16-mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish
masalalari
16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari
16.2. Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
16.3. Valyuta kursi va uning turlari
16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar o’rtasida
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozorlarning paydo bo’lishi,
xo’jalik yuritishning xalqaro tizimini shakllanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning
globallashuvi hamda internatsionallashuvi asosiy omillardan bo’lib hisoblanadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni
rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta
munosabatlari o’rtasida bevosita va qarama– qarshi aloqa mavjud bo’lib, ular
xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy kapital va xizmatlarni ayirboshlash
jarayonida namoyon bo’ladi.
Mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va xalqaro
iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek,
boshqa qator omillar bilan baholanadi.
Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi sharoitida
ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog’liq bo’lib qoladi. Jumladan,
xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti, xorijiy kapitalning
migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib
boriladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy
inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy
tasir ko’rsatadi.
Mamlakatlar o’rtasida xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar – ning
rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va mazmunan
rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o’z navbatida valyuta tizimini
shakllanishiga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: