Pul, kredit va banklar
Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar.Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan
hisob – kitoblarda bank to‘lovchining roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim sub’ektlarga ruxsat beradi. Xususan ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi: 1. Issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; 2. Qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda. Talabnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi; 3. Qarzdor boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha kreditlarni vaqtida uzmaganda banklar tomonidan ham qo‘yiladi. Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan aktseptsiz talabnomalarda "kechki" degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kuni to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. To‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarning amaliyotda nisbatan kam qo‘llanilishining asosiy sababi, uning kamchiliklari afzalliklariga nisbatan ko‘pligidadir. Jumladan, uning asosiy kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: – mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgandan so‘ng to‘lov talabnomasini bankka taqdim etishi natijasida, mablag‘ni to‘lovchiga tovar va xizmatlarning sifati to‘liq qoniqtirmagan hollarda to‘lovdan voz kechishi turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi; – to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ning bo‘lmasligi yoki yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining ortib ketishiga olib keladi; – to‘lov hujjatlarining aylanishi va rasmiylashtirish jarayoni to‘lov topshiriqnomalariga nisabatan qo‘shimcha vaqt va ortiqcha mehnatni talab etadi. Afzallik jihatlari shundan iboratki, to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, to‘lov talabnomasi bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish mablag‘ni oluvchi va beruvchi uchun hamda bank uchun ham qo‘shimcha vaqt va ish jarayonini talab etadi. Shu bois bo‘lsa kerak, hisob – kitoblarning mazkur shakli amaliyotda boshqa hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling