Pul, kredit va banklar
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funktsiyalarini bajaradi degan fikrga
keldik. Pulning qiymat o‘lchovifunktsiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi funktsiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi. O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda yevro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat o‘lchovi vositasi hisoblanadi. Pulning inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda uning qiymat o‘lchovi funktsiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949 yilgacha Yaponiya ienasining inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining qiymat o‘lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror bo‘lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, dollar va ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish tendentsiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan. Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat o‘lchovini o‘zgartirishi mumkin. Pul islohoti – muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy qiymat o‘lchovidan boshqasiga o‘tishdir. 1944 – 1952 yillarda Yevropa mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan. Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyatsiyaga uchramagan va iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada, 1961 yilda mamlakatda pul islohati amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo‘lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohatini amalga oshirgan. O‘sha davrda o‘tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo‘lib, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‘lig‘icha yangi banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan. Pulning muomala vositasibozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funktsiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funktsiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funktsiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi. Pulning muomala vositasi funktsiyasi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat bo‘lmagan. Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan – texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi funktsiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob – kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‘lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funktsiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1994 – 1997 yillarda Angliya va Frantsiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda olishgan. Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasifunktsiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi; – jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda; – davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda; – xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda; – kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda; – korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda; – va boshqa holatlarda. Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarda juda keng foydalaniladi. Bunda naqd pullarning ishtirokiga zaruriyat bo‘lmaydi, barcha operatsiyalar bank hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda chop etilgan adabiyotlarda, pulning to‘lov vositasi funktsiyasi, uning alohida funktsiyasi sifatida e’tirof etilmaydi. Pulning ushbu funktsiyasi uning muomala vositasi funktsiyasi bilan hamoxong tarzda o‘rganiladi. Pulning ikkita funktsiyasi bir – biriga qo‘shib o‘rganilganda «…pul tovarlar va xizmatlarning to‘lovi va qarzlarning to‘lov vositasi» 15 tarzida ta’kidlanadi. Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan pulning to‘lov vositasi va muomala vositasi funktsiyalarini bir – biriga qo‘shib yuborilishi natijasida, uning to‘lov vositasi funktsiyasini e’tirof etilmasliklari maqsadga muvofiq emas. Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funktsiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling