4-mavzu: Pul tizimi tushunchasi, turlari va elementlari
4.1. Pul tizimining mohiyati va elementlari
4.2. Pul tizimining turlari
4.3. O‘zbekiston pul tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
4.4. O‘zbekiston pul tizimining elementlari
4.1. Pul tizimining mohiyati va elementlari
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining
rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi.
Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda
mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati
muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.
pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2.
pul birligi;
3.
baho masshtabi;
4.
pulning turlari;
5.
pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6.
pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7.
mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |