Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Bundan tashqari, Markaziy Bank Hududiy Bosh Boshqarmalari:
1. tegishli hududda pul muomalasini tashkil etadilar va amalga oshiradilar; pul muomalasining ahvolini, naqd pul emissiyasining hududiy taqsimlanishini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmasini tahlil qiladilar, pul muomalasining holatini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni jamlaydilar va tartibga soladilar; kassa resurslarini tartibga soladilar, tashkilotlarning naqd puldagi hisob – kitoblarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radilar; banklarning pul muomalasi sohasidagi ishlarini tahlil qiladilar va o‘rganadilar. 2. Shu bilan birgalikda, naqd pulga bo‘lgan talabni qisqartirish maqsadida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radi. Ushbu tadbirlar albatta naqd pulga bo‘lgan mutloq talabni aniqlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, amaliy jihatdan pulga, xususan naqd pulga bo‘lgan talab xo‘jalik sub’ektlari va aholining naqd pulga bo‘lgan aniq ehtiyojlarini hisob – kitob qilish orqali belgilanadi. Barcha naqd pul oqimlari harakati bank kassalaridan boshlanib yana bank kassalariga qaytish bilan yakunlanadi. Bu esa, bank kassalari orqali o‘tadigan pul oqimlarini o‘rganish natijasida yaqin kelajakdagi naqd pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Lekin, bozor munosabatlari shakllanib borgan sari eski usul bilan naqd pul muomalasini boshqarish o‘z samarasini yo‘qotib bormoqda. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar bahosi va ish haqi miqdorining o‘zgarib turishi sababli zarur naqd pul miqdorini aniq belgilash mumkin emas edi. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi “Pul – kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” 63 – sonli qaroriga asosan jami pul massasi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida pul agregatlarining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilina boshlandi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling