Pul, kredit va banklar
Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
3.3. Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati
Bugungi kunda jahon hamjamiyati erishgan yuksak texnologik yutuqlaridan foydalanilgan holda pul muomalasida naqd pullar o‘rnini bank (yoki boshqa kredit tashkilotlari) hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar va turli elektron to‘lov hujjatlari egallab borayotganligiga qaramasdan barcha mamlakatlar iqtisodiyotida naqd pul muomalasi saqlanib qolmoqda. Naqd pul muomalasining ulushi Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh kabi yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda umumiy pul aylanmasining 1 – 6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, iqtisodiyoti o‘tish jarayonidagi va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, eng rivojlangan mamlakatlarda ham naqd pul muomalasi hali o‘zining muqim o‘rnini egallab turibdi. Shuning uchun ham naqd pul muomalasini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar hali birorta mamlakatning kun tartibidan olib tashlangani yo‘q. Shu o‘rinda, haqli savol tug‘iladi. Nima uchun, eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ham naqd pul muomalasi hanuz saqlanib qolmoqda? Qanday omillar borki, ularning ta’siri ostida naqd pullar o‘rnini eng zamonoviy texnik vositalar ham bosa olmayapdi. Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga avvalo, aholi o‘rtasida kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlarning mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Bunday savdo va xizmatlar uchun to‘lovlarni texnik vositalar qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirish mumkin emas. Har qanday kichik savdo shahobchasiga, barcha transport vositalariga yoki aholiga madaniy– maishiy xizmat ko‘rsatuvchi hamma kichik korxonalar (firmalar)ga ham qimmatbaho qurilmalar bo‘lmish bankomat va terminallar o‘rnatish iqtisodiy jihatdan samara beravermaydi. Qolaversa, bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ham yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati saqlanib qolmoqdaki, ushbu faoliyatni amalga oshirish albatta, naqd pullardan foydalanishni taqozo etmoqda. Bizning Respublikamizda esa ushbu omilning ta’siri juda kuchli. Chunki, aholining tomorqa xujaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni dehqon bozorlarida sotish mutloqo naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga nafaqat ayrim tovarlar va xizmatlarni naqd pulsiz to‘lab berish imkoniyati mavjud emasligi, balki naqd pullarning yuqori likvidlik qobiliyatiga ega ekanligiham katta ta’sir etadi.Iqtisodiyotdagi barcha aktivlarlarning sifat darajasi ularning qancha daromad keltirish qobiliyati bilan bir qatorda likvidlik, ya’ni qo‘shimcha xarajatlarsiz pulga aylanish qobiliyati bilan ham baholanadi. Naqd pullar mutloq likvidli aktivlar hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi naqdsiz pul mablag‘lari ham likvidlik darajasi bo‘yicha naqd pullarga qaraganda past likvidli aktivlar hisoblanadi. Naqd pul banknotlari va tangalar muomalaga yagona emissiya banki – Markaziy bank (Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi) tomonidan chiqariladi va ular yuqori likvidli aktivlar (oltin, xorijiy davlatlar valyutasi va boshqa yuqori likvidli majburiyatlar) bilan ta’minlangan. Shuning uchun barcha aktivlarning, jumladan plastik kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘larning ham likvidlilik darajasi naqd pulga aylanish qobilyati bilan o‘lchanadi. Shuningdek,naqd pullar ishonchli va oson to‘lov vositasidir. Bugungi kunda erishilgan eng qulay va mukammal texnik vositalar ham har qanday pulli hisob – kitoblarni naqd pulchalik tez va oson bajarishga qodir emas. Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganda, sotuvchida ham oluvchida ham o‘z xatti harakatlaridan hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydi. Bundan tashqari, naqd pullarning yashovchanlik qobiliyati, uning odamlar Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling