16.3. Valyuta kursi va uning turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda valyuta kursi va uni aniqlash xususida juda ko’p
fikrlar va yondoshuvlar mavjud. Ular ko’p holatda bir – biriga mos kelmaydi.
Buning asosiy sababi valyuta kursi haqida bildirilgan fikrlar turli georgrafik va
ijtimoiy – iqtisodiy muhitda yaratilganligi bo’lsa kerak.
Valyuta kursi bo’yicha iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikr va
yondoshuvlarning umumiy mazmuni “Valyuta kursi – bu bir mamlakat milliy
valyutasi “bahosini” boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini” anglatadi.
Valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementlaridan biri hisoblanadi,
chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli mamlakatlarning milliy valyutalarini
bir–biriga o’lchashni taqozo etadi. Bu esa valyuta kursi orqali aniqlanadi. Turli
mamlakatlar valyutalari bir – biriga taqqoslab bahosini aniqlash ishlab chiqarish va
ayriboshlash jarayoniga asoslanib ularni ob’ektiv qiymat munosabatlari orqali
amalga oshiriladi.
Valyuta kursi fundamental va boshqa ob’ektiv–sub’ektiv omillar ta’sirida
doimiy ravishda tebranib turadi, bozorda tovarlar va xizmatlar xajmining
o’zgarishi hamda pul tizimining ta’sirida valyutalar kursi aniqlanadi va uni
aniqlash tartibi ham o’zgarib turadi.
Xalqaro amaliyotda valyuta kursining tartibga solib turiladigan va suzib
Do'stlaringiz bilan baham: |