Pul-kredit siyosati


-jadval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash


Download 196.66 Kb.
bet3/8
Sana03.12.2023
Hajmi196.66 Kb.
#1806705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makro 12-mavzu (2)

12.1-jadval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash


normasi75



Amal qilish sanasi

Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha

3 yildan ortiq muddatli depozitlar
bo‘yicha

Xorijiy valutadagi depozitlar
bo‘yicha

01.06.1996 y.
Gacha

30%

10%

0%

01.06.1996 y.
Dan

25%

10%

0%

01.12.1997 y.
Dan

20%

10%

0%

01.03.2000 y.
Dan

20%

20%

0%

04.07.2004 y.
Dan

20%

20%

0%

01.02.2005 y.
Dan

15%

15%

5%

01.09.2007 y.
Dan

13 %

13 %

13 %

01.11.2008 y.
Dan

15%

15%

15%

01.11.2009 y.


Dan

1 yilgacha bo‘lgan dep.u-n.15 %, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan
depozitlar uchun 12%

10,5%


Miliiy valuta singari



Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.







75 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YaIM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.



    1. Download 196.66 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling