Pul kredit siyosati


Pul-kredit va fiskal siyosatning o`zaro boglikligi


Download 374.17 Kb.
bet5/5
Sana23.02.2023
Hajmi374.17 Kb.
#1224507
1   2   3   4   5
Bog'liq
PUL KREDIT SIYOSATI

Pul-kredit va fiskal siyosatning o`zaro boglikligi. Pul kredit siyosatinig ishlab chikarish xajmiga ta`siri birinchi paragrafda ta`kidlanganidek pul taklifi o`zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi o`zgarishining esa investitsiya xarajatlari xajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar xajmiga xam) va yalpi xarajatlar o`zgarishining ishlab chikarish ya`ni yalpi taklif xajmiga ta`siri ko`rinishida boskichma - boskich ro`y beradi. Foiz stavkasining pul taklifi o`zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi o`zgarishiga tasirchanligi past bo`lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda muammolarni keltirib chikaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas boglik. Agarda Markaziy bank kayd kilingan valyuta kursini saklab turishni maksad kilib ko`ysa mustakil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo`lmay koladi. CHunki almashinuv kursini ta`minlab turish uchun valyuta zaxiralarini ko`paytirib yoki kamaytirib turish iktisodiyotda pul xajmiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiklashtirish bilan boglik kiyinchiliklar xam mavjud. Agarda xukumat iktisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orkali ko`llab-kuvvatlashni amalga oshirmokchi bo`lsa, uning muvaffakiyatli amalga oshishi ko`prok pul-kredit siyosatining xarakteriga boglik. CHunki, bu mo`ljallanayotgan xarajatlar kimmatli kogozlar (ya`ni, obligatsiyalar)ni chikarish evaziga amalga oshsa, pulga bo`lgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari ko`tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. YOki Markaziy bank xukumatning yukoridagi siyosatini ko`llab-kuvvatlash uchun pul taklifini ma`lum mikdorda ko`paytirsa, pul kadrsizlanishi mumkin. Umuman, barkaror pul-kredit siyosati xukumat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosatga xamma vakt xam mos kelavermaydi.
Kiskacha xulosalar
Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasida ikki boskichli bank tizimi shakllangan.
Markaziy banning bosh maksadi milliy valyutaning barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi, majburiy zaxiralash normasi va ochik bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Ochik bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining eng progressiv usuli bo`lib, uni ko`llash ko`lami ortib boradi.
O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi va kayta moliyalash stavkalari kamaytirib borilayotganligi, pul-kredit siyosatining nisbatan yumshatilayotganligidan dalolat beradi. Bu inflyatsiya sur`atlarining jilovlanganligi tufayli mumkin bo`ldi va investitsiyalar, yalpi talab xajmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Asosiy adabiyotlar
1.Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.
I dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 168-190 s.s.
2 Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 125-133 b.b.
3.Kozirev V.M. Osnovi sovremennoy ekonomiki”. M., “Finansi i statistika”, 2005., 221-226 s.s.
Saidova G., Shadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «Shark»/ 2003, 42-48 s.s.
Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Leusskiy A.I. Makroekonomika:
Uchebnik. – 5-e izd. , M.: Yurayt-Izdat, 2004., 371-384 s s..
Download 374.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling