Pul, kredit va banklar
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi. Manbalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar X
asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar “erkin tanga”, keyinchalik “qimmatbaho qog‘oz tangalar” deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan to‘lov vositalari bo‘lsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi. Qog‘oz pullar kvadrat shaklda bo‘lib, bir tomonida imperatorning nomi va dinastitsiyasi haqidagi ma’lumotlar, ikkinchi tomonida esa “G‘aznachilik boshqaruvi iltimosiga ko‘ra qaror qilindi, hukumronlik qiluvchi imperator tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv bo‘lgan bu qog‘oz tanga qiymatga ega va haqiqiy kumush tanga qatorida to‘lovga qabul qilinishi shart. Ushbu tartibni buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi” degan mazmundagi so‘zlar bitilgan edi. Xitoyda muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning hajmi ortib ketganligi va ularni tartibga solish mexanizmlari mavjud bo‘lmaganligi bois juda tez vaqt ichida qadrsizlanib ketadi. Natijada 1500 yillarga kelib qog‘oz pullarni muomalaga chiqarish bekor qilinadi. Yevropada dastlabki qog‘oz pullar Stokgolim banki tomonidan 1661 yilda emissiya qilingan. Yevropada qog‘oz pullar emissiyasining namoyandalaridan biri shotlandiyalik Djon Lo (1671 – 1729) hisoblanadi. Uning ta’limotiga ko‘ra, muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar ishlab chiqaruvchilar faolligini oshiradi va davlatning xazinasini to‘ldirishda juda qulay vosita hisoblandi. U o‘zining ta’limotini 1716 – 1720 yillarda Frantsiyada o‘zi tashkil etgan bank orqali amalga oshirishga erishdi. Biroq, muomalada qog‘oz pullar haddan ortiq ko‘payib ketishi natijasida pullarning qadri tushib ketdi va uning ta’limoti inqirozga yuz tutdi. 2 O‘zbekiston hududida tanga va qog‘oz pullarning chiqarilishi va amal qilishi bilan bog‘liq materiallar F.Mullajonovning O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi kitobi (–T.: «O‘zbekiston» 2001y. 6 – 27 betlar)dan foydalanilgan holda tayyorlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling