Pul kredit va bank


Download 1.54 Mb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1336655
  1   2
Bog'liq
G’aznachilik” fanidan G’aznachilik faoliyatining xorij tajribala


MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSETITI



BUDJET NAZORATI VA G'AZNACHILIK” YO'NALISHI TU 22 GURUHI TALABASI


KAMOLOVA YASMINA

PUL KREDIT VA BANK” fanidan




G'AZNACHILIKNING JAHON TAJRIBASI


mavzusida tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Oqituvchi: HUMOYUN XOLMUMINOV
TOSHKENT-2023
G'AZNACHILIKNING JAHON TAJRIBALARI.
Reja:
Kirish

  1. Frantsiyada davlat byudjeti gazna ijrosining amal qilishi

  2. Rossiya Federatsiyasida davlat byudjeti gazna ijrosi faoliyati

  3. Qozogiston Respublikasida gaznachilik faoliyati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royhati
KIRISH
Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari toplagan tajribaning ijobiy tomonlarinn ozlashtirish asosida ozining milliy taraqqiyot modelini jahon jamoatchiligiga havola etdi. Shuning uchun ham davlat moliyasini boshqarish borasida xorijiy davlatlarda, shuningdek, MDH davlatlarida olib borilgan ishlarni organish va ular toplagan ijobiy tajribalarni mamlakatimizda qollash, albatta foydadan holi bolmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga otish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy rssurslarning jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganligidir. Vaholanki, Davlat byudjeta mablaglari rsspublikamizda bozor iktisodiyotiga otish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblaiadi.
Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda yangilanishda bolib, yangi goyalar qarashlar va yondashuvlarning paydo bolishi uni yanada boyitmoqda. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning yanada chuqurlashtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarda rivojlangan davlatlar tajribasi va taraqqiyot modellaridan nusxa kochirmagan holda, yangi msxanizmlarning bugungi amaliyotimizda ijobiy samara beradigan tomonlaridan keng va unumli foydalanish juda muximdir.
Gaznachilik - davlatning moliyaviy resurslarini boshkarishning yangi usulidir. Davlat byudjetining barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalda qollashdir. Kolaversa, bu byudjetning xar bir sumini okilona ishlatishni taminlovchi yangicha mexanizmdir. Bir qator xorij davlatlari oz byudjeti ijrosini gaznachilik tizimi orqali amalga oshiradi, Shvetsiya, AQSh, Isroil, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshka mamlakatlar shular jumlasidandir.

  1. Frantsiyada davlat byudjeti gazna ijrosining amal qilishi

Frantsiyada gaznachilikning tashkil qilinishi XII-XIY asrlarda togri keladi, shu paytga kelib, birinchi marta davlat puli va qirolning mulki bir-biridan ajratib olindi. Harbiy va yirik kapital chiqimlar katta moliyalashtirishni talab qilganligi sababli tarmoqlangan tizim orqali pulni yigish va markazlashtirish ehtiyoji tutildi. XX asrlarda gazna birligi, yani Markaziy bankda yagona gazna hisobi tamoyili tarkib topdi, gaznaning mamuriy tizimi shakllantirildi, unga davlat hisob-kitobi tarmogi va pul nazorati berildi hamda Moliya vazirligiga boysindirildi.
Songgi yillarda Frantsiya byudjeti gaznachilik barjarish jarayonini tartibiga asos soluvchi huquqiy xujjatlar 02.01.1959 yildagi Davlat byudjeti qonunlari haqidagi Organik (Konstituttsion) qonuni (songra 1959 yildagi Organik qonun) va byudjetni kassaviy bajarilishini lokal masalalarini aniqlashtiruvchi bir necha normativ xujjatlar- masalan 29.12.1962yildagi 62-1587 Davlat moliya operatsiyalarini royxatga olish boyicha asosiy nizomlar haqida Frantsiya Prezidenti Dekret(30.12.1992 yildagi ozgartirishlar va toldiruvchilar bilan ), Davlat hisob-kitobchilar xizmatini tashkil qilish haqida Moliya vazirligining qollanmasi (1966 yil), va Milliy xisobotlar tizimi (1999 yil) va. x.k.
Frantsiyada davlat byudjetini tashkil topish va bajrilish jaryoni tashkil qiladigan yadrosi Iqtisodiyot, moliya va sanoat vazirligidir. (keyin Vazirlik), uning tuzilmasida qoydagilarga ajratiladi: Byudjet boshqarmasi (byudjet bajarilishi tayyorlash,
tasdiqlash protseduralar va metadologiyasiga javobgar organ);Davlat moliyasini royxat qilish bosh boshqarmasi - Aniq qilib ayiganda Frantsiya davlat gaznachiligini ozi; Gaznachilik direktsiyasi - «Frans-trezor» agentligi. (FTA).
Qoydagi korsatilgan bolimlar (FTAdan tashqari) muvofiq byudjet daromadlar turlarini idora qiluvchi Vazirlik organlar (soliq boyicha bosh boshqarmasi, bojxona va qoshimcha soliqlar bosh boshqarmasi, pensiya xizmati) bilan birgalikda byudjet ishlari boyicha davlat kotibiga, status boyicha iqtisod, moliya va sanoat vazirining orin bosari, boy sunadi.
Shundan kelib chiqadiki Frantsiyada vakolatlarni va vazifalarni aniq taqsimlashi bilan byudjetni gaznachilik bajarilishi ikki darajali model amalda:

  1. Davlat gaznachiligining idoralari- Vazirlik apparatida ham, hamda hududlarda.

  2. «Frans-trezor» agentligida ham.

Frantsiyada Gaznachilik funktsiyalari Davlat Gaznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi ortasida bolingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pogonasi hisoblanadi: Davlat Gaznasi Moliya Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi Byudjet vazirligining tarkibiga kiradi.
Frantsiyada barcha moliyaviy resurslar Gaznachilikning yagona hisobraqamida yigiladi, bu mablaglarning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va tolovlar yigiladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat Gaznasi quyidagi huquqlarga ega:

  • byudjet mablaglari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari boyicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bolgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;

  • buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi boyicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlarni tolovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi;

  • davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablaglarni va moddiy boyliklarni saqlashni va qoriqlashni taminlaydi;

  • naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi;

  • amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob- kitobi boyicha yuritiladigan xujjatlarni saqlaydi;

  • buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi.

Mamlakatda gaznachilik organlari Davlat byudjetini toldirish va ijro qilishni taminlaydigan 4000 dan ortiq bolimlariga ega. Gaznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini yigib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablaglarini sarflanishini amalga oshiradi.
Gaznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat byudjeti xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda tayinlangan Bosh gaznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy operatsiyalari togrisidagi malumotlar har kuni Gaznachilikning Markaziy Hisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yigiladi.
Bundan tashqari, Gaznachilik organlari davlat tashkilotlarini-talim muassasalarini, ijtimoiy taminot va boshqaruv organlarini hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi2. Bosh Gaznachi joylardagi 27000 muassasalarni (davlat buxgalterlarini, davlat tashkilotlarini- talim muassasalarini, ijtimoiy taminot va boshqaruv organlarini hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarini) nazorat qilishi shart. Davlat buxgalterlari mintaqalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, mahalliy davlat tashkilotlari boyicha hisob- kitob yuritadilar.
Davlat buxgalterlari byudjet mablaglari taqsimlovchilarini moliyaviy maslahatchilaridir.
Davlat Gaznasi quyidagilarni nazorat qiladi:

  1. Daromadlar sohasida:

a) davlatning qarz talabnomalarini undiradi;
b) davlat muassasalarining har bir guruhi uchun qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlarida va nizomlarda kozda tutilgan daromadlar olishga ruxsat beradi.

  1. Xarajatlar sohasida:

  1. byudjet mablaglarini taqsimlovchilarining vakolatlarini nazorat qiladi;

  2. kreditlarni mavjudligi nazorat qiladi;

  3. qarz majburiyatlarida korsatilgan muddatlarni nazorat qiladi;

  4. xarajatlarni aniq byudjet tasnifi boyicha amalga oshirilishi nazorat qiladi.

3.Mol-mulk sohasida:
a) mulk egalarining huquqlarni. imtiyozlarini, ipotekalarni va nazorat qiladi;
b) buxgalteriya hisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni saqlanishi nazorat qiladi.
Har bir xodimga va deontoloniya3 ga bagishlangan axborot byulletenning 1995 yilgi Davlat Gaznasining yangiliklari nomli maxsus soni nashr qilindi. Bundan tashqari, turli meyoriy xujjatlarda xodimlarga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi talablar, kasbiy mahorat etikasining qonun-qoidalari berib boriladi.
Shuningdek, deontoloniyaga bagishlangan boshlangich organishga moljallangan darslar tizimli ravishda olib boriladi. Inspektor-stajyorlar, Davlat gaznasi ishlarini
bajaruvchilar uchun Gaznachilikning Milliy Maktabida shu mavzularda maxsus maruzalar oqiladi. Gaznachilik organlari xodimlarini kasb mahoratini oshirish maqsadida deontoloniya mavzusida oquv dasturlari tuziladi.
Mazkur tizimda mablaglar harakati va ulardan maqsadli foydalanishi ustidan joriy va keyingi nazoratni kuchaytirishga oid qonunlarni, meriy hujjatlarni, yoriqnomalarni bilmasdan turib, gaznachilik organlaridagi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin emas. Shu bois respublikamizda ham gaznachilik bolimlaridagi kadrlar masalalalarini hal etishda moliya, soliq, bank sohasida ish tajribasiga ega bolgan mutaxassislar tanlab olinishi va kasbiy malakasi oshirilishi zarurdir.
Davlat gaznachilik idoralarining vazifalar va funktsiyalari korib chiqamiz. Funktsiyalar.

  1. Tushumlarni nazorat qilish.

Frantsiya gaznachiligi togri soliqlarni (daromad soligi( Frantsiya gaznachilik tomonidan ishga solgan boshqa soliqlarga kora eng katta yigimlar), jarimalar va x.k.) shu jumladan tulanmagan soliqlarni yigish.
Xamda Frantsiya gaznachiligi mahalliy byudjetlarga soliqlarni yigadi (er soligi, shahar qurilishiga soliqlar, Kasb soliqlari va x.k)
Davlat byudjetiga Frantsiyaning iqtisod, moliya va sanoat vazirligi tuzilmasidagi boshqa idoralar xam soliqlarni yigadi.
Gaznachilik barcha aytib otilgan daromadlarni royxatga oladi.Birlashtirilgan xisob raqam boyicha operatsiyalarni otkazish huquqiga faqat Gaznachilik ega.

  1. Davlat xarajatlarini amalga oshirsh va nazorat qilish.

Frantsiya Gaznachiligi orqali Markaziy xukumati va maxalliy hokimiyat organlarining harajatlar otkazilayapdi.


2003 yilda Markaziy hukumatning harajatlari 347 mlrd. Evroga yaqin miqdorida tashkil topgan. Shu paytdagi maxilliy xokimyat organlarining xarajatlari 142 mlrd. Evroga teng bolgan(2002 yilga kora 5 %ga oshgan.).
Frantsiya xukumati qoydagi asosiy yonalishlar boyicha davlat xarajatlarini bajarilish tizimining strategik rivojlanish siyosati otkazilayapti:

  • Xokimiyat detsentralizatsiyam,

  • Operatsiyalarni otqazish vaqtni qisqartirish,

  • Potentsialda xavfli bolgan operatsiyalarni(masalan, xarajatlarning ayrim yonalishlari (davlat xaridlari, dotatsiyalar, subventsiyalar va x.k.)katta miqdordagi xarajatlar) tanlab nazorat qilinishiga etiborni toplash. Bugungi kunda davriy va kam miqdorda bolgan tolovlar (~ 100-200 Evro) amalda nazoratga olinmayapti. Shu bilan birga barcha tulovlar faqat maxsulotlar qabul qilingandan keyin mavjud boladi. Byudjet bajarish boyicha ish vaqti boyicha aniq belgilangan.

Maxalliy xokimiyat organlar xarajat operatsiyalarini otkazish tola davri
(Xisob varaqasidagi mablaglarni qabul qilingan paytdan kassaviy xarajat
qilish paytgacha bolgan) - 11.5 ish kuni.
Markaziy xukumatning xarajat operatsiyalarini otkazish tola davri- 8 kun. Muddatlarni jiddiy qisqartirish markaziy xukumat amaldorlar yuqoriroq darajali kasb bilarmonligiga hamda yuqoriroq darajada rivojlangan infratuzilmasiga bogliqdir.
Istisno- davlat xaridlari. Ular uchun Evropa birlashmasi tomonidan direktiv tarzda 45 kunli muddat qoyilgan. Shu bilan birga amaliyotda orta yilgi muddat 35 kundan iborat.

  1. Byudjet va xisobot malumotlarini tayyorlash.

Markaziy xukumatining daromadlar xarajatlarini xisobga olishi Frantsiya Gaznachiligining 3500 bolimlar tomonidan otkazilayapti.Barcha malumotlar xar kuni Markaziy ruyxatga olish agentligiga (ASST) tushadi.
Quydagi davriy xisobotlar mavjud:

  • Yillik Ochiq xisobot,

  • Frantsiya Iqtisod, moliya va sanoat vaziriga beradigan kundalik operativ xisobot,

  • Frantsiya Iqtisod, moliya va sanoat vazirlik boshqaruviga xamda parlamentga taqdim qiladigan kvartallik xisobot.

Jami Frantsiya markaziy xukumati va maxalliy xokimiyat organlarining byudjet tashkilotlari soni 110 ming.

  1. Konsalting.

Gaznachilik amaldorlar byudjet tashkilotlar va maxaliy xokimiyat organlarga moliyaviy konsultantlar bulib chikadi. Ular beradigan maslaxatlar byudjet bajarilish protseduralari, soliq maoshlari va x. k. ga tegishli. 2002 yilda 7000ga yakin rasmiy maslaxatlar berilgan edi.
Moliyaviy soxasidagi mutaxassislar bilan taminlash jiddiy muammolarga ega bolgan Frantsiyada 36 ming kommunalar borligini nazarga olgan xolda shu konsultattsiyalar byudjet xuquqiy munosabatlari subektlari uchun juda xam muxim. Shu ishni qilish uchun infarmatsion texnologiyalar aktiv ravishda ishlatiladi.Ikkita ixtisoslashtirilgan dastur maxsulotlari xamda Frantsiya Gaznachiligining ommabop sayiti mavjud.
Shu konsaltingni sifati Frantsiya Gaznachiligi uchun printsipial axamiyatga ega chunki maxalliy xokimiyat organlari byudjetni bajarish jarayonida xosil boladigan nosozliklar uchun Adminstrativ va jinoyat javobgarligiga Frantsiya Gaznachiligintng amaldorlari tortiladi. Munosib mamuriyatlar vakolatchilar faqat siyosiy javobgarligiga tortadi.



  1. Umumiy mablaglarni va jamgarmalarni boshqarish.

Frantsiya Gaznachiligida quydagi moliyaviy resurslar ishlatiladi:

  • Markaziy xukumatning,

  • Maxalliy xokimiyat organlarining,

  • Notariusning ,

  • Vasiylikda bulgan jismoniy shaxslarning..

Asosiy vazifalar.

  1. Frantsiya butun Gaznachiligining faoliyatini koordinatsiya qilish.

  2. Davlat ruyxatga olish amaliyotining qoidalarini modernizatsiya qilish- Davlat ruyxatga olish tizimining isloxati.

  3. Maxalliy xokimiyat organlariga isloxatlarda yordam korsatish.

  4. Frantsiya Gaznachilik kadrlarini boshqarish.

Davlat moliyasini royxatga olish boshqarmasi (Frantsiya gaznachiligi) Markaziy apparatning tashkiliy tuzulmasi.
Umumiy malumot.
Frantsiya gaznachiligi yagona raxbar tomonidan boshqariladi. Raxbarga ikkita orinbosar boysunadi.(Bittasi joriy masalalarni xal qilishini koordinilashtiriadi, boshqasi reinjiniring (strategik rivojlanish) boyicha ishlarni ozaro muofiqlashtirishga javobgar)
Davlat moliyasini royxatga olish boshqarmasini (Frantsiya gaznachiligi) tashkiliy tuzulmasi qulostida 7 ta boshqarmalar mavjud bularda 1100 odamlar ishlayapti.
Davlat moliyasini royxatga olish boshqarmasi (Frantsiya gaznachiligi) Markaziy apparati Parijni Bersi tumanida joylashagn.
Mamlakat ichida va xorijda jami 3 528 bolimi mavjud.Ulardan 3300 - operativ idoralar. Ulardan 600 tasida 3 ta odam ishlayapti.Ulardan 60%i qishloqlarda joylashgan.
Frantsiya Gaznachiligi xududiy organlar tuzilmasi Frantsiya mamuriy xududiy bolinishiga ega.
Frantsiya gaznachiligi xududiy organlar tizimini maxaliy darajasini strategik rivojlanish siyosati bolimlarni koydagi yonalishlar boyicha ixtisoslantirish printsipi da otkazilyapti. pravleniyam:

  • Soliqlarni yigish,

  • Jarimalarni yigish ,

  • Mahaliy byudjetlar bilan ishlash.

Bugungi kunlarda oralik moliya boshkarmalar mavjud (ular tashkiliy ravishda regional boshqarmalar va maxaliy bolimlar ortasida joylashtirgan).

  1. «Frans-Trezor» agentligi - iqtisod, moliya va sanoat vazirligining eng yosh va dinamik ravishda rivojlayotgan idoralaridan biri bolib 2001yilda tashkil topgan va 30 shtatli xodimlardan iborat. EKS mablaglarini boshkarishida FTA xodimlari koydagi talablarni kollanma qilib olish kerak:

  • Markaziy EKS ni doimiy kredit salvdosini taminlash;

  • Eng kam byudjet xarajatlarni sarf qilib kassaviy operatsiyalarni otkazish uchun bolgan ehtiyojlarni moliyalashtirish;

  • Ortiqcha pul mablaglarni eng foydali shartlarida joylashtirish;

  • Frantsiya davlat qarzni samarali boshkarish.

Koydagi talablarga javob berish uchun FTAda byudjet oqimlarni istiqbollashtirish va analiz qilish, kop multiplikatorlarni oziga olgan zamonaviy metodlaridan, gaznachilikni qimmatbaho kogozlar asosiy va ikkilamchi bozorlarda, xamda nafaqat Frantsiyadagi, balki boshqa Evro zonadagi mamlakatlardagi depozit va byudjet kredit bozorlarda faoliyat korsatishidan foydalanilyapti.
FTAni tashkil topishidan byudjet samaraligi shuni korsatadi-ki, tola bolmagan birinchi ish yili ichida Frantsiya byudjetiga 500 mln. evroga yaqin pul (asosan bosh byudjet mablaglarni joylashtirishdan tushgan daromadlar korinishida) tushdi.
Frantsiyada Byudjetni bajarilishini gaznachilik tizimida chukur tashkiliy ozgarish boldi. 1959 yildagi Organik Qonuni orniga 2001 yil 1 avgustda qabul qilingan, 2006 yil 1 yanvardan ishga tushirilgan yangi Davlat byudjeti qonunlar haqida 2001-692 Organik Qonun chiqqarildi. Qonun qabul qilingandan uni ishga tushirilgungacha otgan bunday uzoq vaqt Urishdan keyingi paytlarda bolgan byudjet jarayonini chukur islohatlashtirishiga puxta tayorlanish zaruriyati bilan izohlanadi.
Uch qismli masalasini hal qilish moljallanmoqda:

  • Byudjet jarayoni umummilliy maqsadli dasturlarini amalga oshirishi bilan aniq natijalarga erishishni moljal qilib ishlash;

  • Byudjet transparentligi darajasini tubdan yaxshi qilish va uni(byudjetni) bajarishiga Parlament tomonidan nazorat qilish darajasini kuchaytirish;

  • Byudjetning mamlakatdagi iqtisodiy xayotida ornini va rolini oshirish.

2. Rossiya Federatsiyasida davlat byudjeti gazna ijrosi faoliyati
Rossiyada davlat moliyasini boshqarishda Imperator Aleksandr 2 hukmronlik qilgan davrda yagona kassa masalasi qoyilgan. Moliya vazirligi uchun kassa shuning uchun kerak ediki, bir tomondan tushayotgan davlatning barcha daromadlarini birlashtirish, ikkinchi tomondan gaznadan togridan-togri kredit berish yoli bilan davlat xarajatlarini moliyalashtirishni amalga oshirishdan iborat.
1872 yilda Imperiyadagi gaznachilikning yagona meyoriy xujjati ishlab chiqildi, undagi qoidalarning mazmuni quyidagilardan iborat edi: gaznachilar tomonidan turli xildagi tangalar va kredit qogozlarini gaznaga qabul qilish tartibi, bir yola va doimiy beriladigan pensiya va nafaqalarni tolash tartibi, gaznachilikdan qimmatli qogozlar uchun foizlar tolash tartibi berilgan.
Osha davrdagi mamlakatning iqtisodiyotini juda tez rivojlanishi va uning mamuriy qayta tuzilishdagi ozgarishlar moliyani rolini yanada oshirishni talab etar edi. Imperator Nikolay 2 hukmdorlik qilgan davrda Moliya vazirligi faoliyatida, jumladan, Bosh Gaznachilik Departamentida juda kop tarkibiy va sifat ozgarishlari qilindi. 1890 yilga kelib gaznachilikning tarkibini ozgarishi bilan shtatlar soni etarli miqdorda oshdi, bu faqatgina kirim-chiqim moddalarining umumiy sonini oshishi bilan emas, balki gaznachilikning buxgalteriya kitobining alohida hisob-kitob hisobraqamlarning sonini oshishi bilan bogliq edi.
Rossiya Federatsiyasining byudjet tizimini barcha bosqichlarida byudjet ijrosi «yagona kassa» tamoyili asosida amalga oshiriladi. «Yagona kassa» tamoyili Rossiya Federatsiyasi qonuniy xujjatlariga muvofiq, byudjet daromadlarini barcha tushumini, byudjet taqchilligini manbalarini jalb etish va moliyalashtirishni va byudjetning yagona hisobraqamidan barcha xarajatlarni amalga oshirishni kozda tutadi.
Federal byudjetning daromadlar qismi ijrosi haqida gapiradigan bolsak, soliq organlarining Moliya vazirligi boysunuvidan chiqqanligi Federal byudjet ijrosi jarayonlarini tezkor boshqarish uchun zarur bolgan axborotlarni uzatishni bolinishiga olib keldi. Davlat soliq xizmati kanallari boyicha barcha soliq tolovlarning amalga oshirilganligi togrisida malumotlar mavjud. Lekin shunga qaramasdan, Rossiya Moliya vazirligi ozining xududiy organlaridan haqiqatda federal byudjetning daromadlar qismiga tushgan miqdori togrisida toliq axborot olish imkoniyatidan chetlatilgan, bu esa byudjet amaliyotidagi moliyalashtirishning kechikishiga olib keldi.
Davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish, himoyalash, nazorat qilish va hisobga olishni taminlash katta muammo bolib qoldi. Davlatning moliya tizimi boshkaruvi boyicha davlat talablarini amalda bajarilishini taminlovchi ijro boshqaruvi organini tuzish zaruriyati yuzaga keldi.
Malumki, Rossiyada 1928 yildan 1917 yilgacha «barcha kirim va chiqimlarni hisoblash» mavjud bolgan, bu vazifalarni Davlatning Gaznachilik Deportamenti amalga oshirgan.
Rossiyada byudjet ijrosini tahlili shuni korsatadiki, 90-yillar boshida Rossiyada davlat gaznasini toldirish bilan bogliq va uning resurslarini xarajat qilishning nazoratini taminlashga zururiyat tugildi.
Rossiya Federatsiyasi 90-yillarning boshidan yakka tizimli moliya boshqaruvidan voz kechdi, bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida moliyaviy manfaatni himoya qilishni oz oldiga vazifa qilib qoydi. Shunday qilib, federal byudjet ijrosini amalga oshira oladigan tezlikda yangi moliya organini tuzish masalasini hal qilish kerak edi.
Rossiya Federatsiyasida 1992 yili federal miqyosda xududiy gaznachilik tizimi vujudga keldi. Federal Gaznachilik organi Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligi tarkibiga kiradi, markazlashgan tizim hisoblanadi va u hududiy tamoyillarga asoslanadi. Bunga huquqiy asos bolib Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Farmoni, «Gaznachilik togrisida»gi Nizom xizmat qildi.
Mamlakatda davlat byudjet siyosatini olib borish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni federal byudjet daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarish, davlat dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, tushumlar ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat mablaglarini maqsadli va iqtisod qilib ishlatish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligiga boysinuvchi Federal Gaznachilik organlarining markazlashtirilgan tizimi shakllantirildi.
2000 yil 1 yanvaridan boshlab Rossiya Federatsiyasi byudjet kodeksi ishga tushirilishi sababli Federal gaznachiligining rivojlanishi yangi impulsni oldi. Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksi Rossiya Federatsiyasini byudjeti bajarilish jarayoni qoydagi asosiy vazifalarni hal qildi:

  • Rossiya Federatsiyasida byudjetlarning xazinachilikni bajarilishini mustaxkamladi;

  • Kassa xarajatlarining shu moliyaviy yilga byudjet xaqidagi boyrugi bilan belgilangan normalarga zaruriy darajada togri kelishini taminladi.

- Shuni belgiladiki byudjet mablaglarini qabul qiluvchiga etgan byudjet majburiyatlari limitlar hajmi byudjet mablaglari xisobidan tulayotgan va qabul qilingan majburiyatlar xajmiga teng bolishi kerak;

  • Federal byudjetning mablaglarini Bosh idora qiluvchilar va qabul qilib oluvchilar ularga ajratilgan mablaglarni maqsadli ishlatish javobgarligi belgilandi. 2000-2002 yil davomida 89 Federal gaznachilik boshqarmalari va 2254 Federal gaznachilik bolimlarni oziga olgan Federal gaznachilik organlari vertikal tuzilmasini yaratilishi tugatilgan.

2002 yilda Rossiya Federatsiyasi Mudofa vazirligining ayrim idoralaridan tashqari barcha Federal idoralari Federal gaznachilik organlari tomonidan taminlashga otkazish jarayoni amaliyotida tugatilgan.
Federal tashkilotlarni nobyudjet mablaglari bilan operatsiyalari ham Federal gaznachilik organlari nazorat ostiga olingan. 2002 yil 1 yanvardan boshlab 33 ming Federal tashkilotlarning nobyudjet mablaglarini ruyxatga olish xisob raqamlari Federal gaznachilik organlarida ochilgan.
Federal gaznachilik organlari tuzilmasi rivojlanishida yangi bosqich 2004 yil 9 martda qabul qilingan Ijroiya xokimiyati Federal organlar tizimi va tuzilmasi haqida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 314 farmoni asosida otayotgan admenstrativ isloxatlashtirish bolgan.
Shu isloxot otkazish natijasida 2005 yil 1 yanvardan Federal gaznachilik Rossiya Federatsiyasi moliya vazirligi tizimidan chiqarilib Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziriga boy sunadigan Federal xizmatiga aylantirildi.
Shu ozgartirishlar boyicha federal byudjetni bajarilishini taminlash vazifalari Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligidan Federal gaznachilikga otdi, xamda federal byudjetni bajarilish va Rossiya Federatsiyasi konsolidatsion byudjetni bajarilish xakida xisobotlarni tayorlash vazifasi yuklatildi.
2004 yil 1 dekabrda chiqqan Federal gaznachilik haqida 703 Rossiya Federatsiyasi hukumatini qarori asosida Federal gaznachilik haqidagi nizom qabul qilindi.
Zamonaviy bosqichda Federal gaznachilik organlari oldida qoydagi asosiy vazifalar turadi:

  • federal byudjet bajarilish davomida otkazilayotgan kassa operatsiyalarini otkazish;

  • byudjet haqida qonunlarni byudjet jarayoni qatnashchilari tomonidan rioya qilishini dastlabki va kundalik nazoratini otkazish.

  • Qonun tomonidan belgilangan normativ boyicha byudjet tizimiga tushgan daromadlarni xar xil darajali byudjetlar orasida taqsimlash;

  • Rossiya Federatsiyasi subektlarini byudjetlar va maxalliy byudjetlar bajarilishini kassaviy taminlashni otkazish;

  • Federal byudjetning bajarilishi haqida hisobotlarni oz vaqtida va sifatli tayyorlash.

2004-2006 yillarda Rossiya Federatsiyasida byudjet jarayonini isloxatlashtirish kontseptsiyasi. Kontseptsiya maqsadi davlat (munitsipal) moliyani maksimal darajada samarali boshqarish uchun shart-sharoitlarni tuzish. Bu isloxotning tub manosi - byudjet xarajatlari va ularning natijalari ortasida togri bogliqlikni aniqlash, foydalanishning songi natijalarni ommaviy axamiyatini va davlat siyosati birinchiliklarni xisobga olgan xolda byudjet resurslarini davlat maqsadlari, vazifalari va funktsiyalari boyicha taqsimlash. Isloxatni amalga oshirish uchun xarajatlarni boshqarish efektiv texnologiyani taminlayotgan - natijaga kiritilgan byudjetlashtirish, boshqacha aytganda byudjetli rejalashtirish - usulidan foydalanish taklif kiritildi. Bu usul dunyo amaliyotida, jumladan Germaniya Federativ Respublikasida, muvofiqiyatga erishadigan usul sifatida tavsiya qilindi.
Birlashgan gaznachilik xisobi xolatida bir tomondan byudjet defitsiti, ikkinchi tomondan byudjet mablaglari xaddan tashqari kopligiga bogliq xar xil ozgarishlar uchraydi. Birinchi vaziyatda xisobni mustaxkamlash va kreditlarni jalb qilish kerak, ikkinchi vaziyatda esa - bush pul mablaglarini foydali sharoitlarda joylashtirish kerak boladi.
Mamlakatda yangilanish boshlanishi bilan yangi byudjet qonunchiligi yaratildi, yani qonuniy organlarning tasdigidan keyin byudjet ijrosi boshlandi. Hozirgi paytda byudjet ijrosining asosiy mezonlari Rossiya Federatsiyasining Byudjet Kodeksiga asoslanadi. Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksining 215-moddasida takidlanishicha, Rossiya Federatsiyasida byudjet ijrosi gaznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Shu moddaga asosan hokimiyat ijroya organlariga byudjetning ijrosi va uni tashkil etish, shuningdek, byudjet mablaglarini va byudjet hisobraqamlarini boshqarish yuklatiladi. Xuddi shu organlarining ozi barcha taqsimlovchilarning va byudjetdan mablag oluvchilarning kassirlari hamda byudjet tashkilotlari nomidan byudjet mablaglari hisobidan tolovni amalga oshiradilar.
Hududiy Gaznachilik organlari uch bosqichga bolinadi:
Birinchi bosqich. Federal Gaznachilikning Bosh Boshqarmasi Moliya Vaziri orinbosari miqyosidagi boshliq tomonidan boshqariladi. Doimiy ravishda yigma, toliq va standartlashtirilgan hisob-kitob va gaznachilik hisobini olib boradi, mahalliy byudjetni kirim-chiqim togrisida yuqori ijro va qonun chiqarish organlariga axborot beradi. Gaznachilikning quyi organlari ishini nazorat qiladi, Federal byudjet tushumi togrisida ulardan tezkor axborotlar va hisobotlar yigadi, byudjet ijrosining qonunchilik asosida ijrosini taminlaydi.
Ikkinchi bosqich. Federal Gaznachilikning Boshqarmasi Sankt-Piterburg, Moskva shaharlari, avtonom uyushma, oblast va Rossiya Federatsiyasi ichidagi respublikalaridan iborat. Hududlardan Gaznachilikning organlari tomonidan federal byudjetning kirim- chiqim qismini shakllantirishda barcha qabul qilingan qarorlar ijrosini taminlaydi.
Uchinchi bosqich. Federal Gaznachilik bolinmalari. Shahar, tuman va shahar tumanlari, tumanga qarashli shaharlardan tashqari byudjetdan mablag oluvchilar tomonidan qilinadigan xarajatlarni maqsadli ishlatilishini taminlash va hududlarda federal byudjetning daromadlar qismini shakllantirishni taminlaydi. Federal Gaznachilik bolinmalari hududdagi federal byudjetning tushum va xarajatlari ijrosi togrisida yuqori tashkilotlarga axborot beradi.
Barcha Federal Gaznachilik organlari yuridik shaxs maqomiga ega bolib, ijro xokimlik organlariga tegishli va oz faoliyatida Rossiya Federatsiyasi Moliya Vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Prezidenti tomonidan tasdiqlanagan meyoriy va qonun xujjatlariga tayanadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1992 yil 8 dekabrdagi 1556-sonli Farmoni, Rossiya Hukumatining 1993 yil 27 avgustdagi 864-sonli Qarori chiqishi bilan Federal Gaznachilik shakllantirildi.
Federal byudjet ijrosi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki yoki uning shohobchalarida ochilgan hisobraqamlarida gaznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladi yoki Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tijorat banklari ham amalga oshiradi. Rossiya Federatsiyasining Byudjet kodeksining 155- moddasida takidlanishicha, Rossiya Markaziy banki muassasalarida gaznachilik organlarining hisobraqami mavjud. Hududlarda Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki muassasalari bolmasa, gaznachilik hisobraqami vakolat berilgan xususiy tijorat banklarida boladi.
Yuqorida toxtab otilganidek, xorijiy mamlakatlarning gaznachilik amaliyoti tajribalarini organish naqadar muhim bolsa, malum davr umumiy tarixga ega bolgan mamlakatlarning bu boradiga tajribalari biz uchun undan ham muhimroqdir. Tabiiyki, respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish borasidagi ishlarning boshlangich bosqichida bizning respublikamiz kabi sharoitga ega bolgan sobiq ittifoq respublikalari hamda boshqa markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotga ega bolgan Sharqiy Evropa davlatlarida mazkur ishlar qanday amalga oshirilganligi, mavjud yutuqlar va kamchiliklarga diqqat-etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunga kelib mustaqillikka erishgan sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarining barchasida u yoki bu shakldagi gaznachilik tizimi faoliyat korsatib kelmoqda. Ularning barchasida tolov operatsiyalari moliya vazirliklari tarkibiga kiruvchi gaznalar orqali amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, hozirda ham bazi mamlakatlarda tolov operatsiyalari, masalan, mudofaa, huquq-tartibot vazirliklarini moliyalashtirish gaznalar tashqarisida yurgazilmoqda. Bu mamlakatlardagi Markaziy banklarda hukumat, ayrim hollarda esa mahalliy boshqaruv organlari moliyaviy resurslarining katta qismi yoki barchasini, byudjetdan tashqari jamgarmalarni oz ichiga oladigan yagona gazna hisob raqamlari ochilgan. Ammo barcha davlatlarda boshlangan islohotlar ozining tola yakuniga etganicha yoq. Otgan davr mobaynida ularga tegishli ozgartirishlar kiritildi va shuning evaziga mavjud tizimlar takomillashtirishda davom etmoqda. Sobiq ittifoq davlatlari tomonidan gaznachilik boyicha olib borilaetgan islohotlarni Ukraina va Rossiya tajribalari misollida korib chiqadigan bolsak, hozirgi kunda Respublikamizda gaznachilikda olib borilayotgan chora- tadbirlarga qoshimcha ijobiy yonalishlarni aniqlab olishimiz mumkin boladi.
Ukrainada gaznachilik funktsiyalari bir nechta davlat boshqaruv organlari ortasida taqsimlangan. Davlatning tashqi va ichki qarzlarni boshqarish Vazirlar Mahkamasining ishonchi bilan Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Lekin mazkur mablaglardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat Xisob palatasi vakolatlariga kiradi. Moliya vazirligi vakolatlariga byudjetni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish va byudjet birliklari uchun xarajatlar smetalarini tuzish kiradi. Byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun tushumlar yigish bilan Moliya vazirligi tarkibidagi soliq va bojxona xizmatlari shugullanadi. Barcha pul mablaglari mamlakatdagi bank tizimi orqali Gaznachilikning Milliy bankdagi yagona xisobiga kelib tushadi. Yagona hisobraqam boyicha tushumlar va tolovlar hisobini gaznachilik yuritadi.
Qimmatli qogozlarni chiqarish, yuqorida korsatib otilganidek, Moliya vazirligi zimmasidadir. Byudjet ijrosi jarayonidagi kassa uzilishlarini qoplash uchun bank kreditlaridan foydalanish, qonunchilikka muvofiq taqiqlangan. Byudjet birliklari tomonidan xarajatlar boyicha majburiyatlarni olish ustidan nazorat gaznachilik tomonidan olib boriladi. Byudjet birliklari tomonidan xarajatlar boyicha olingan majburiyatlar toliq taminlangandan song, ular tomonidan gaznachilik organlariga tolov sorovnomalarini taqdim etadilar. Ichki nazorat va audit amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq bevosita byudjet birliklarining yuqori tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi togrisidagi malumotlar Moliya vazirligi tomonidan chop etiladi. Moliya vazirligi byudjet ijrosini umumiy boshqaruvini amalga oshiradi. Ukrainaning moliyaviy axborot tizimi Gaznachilik xizmati javobgarligidadir.
Rossiyada davlat moliyaviy resurslarni boshqarishda gaznachilik funktsiyalari quyidagicha taqsimlangan.
Moliya Vazirligi - byudjet loyihasini tuzish va hukumatga taqdim etish, davlatning byudjetdan tashqari fondlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, hukumat topshirigiga asosan davlat nomidan Federal mablaglar hisobidan qaytarib berish sharti bilan beriladigan qarzlarni berish va olish uchun kafolatlar berish, federal byudjet loyihasini tuzish va ijro etish sohasida uslubiy rahbarlik qilish, jamlangan Federal byudjetini tuzish, xukumat topshirigiga asosan, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshirish, qimmatli qogozlarni chiqarishda emmitent sifatida ishtirok etish, davlatning tashqi qarzlarini boshqarish, barcha mulkchilik shaklida faoliyat yurituvchi shaxslarga buxgalteriya hisobi boyicha uslubiy raxbarlik qilish, byudjet ijrosining joriy nazoratini amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Federal Gaznachilik - byudjet ijrosini togri amalga oshiradi, byudjet mablaglarini boshqarish va hisobini yuritadi, belgilangan limitlar doirasida xarajatlarni, byudjet ssudalarini berish va byudjet investitsiyalari moliyalashtiradi, tolovlarni toliq va oz vaqtida amalga oshirilishini taminlaydi, byudjet ijrosi togrisida malumot va hisobotlar tuzadi, yagona hisobraqam boyicha tushumlar va tolovlarni hisobga oladi va nazorat qiladi.
3. Qozogiston Respublikasida gaznachilik faoliyati
Qozogiston Respublikasida 1994 yilda Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida gaznachilik tizimi joriy qilindi. 1995 yilning oxirida esa Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligida Gaznachilik Bosh boshqarmasi Gaznachilik Qomitasi tashkil etildi. 1996 yilda byudjet Milliy bankning hisob-kassa markazida respublika va mahalliy byudjetlarning hisob-kassasiga xizmat qiluvchi Byudjet banki tashkil etildi. Bunda Gaznachilik idoralariga naqd pul operatsiyalaridan boshqa bank operatsiyalarini otkazish huquqi berildi. Shu bilan birga daromadlar va xarajatlar uchun Gaznachilikning yagona hisobi Milliy bankda ochilib, uning hududiy idoralari bilan korrespondentsiya hisoblari tartibi joriy qilindi. 1997 yilda Byudjet banki bekor qilinib uning funktsiyasi gaznachilikning hududiy idoralariga berildi. 1995 yilda gaznachilikning hududiy idoralari viloyatlarda, tuman va shaharlarda tashkil etildi. Ayni vaqtda Qozogiston Respublikasida 16 ta viloyat va 184 ta tumanda mavjud bosqichining barcha boginlarida gaznachilik faoliyat korsatmoqda.
Qozogiston Respublikasi gaznachilik tizimining tarkibi quyidagicha tuzilgan:

  1. Gaznachilik qomitasi-Markaziy gaznachilik.

  2. Gaznachilikning viloyat boshqarmalari.

  3. Tumanlardagi Gaznachilik bolimlari.

Qozogiston Respublikasi Hukumatining 1999 yil 24 mayda 626-son «Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligining Gaznachilik Qomitasi masalalari togrisida» qaror qabul qilindi. Qarorda Qozogiston Respublikasi Gaznachilik qomitasi togrisidagi Nizom belgilandi va Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligining Gaznachilik Qomitasining tarkibiy tuzilishi aniqlandi.
Qozogiston Respublikasi Gaznachilik Qomitasi Moliya vazirligining boshqarmasi bolib, Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligi unga bergan vakolat chegarasida oziga yuklatilgan maxsus ijro va nazorat tekshiruv funktsiyalarni bajaradi, shuningdek, respublika byudjetini ijro etilishida mintaqalararo muvofiqlashtirish ishini amalga oshiradi, Davlat byudjetiga va byudjet tashkilotlariga hisob-kassa xizmatini korsatadi hamda Davlat byudjeti mablaglarini maqsadli ishlatilishida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi. Gaznachilik qomitasi Qozogiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qozogiston Respublikasi qonunlariga, Prezedent aktlariga, Qozogiston Respublikasi Hukumatining huquqiy-meyoriy xujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizom asosida faoliyat korsatadi.
Gaznachilik qomitasi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
O respublika byudjeti kassali ijrosini tashkil qilish va nazaratni amalga oshirishni yaxshilash;
O davlat byudjetining, xususan, davlatning va davlat tashkilotlarining korsatadigan pullik xizmatlaridan tushgan tushumlarni, depozit summalarini, begaraz yordam va homiylikdan tushgan mablaglarning hisob- kassasiga xizmat qilishni yaxshilash;
O byudjet tizimida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishda qatnashish;
O respublika byudjeti mablaglarini samarali va maqsadli ishlatilishining nazoratni taminlash;
O Gaznachilik Qomitasida davlatni axborot tizimining faoliyatini taminlash.
Gaznachilik qomitasiga quyidagi funktsiyalar yuklatildi:
O respublika byudjeti, mahalliy byudjetlarni ijrosida hisob-kassasiga xizmat qilish hamda ozining vakolati doirasida davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish;
O kelgusi yil byudjet limitlari doirasida, gaznachilik ruxsatnomalarini berish asosida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish;
O respublika byudjetining naqd pul oqimlarini prognozini qilish;
> davlat tashkilotlari xarajatlarining, shuningdek, davlatning va davlat tashkilotlarining korsatadigan pullik xizmatlaridan tushgan tushumlarni, depozit summalarini, homiylardan tushgan mablaglarning hisob-kassasiga xizmat qilishni yaxshilash.
Gaznachilik Qomitasi tashkiliy-huquqiy tuzilishi jihatidan davlat tashkiloti, huquqiy shaxs sifatida milliy tildagi muhriga, belgilangan nusxadagi blankalariga ega. Huquqiy fuqarolik munosabatlarida Gaznachilik Qomitasi oz nomidan ish koradi. Qonun xujjatlari boyicha vakolat berilganda, huquqiy fuqarolik munosabatlarida Qozogiston Respublikasi Gaznachilik qomitasi davlat nomidan ish koradi.
Gaznachilik davlat muassasasi bolib, uning toliq nomi Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligining Gaznachilik qomitasi deyiladi. Gaznachilik qomitasi faoliyatini respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. Gaznachilik qomitasining tuzilishi va shtatlar soni limiti Qozogiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
Gaznachilik Qomitasi belgilangan qonun xujjatlariga muvofiq, Qozogiston Respublikasi hududida majburiy kuchda bolgan buyruqlarni chiqaradi. Gaznachilik Qomitasining mulki ishlatishga berilgan Respublika umummilliy boyligi hisoblanadi, Gaznachilik qomitasiga uni taqsimlash uchun huquq berilmagan. Gaznachilik qomitasi agar qonuniy aktlar asosida faoliyatida daromad keltiradigan faoliyat amalga oshirilsa, bu faoliyatdan tushgan daromadlar respublika byudjeti daromadlariga yonaltiriladi.
Qozogiston Respublikasi Gaznachilik Qomitasi Moliya vazirligining tavsiyasiga muvofiq, Qozogiston Respublikasi Hukumati tomonidan tayinlangan Rais rahbarlik qiladi. Gaznachilik Qomitasi Raisining uchta orinbosari bolib, Raisning tavsiyasiga muvofiq, Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligi ularni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Gaznachilik qomitasining Raisi Gaznachilik qomitasini tashkil etadi va rahbarlik qiladi va Gaznachilik qomitasiga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarilishiga javobgar hisoblanadi.
Shu maqsadda ozining orinbosarlarini, Gaznachilikning tashkiliy bolinmalarini rahbarlarini majburiyatlarini va vakolatlarini aniqlaydi, tasdiqlangan tarkibiy tuzilish chegarasida shtatlar jadvalini va shtatlar soning limitini belgilaydi. Gaznachilik organlari xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish togrisidagi buyruqlarga imzo chekadi. Gaznachilik organlari mintaqaviy va tashkiliy bolinmalarining tarkibiy tuzilishi togrisidagi Nizomni tasdiqlaydi.
Qozogiston Respublikasining Gaznachilik qomitasini oziga yuklatilgan vazifalarni va funktsiyalarni bajarishi uchun unga quyidagi huquqlar berilgan:
o Gaznachilik qomitasini milliy va chet el valyutasidagi Gaznachilikning yagona hisobraqamini ochadi;
o davlat tashkilotlaridan, davlat byudjetidan mablag olgan tashkilotlardan, shuningdek, respublika va mahalliy byudjetlardan malumotlarni va buxgalteriya hisobotlarini oladi hamda ularni oz vaqtida taqdim etilishini talab etadi;
o Qozogiston Respublikasining Milliy Banki tomonidan berilgan litsenziyaga asosan, milliy va chet el valyutasida bank operatsiyalarini amalga oshiradi;
o doimiy harakatdagi tarkibi davlat boshqaruv organlari, olimlardan, mutaxassislardan va boshqa tashkilot vakillaridan iborat Uslubiy Kengash hamda vaqtinchalik ishchi guruhini tuzadi;
o Gaznachilik tizimi xodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tashkil qilishda qatnashadi;
o Gaznachilik organlaridagi byudjet tizimi va ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; o respublika byudjeti, mahalliy byudjetlarning ijrosi togrisidagi hisobotlarni tayyorlaydi va mahalliy byudjetlarni axborotlar bilan taminlaydi;
o davlatning moliyaviy prognozlarini shakllantiradi;
o Gaznachilik organlari faoliyatida va ularning oz vazifalarini bajarishida meyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boyicha takliflar beradi;
o byudjet ijrosidagi noqonuniy holatlarda, byudjet mablaglari maqsadsiz ishlatilgan holatlarda, davlat byudjeti uchun mablaglarini qaytarib tushiradi va byudjet mablaglari bilan amalga oshiriladigan bank operatsiyalarini toxtatib qoyadi;
o Gaznachilik organlari ozlariga berilgan vakolatlar doirasida huquqiy shaxslar tomonidan moliyaviy intizomga rioya etish, shuningdek, byudjet mablaglaring ishlatilishida javobgarlikni oshirish uchun nazoratni va tekshiruvni amalga oshiradi;
o davlatning moliyaviy mablaglaridan maqsadli ishlatilishining dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi.
Qozogiston Respublikasi Xukumatining 1999 yil 28 sentyabrdagi 1464-son «Davlat byudjeti mablaglari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni Qozogiston Respublikasi Milliy Bankining litsenziyasini olgan, shu korinishdagi bank operatsiyalarini bajara oladigan Bank-Agentlar ikkinchi bosqichdagi banklardan, tolash tartibini takomillashtirishning chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga muvofiq yoriqnoma ishlab chiqildi va Qozogiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000 yil 17 noyabrdagi 488-son buyrugi bilan tasdiqlandi. Mazkur yoriqnoma Qozogiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 18 dekabrda 1333-son bilan royxatdan otdi.
Qozogiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Qozogiston Respublikasining «Mehnat togrisidagi» qonuniga muvofiq, Davlat byudjeti mablaglari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni Bank-Agentlar orqali oluvchilarning xohishiga asosan mablaglarni ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga otkaziladi.
Ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni oluvchi oziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga otkazilishi togrisida yakka holda, Bank-Agentlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma ikki nusxada boladi, birinchisi Bank-Agentlarda qoladi, ikkinchisi oluvchiga beriladi. Bank-Agentlar mazkur tartib boyicha oluvchilarning barcha savollariga javob beradi.
Bank-Agentlar orqali ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni oluvchi oziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga otkazilishidagi xizmatlar uchun tolov davlat byudjetidan tolanadi. Oluvchi davlat tashkilotiga ozining ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarini Bank-Agentlarga otkazish togrisida tuzilgan shartnomaning sanasini, raqamini va Bank- Agentning rekvizitlarini korsatgan holda, ariza taqdim qiladi.
Mazkur davlat tashkilotlari oluvchiga xizmat korsatish uchun Agentlik Kelishuvini tuzadi va unga imzo chekishga huquqi bolgan rahbar lavozimdagilarni imzosining nusxasini taqdim qiladi. Ular ortasida elektron imzolar ham almashadi. Bunda oluvchining individual shaxsiy hisobraqami nomeri, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan summa kabi rekvizitlar mavjud. Mazkur davlat tashkilotlarining rahbarlari oluvchilarni ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni Bank-Agentlar orqali ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki kart- schyotlarga otkazilishi togrisidagi axborotlar bilan taminlaydigan javobgar shaxslarni aniqlaydi. Mazkur davlat tashkilotlari Agentlik Kelishuvini tuzgandan keyin ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik tolovlarni oziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kart-schyotlarga otkazishni xohlagan oluvchilarning royxatini taqdim qiladi.
Qozogiston Respublikasi Gaznachilik organlarini ishlash hususiyatlari: Qozogiston Respublikasi fuqarolik kodeksida korsatilganki, byudjet mablaglarini oluvchi bilan imzolangan barcha shartnomalar faqat Qozogiston Respublikasi Gaznachiligida royxatdan otgandan keyin qonuniy kuchga ega boladi..
Hozirgi paytda elektron-raqamli hujjatlar aylanishi amalga oshirishmayapti.
Qozogiston Respublikasi Gaznachiligi tizimidagi idoralar va uning xududiy organlarining butun faoliyati markazlashtirilgan ish tartiblari qattiq belgilangan. Qozogiston Respublikasi Gaznachiligi maxaliy organlarini texnikaviy taminlash Qozogiston Respublikasini barcha viloyatlarida texnik xizmat markazlariga ega bolgan markazlashtirilgan operatorni autsorsinga berib koiladi.
Qozogiston Respublikasi Gaznachiligini tuman bolimlarda buxgalteriya xisobi otkazilmaydi, faqat Qozogiston Respublikasini viloyatlaridagi Qozogiston Respublikasi Gaznachilik Departamentlarida markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi(shu jumladan, ozining taminot smetasi xam) otkazilayapti.


XULOSA
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni korsatadiki, byudjetping ijrosi jarayonida gaznachilnkdan foydalanish alternativ usullaridan biridir. Gaznachilik asosida byudjet mablaglaridan foydalanishda ularni iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq tolovchilarning pulini talon-taroj qilish xollarining oldini oladi. Shuningdek, byudjet gashkilotlarining rahbarlarini ajratilgan byudjet mablaglaridan samarali foydalanishga ragbatlantiradi. “Boshqa mamlakatlardagi gaznachilik tizimini joriy etilshi va rivojlanishida davlat moliya-axborot tizimini joriy etish dovlat moliyasining holati togrisida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshkarishni gaminlaydi”.
Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablaglarini maksadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumknn. Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjetini ijro etish gaznachilik tizimini izchil joriy etishni taminlaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
“Davlat molnyasini boshqarish tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham tayaniladi, umuman olganda, tarix shu qilingan xatolarni korsatib berishi bilan kelgusida katta maktab yaratadi, deyish mumkin, albatta, davlat moliyasinn boshqarish va uni tuzilishi uchun bu qimmatli maktab bolishi lozim”.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling