Pul kredit siyosati
Pul -kredit siyosatining etkazish mexanizmi. Kattik va yumshok pul -kredit siyosati
Download 374.17 Kb.
|
PUL KREDIT SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul -kredit siyosatining etkazish mexanizmi. Kattik va yumshok pul -kredit siyosati.
Pul -kredit siyosatining etkazish mexanizmi. Kattik va yumshok pul -kredit siyosati. Pul-kredit siyosati asosida iktisodiyotga pul-kredit siyosatining ta`sir etishi jarayonlarini o`rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iktisodchilar o`rtasida ko`p yillardan beri tortishuvlar bo`lib kelmokda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul mikdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Xar ikki nazariya tarafdorlari xam pul taklifining nominal YAIM ga ta`sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta`sirning axamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iktisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortikcha deb xisoblaydilar. Keynschilar pul taklifining YAMIga ta`sirini kuyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb xisoblashadi:
Monetaristlar esa pul mikdorining o`zgarishi bilan YAMM o`zgarishi o`rtasida yakinrok aloka mavjud; ya`ni, pul mikdorining o`zgarishi bevosita YAMM o`zgarishiga olib keladi deb xisoblashadi. Buni ular pulning mikdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izoxlaydilar. Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barkaror deb xisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, bekaror deydilar. Xozirda mavjud bo`lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez kilgan, ya`ni, bu yondashuvlarning ijobiy jixatlarini ko`shib, o`zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzok muddatli maksadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko`prok ishlatiladi. SHu bilan birga kiska muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta`sir etish usulidan voz kechmaydi. . Markaziy Bank bir vaktning o`zida xam pul massasini, xam foiz stavkasini o`zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o`sgan xolatlarda maksad foiz stavkasining barkarorligini ta`minlash bo`lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo`ladi. Bu tadbir yumshok pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko`payib ketishiga yo`l ko`ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini ko`llash foiz stavkasining ko`tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattik pul kredit siyosati deb yuritiladi. Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko`paysa kattik pul kredit siyosatini ko`llash maksadga muvofik bo`ladi. Maboda pulga talab ishlab chikarish va daromadlarning o`sishi okibatida oshsa yumshok pul kredit siyosatini ko`llash o`rinlidir. Download 374.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling