Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/154
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#197745
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Natural pullar 
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki 
natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu 
pullarning  qiymati  tovarning  o‘zida  aks  ettirilgan bo‘lib,  ularning  sotib  olish qobiliyati  tovarlar 
qiymati  bilan  ifodalangan.  Ma’lum  bir  tovarning  pul  o‘rnida  foydalanishda  uning  iste’mol 
qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.  
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.  
1.  Hayvonlar  shaklida.  Ushbu  pul  tarkibiga  tirik  hayvonlar  va  ulardan  tayyorlangan 
buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar. 
2.  Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda 
ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, 
tuz va boshqalar.  
3.  O‘simlik  shaklida.  Bularning  tarkibiga  turli  o‘simliklar  va  ularning  mevalari  kiradi. 
Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar. 
Natural  pullarning  paydo  bo‘lishi  va  ulardan  foydalanish  tarixi  juda  chuqur  va 
qiziqarlidir.  Odamlar  dastlab  yovvoyi  holda  yashagan  davrda  barcha  kishilar  topgani  o‘rtada 
bo‘lgan,  birgalikda  iste’mol  qilgan,  keyinchalik  bir  urug‘ga  mansub  kishilar  qabila  –  qabila 
bo‘lib  yashay  boshlagan.  Qabila  ichida  odamlar  bir  –  biriga  yordam  berishi,  oziq  –  ovqatlarni 


baham  ko‘rishi  kerak  bo‘lgan.  Bu  beg‘araz  tartibda  amalga  oshirilib,  buning  o‘rniga  ular  bir  – 
biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.  
Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga 
kelgan.  Vaqti  –  vaqti  bilan  ular  o‘rtasida  dahshatli  qonli  to‘qnashuvlar  bo‘lib  turgan.  Ushbu 
to‘qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ularning barcha 
narsalarini  talon  taroj  qilgan.  Shu  bois,  ayrim  qabilalar  tinchlikni  saqlash  maqsadida  kuchli 
qabilalarga  narsalar,  asosan  iste’mol  qilinadigan  narsalarni  bergan.  Aynan  shu  jarayon  ham 
kishilar  o‘rtasida  bir  tomonlama  ayirboshalash  munosabatlarini  vujudga  kelishining  asosiy 
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Tosh  asri  davrida  kishilar  yerlarni  o‘zlashtirib  ekin  eka  boshlagan,  keyinchalik 
dehqonchilikdan  chorvachilik  ajralib  chiqqan.  Dastlab  yaratilgan  narsalar  barchasi  bir  yo‘la 
iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda  zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u 
yerda  ortiqchalik  vujudga  kelgan.  Ortiqcha  narsalar  esa  unga  egalik  qiluvchi  tomonidan  erkin 
ravishda  tasarruf  qilingan.  Buning  natijasida  ayirboshlash  jarayoni  jonlana  boshlagan. 
Shuningdek,  keyinchalik  hunarmandchilik  vujudga  kelgan,  bularning  barchasi  kishilar 
o‘rtasidagi  bir  tomonlama  ayirboshlashdan  ikki  tomonlama  ayirboshlash  zaruriyatini  keltirib 
chiqargan.  
Odamlar  o‘rtasida  dastlab  ayirboshlash  vositasi  sifatida  juda  keng  tarqalgani  mehnat 
qurollari  hisoblanadi.  Mehnat  qurollariga  dehqonda,  chorvadorda  yoki  hunarmandda  juda  katta 
ehtiyoj  mavjud  bo‘lib,  ular  o‘z  mahsulotlarini  iloji  boricha  mehnat  qurollariga  ayirboshlashga 
intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.  

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling