008-yil 15-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinib, unda 2013-yilning 1-yanvariga qadar o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining amaliy ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarini xo‘jalik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarni bajarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha qiymat solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan ozod qilish ko‘zda tutildi. Bu qarorga muvofiq ularga bojxona imtiyozlari ham berildi.


2012-yil 21-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bu boradagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasa va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida», «Texnologiyalar transferi bo‘yicha Agentlik Davlat unitar korxonasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida», «Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorlari qabul qilindi.
Innovatsion faoliyatni kengaytirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi birlamchi ustav kapitali 1 mlrd. AQSH dollaridan iborat «O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiyalash va rivojlanish jamg‘armasini tashkil etish» 2008-yil 2-dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zonani qurish to‘g‘risida»gi farmonlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyingi farmonga muvofiq zamonaviy chet el yuqori unumdor jihozlar va texnika-texnologik liniya va modullar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga keng miqyosda yuqori texnologiyali, eksportga yo‘naltirilgan, jahon bozorida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish vazifalari belgilab berilgan edi. Angren va Jizzaxda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarning ham ana shu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.
Mamlakatimizda bu borada sezilarli siljishlarga erishilmoqda. Ammo hali qator muammolar ham yo‘q emas. Bu tabiiy, albatta. Yaponiya va Germaniyada bu boradagi harakatlarga o‘tgan asrning 50-yillarida, AQSHda esa undan ham ilgariroq kirishilgan edi.
O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishdagi eng asosiy muammolardan biri qilib, bu sohada yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi, moddiy-texnika bazasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, milliy iqtisodiy tarmoqlar va alohida korxonalarning yangilikni joriy etishga hali tayyor emasligini ko‘rsatish mumkin.
Jahon tajribasi va mamlakatimizda innovatsion iqlim va shart-sharoitni yaratish davlatning iqtisodiy siyosatida fan va texnologiyalarni rivojlantirishda yanada kattaroq e’tiborni taqozo etadi. Asosiy e’tibor nafaqat o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’limga, shuningdek, fundamental va tarmoq fanlarni rivojlantirishga, fan va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i lozim. «Yuqori texnologiyali» investorlar, yirik TMKlarni jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni ko‘paytirish, mamlakatga chet el ilmiy tadqiqot markazlarini olib kelish ham bu borada katta natijalar berishi mumkin. Shu maqsadda axborot texnologiyalar industriyasini, sanoatning elektrotexnika va boshqa fan sig‘imi yuqori turlarini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.
Tabiiyki, innovatsion ishlab chiqarishga iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida birdaniga erishib bo‘lmaydi. Bu borada asta-sekin innovatsion ishlab chiqarishning endo-ekzogen, ya’ni ichki va tashqi omillarini qo‘shib olib borish, o‘zlashtirish, nusxa ko‘chirish, reinjiring shakllaridan unumli foydalanish, avvalo, ustuvor, lokomotiv bo‘la oladigan sohalarni aniqlab olib, harakat qilish yaxshi natijalar berishi mumkin.


Investitsiya siyosati - bu hududda kapital resurslarini qayta ishlab chiqarish uchun shart -sharoitlarni ta'minlash bo'yicha takror ishlab chiqarish faoliyati agentlarining harakatlari majmui.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling