Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
ruhiyatiga singib ketgan mo‘jizakor kuchining ta’siri bilan o‘lchanadi. Kishilar
ongida naqd pullar hali ham o‘zlarining tarixiy ajdodlari bo‘lmish haqiqiy oltin pullarning vakillari bo‘lib qolmoqda. Azal – azaldan naqd pullar kishini jamiyatdagi ijtimoiy haq – huquqini tasdiqlovchi guvohnoma vazifasini o‘tab kelmoqda. Shu sababli, har bir shaxs cho‘ntagida omonat daftarchasi, plastik kartochka yoki uning o‘rnini bosuvchi biror hujjat olib yurgandan ko‘ra naqd pullarning o‘zini olib yurishni afzal ko‘radi. Odamlar iqtisodiy hayot jarayonlarini begonalarning aralashuvisiz (anonimnost) boshqarishni hush ko‘radilar, zero naqd pulli hisob – kitoblar har bir shaxsning o‘ziga xos maxfiy hattiharakati hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob – kitoblar esa bunday talabni bajarishga qodir emas, chunki unda albatta uchinchi shaxs bo‘lgan banklar ishtiroki muqarrardir. Bundan tashqari, aholining naqd pul bilan hisob – kitoblar qilishga moyilligi bank tizimiga bo‘lgan ishonch va banklar tomonidan zarur to‘lovlarni qanchalik darajada amalga oshirish qobiliyati bilan ham o‘lchanadi. Agar, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi mustahkam bo‘lsa, ular qo‘llaridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bank omonotlariga topshiradilar hamda banklar tomonidan naqd pullar o‘rniga oson va tez amalga oshirish mumkin bo‘lgan naqd pulsiz hisob – kitoblarning turli shakllari taklif qilib borilsa, naqd pul muomalasi shunchalik qisqarib boraveradi. Qolaversa, aholi bank tomonidan ularning omonatlarga foizlar to‘lashdan oladigan daromadlardan manfaatdordirlar. Shu bilan birga, yana shunday omilni qayd etib o‘tish zarurki, naqd pul muomalasining mavjudligi har bir millatning dunyoqarashi va hayot tarziga ham bog‘liqdir. Ma’lumki, o‘zbek xalqining ko‘pdan ko‘p udum va marosimlari bevosita naqd pullar yordamida amalga oshirilayotganligi ham mamlakatimizda naqd pul muomalasi salmog‘ini oshiradi. Naqd pul muomalasining zaruriy qo‘llanishiga aholining demografik joylashishi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu omilning ta’siri, ayniqsa bizning Respublikamizda sezilarli darajada saqlanib turibdi. Respublika aholisining aksariyat qismi qishloq hududlarida istiqomat qilayotganligi ushbu omil ta’sirini kuchaytirmoqda. Naqd pullarning iqtisodiy jihatdan zaruriy mavjudligi uning huquqiy asoslarini ham saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Barcha mamlakatlarning qonunchilik hujjatlarida naqd pullar asosiy to‘lov vositasi va milliy pul tizimining asosi deb qayd qilingan. Demak, naqd pullar qonunchilik asosida davlat tomonidan himoyalangan. Qolaversa, qonunchilik hujjatlarida ham naqd pullarning naqdsiz pul mablag‘lariga nisbatan ustuvor xususiyati saqlanib qolganini sezish qiyin emas. Deyarli barcha mamlakatlarda naqd pul banknotlari va tangalar muomalaga yagona emissiya banki – Markaziy bank (Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi) tomonidan chiqariladi va naqd pullar Markaziy bankning so‘zsiz bajarishi shart bo‘lgan majburiyati hisoblanadi. Plastik kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘lar esa tijorat banklarining majburiyatlari hisoblanadi va ularning bajarilish darajasi o‘sha tijorat bankining moliyaviy holati bilan baholanadi. Bozor iqtisodiyotidagi mavjud kuchli raqobat har qanday tijorat bankining faoliyatini xavf – xatardan holi qoldirmaydi. To‘g‘ri, har bir mamlakatda bank majburiyatlari ma’lum jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi, jumladan bizning Respublikada ham “Fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul qilingan, lekin har qanday sharoitda ham ular naqd pullar ega bo‘lgan bexatarlikni to‘liq kafolatlay olmaydi. Naqd pul muomalasi o‘z o‘rnida salbiy xususiyatlarga ham egadir. Chunonchi, naqd pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish, ya’ni naqd pullarni muomalaga chiqarish, saqlash, tashish hamda ularni muomalaga tayyorlash bilan bog‘liq katta harajatlarni talab qiladi. Muomalaga yaroqsiz holga kelgan naqd pul biletlarini yo‘q qilish ham maxsus tadbirlar orqali katta harajatlar evaziga amalga oshiriladi. Naqd pullar o‘rniga tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan plastik kartochkalar ham o‘z o‘rnida katta harajatlar va tadbirlarni amalga oshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, plastik kartochkalar albatta naqd pulga almashish qobiliyatini saqlab qolmog‘i zarur, aks holda ularni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilib bo‘lmaydi. Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho qurilmalar – bankomat va terminallar qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana shuni alohida qayd etish kerakki, aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini xohlagan vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir vaqtda katta miqdordagi naqd pullarni qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida katta miqdordagi naqd pullarga bo‘lgan talabni vujudga keltirmoqda. Bundan tashqari, naqd pullardan belgilangan tartibda foydalanmaslik xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yo‘l ochib beradi hamda ayrim yuridik va jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib mehnatsiz daromad orttirish uchun xizmat qiladi. Naqd pullar uchinchi sub’ekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi uchun aynan uning yordamida terrorizm, giyohvandlik moddalari bilan biznes qilish kabi o‘ta xavfli jinoyatlar amalga oshiriladi. Shuning uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida pul muomalasi terrorizmni moliyalashtirish va giyohvandlik moddalari bilan biznes qilishning oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan. Jumladan, bizning Respublikamizda ham 2006 yilning 1 yanvaridan boshlab “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bundan tashqari, naqd pul muomalasi bizning yodimizdan ko‘tarilgan “pul fetishizmi” (pulga sig‘inish)ni tomir otishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, hamma narsa pulga olib– sotilishi mumkin bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar ongini oson pul topishga ruju qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi. Naqd pullarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular bugungi kunda yuqorida qayd etilgan ob’ektiv omillar ta’sirida dunyoning barcha mamlakatlaridaamal qilib turibdi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling