Pul-kredit siyosati
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari
Download 196.66 Kb.
|
Makro 12-mavzu (2)
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari.Mamlakatimizning bank-moliya tizimini bugungi kundagi darajaga olib kelish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo‘lini bosib o‘tishga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Buning yaqqol isbotini, milliy valyuta (so‘m) muomalaga kiritilgan 1994 yildan to 2015 yilgacha bo‘lgan so‘nggi 20 yildan oshiqroq vaqt mobaynida qayta moliyalashtirish stavkasining yillik foiz o‘zgarishlarida ham ko‘rish mumkin. YUqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasi amaldagi yillik hisobda 10 foizdan 9 foizga tushirildi. 12.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi yillarda diskont siyosatda asosiy e’tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari jozibadorligini ta’minlashga, jumladan, aholi omonatlari bo‘yicha real foiz stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozit portfelidagi uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirishga, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining maqbulligini ta’minlashga qaratildi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling