Pul, kredit va banklar
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
13.2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi. Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra: -ssuda operatsiyalari (kreditlash); -hisob – kitob operatsiyalari; -kassa operatsiyalari; -investitsiya va fond operatsiyalari; -valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat. Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi. Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‘tkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi. Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi. Banklarningvalyuta operatsiyalaribevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling