Pul-kredit siyosati


- rasm. Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarining investitsiyalar o‘sishiga ta’siri78


Download 196.66 Kb.
bet7/8
Sana03.12.2023
Hajmi196.66 Kb.
#1806705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makro 12-mavzu (2)

12.2- rasm. Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarining investitsiyalar o‘sishiga ta’siri78


Bunga ustuvor investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarning yillik yuqori o‘sish su’ratlarini ta’minlash hisobiga erishildi. Investitsion jarayonlarni rag‘batlantirish bo‘yicha turli imtiyozlar va engilliklarni belgilash bilan bog‘liq amalga oshirgan chora-tadbirlar investitsiyalar umumiy strukturasida korxonalarning o‘z mablag‘lari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari va kreditlar ulushini oshirishga xizmat qildi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda bank tizimida biznesni yuritish shart-sharoitlarini yengillashtirish va arzonlashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda.
Ushbu tahlilimizga yakun yasab bank tizimi respublikamizda rivojlanib borayotganligi, tizimning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanayotganligi, bu esa monetar siyosatning, bu siyosat vositalaridan foydalanishning samaradorligi oshishiga imkon berayotganligini ta’kidlashimiz mumkin.





78 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o‘z echimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar milliy bank tizimini rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida bu borada 2017 yilda qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishda ichki baholar barqarorligi va valyuta bozoriustidan tizimli monitoring o‘tkazish muhim hisoblanadi. Bu borada ichki baholar barqarorligini ta’minlash maqsadida iste’mol narxlarini zamonaviy usullari asosida hisoblashni joriy etish orqali inflatsiyani jilovlashga doir chora- tadbirlar va qarorlarni qabul qilish samaradorligi oshadi. Naqd pulsiz shakldagi to‘lovlar bo‘yicha tovar va xizmatlar baholarining sun’iy ravishda oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
SHu bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi valyuta kursini amalga oshirish, birjada xorijiy valyutani erkin xarid qilish, tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalari va investitsiyalarni jalb etishda barcha zarur choralarni belgilovchi hujjatni ishlab chiqish va shuning asosida chora-tadbirlarni izchil va tizimli ravishda tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tadbirkorlik faoliyatiga ajratiladigan kreditlarni olish uchun qulay shart- sharoit maqsadida qayta moliyalashtirish stavkasini pasaytirib borish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Bank faoliyatining tadbirkorlarni qo‘llab- quvvatlash uchun zarur shart-sharoitini yaratish, kreditlash jarayonini bozor mexanizmi asosida tashkil etish maqsadida bank faoliyatga davlat hokimiyat organlari tomonidan ma’muriy aralashuvi oldini olish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston bank tizimida oldida turgan muhim vazifalardan biri kreditlarning iqtisodiyot tarkibida oshirib borish hisoblanadi. Hozirda bank kreditlarining YaIM nisbatan hajmi 35% oshmaydi. Bu esa mos davlatlarga
qaraganda qariyb bir yarim barobar kam. Ushbu muammoni echish va banklarning kredit faoliyatini kengaytirish uchun resurs bazasini oshirish va mustahkamlash, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish maqsadida banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarga alohida e’tibor beriladi.



Download 196.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling